Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 8 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 342
w www.oriens.uz September 2021 Ey gul, meni zor etmaki, husnung chamanida, Ko‘zni yumub-ochquncha bu gulzor topilmas [Bobur, 2019:22]. Zahiriddin Muhammad Boburning ijodiy mahorati shundaki, g‘azallarida
tasvir va jumlalar o‘quvchi qalbiga yaqin, qo‘llaniladigan badiiy tasvir vositalari ham
o‘zaro muvofiq. Yuqorida keltirilgan birgina baytda nido (Ey gul), ishtiqoq (gul va
gulzor), tanosib (gul-chaman-gulzor) san’atlarining qatorlashirib keltirilishi, bir
tomondan, shoirning badiiy mahoratidan darak bersa, ikkinchi tomondan she’rxon
qalbida estetik zavq uyg‘otish uchun xizmat qilgan.
Gar siym bargi gulni qilsa libos o‘ziga, Bo‘lg‘aymu, ey gulandom, ko‘nglak bila taningdek? [Bobur, 2019:28]. Mazkur misrada gul o‘z ma’nosida qo‘llanilgan. Shoir fikriga ko‘ra, mabodo
oltin gulning bargini o‘ziga libos qilsa, yor (gulandom)ning tanasidagi ko‘ylak kabi
bo‘larmikan?
Kiyimning gul bargidan bo‘lishi, ustiga ustak oltinning uning ichida tovlanishi
mubolag‘ali holat. Aynan mana shunday mubolag‘ali tasvir ko‘ylagi tanasini bezagan
yor go‘zalligini ifodalash uchun muhim ahamiyat kasb etgan.
Bobur, ul gul javr etar, ag‘yordin ne yaxshilig‘? Gulning ozori bu bo‘lsa, vah, ne bo‘lg‘ay xorning [Bobur, 2019:52]. Ushbu satrlarda gulning ikki ma’nosi uchraydi. Dastlabki misrada shoir o‘ziga
murojaat qilib, Bobur, gul javr etar bo‘lsa, ag‘yordan nima yaxshilik kutish mumkin?
qabilidagi ta’kidi orqali gul deb yorni nazarda tutgan. Keyingi satrda esa gulni
o‘simlik ma’nosida keltirib, agar gulning ozori shunchalik bo‘lsa, xor, ya’ni tikanning
ozori qanday bo‘larkin? deya yor va ag‘yor jafosini gul hamda tikan ozori vositasida
izohlaydi.
Visolinkim tilarsen, nozini xush tortg‘il, Bobur – Ki, olam bog‘ida topmoq guli bexor mushkuldur [Bobur, 2019:59] - misralari tahlilga tortilgan yuqoridagi baytni inkor qilgan holda ijodkor o‘ziga
taskin beradi. Bunda ham oshiq shoir o‘z-o‘ziga murojaat etib, agar visol tilar
bo‘lsang, (yorning) nozini ham xush qabul qil, chunki olam bog‘ida tikansiz gulni
topish mushkuldur, - deydi.
“Yor go‘zalligi, sevguvchi qalbga boy tuyg‘ular bag‘ishlovchi mahbubaning
go‘zal xatti-harakati, nozu jilvalari, uning oshiq ko‘ngliga yetkazgan shodlik va
ozorlari, nimaiki go‘zallik va sevgi bilan bog‘liq bo‘lsa, shularning hammasi Bobur
she’rlarida o‘zining latif tasvirini topgan. Bu she’rlarning lirik qahramoni fidokor
oshiq. U o‘z sevgisida hamisha barqaror. Bu sevgida qanday og‘ir dardlarga mubtalo