Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 8
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
343
w
www.oriens.uz
September
2021
bo‘lmasin, u toqat qiladi, chidaydi...Sadoqatli oshiq sevgilisidan xafa bo‘lmaydi,
unga shodu xurramlik tilaydi[Qayumov A, 2008:30]:
Latofat gulshanida gul kibi sen sabzu xurram qol,
Men archi dahr bog‘idin xazon yafrog‘idek bordim[Bobur, 2019:69]
-
Tahlilga tortilgan aksariyat baytlarda
yor yuzi gulga qiyoslangan, ayrimlarida
esa ma’shuqaning o‘ziga “ey gul” deya murojaat qilingan.
Ushbu misralarda oshiq
ma’shuqasining latofat gulshani, ya’ni yoshlik
chamanida gul singari sabzu
xurramlikda bo‘lishini xohlaydi... Shuning barobarida o‘z holatini xazon yafrog‘iga
qiyoslaydi. Ayon bo‘ladiki, shoir tazod san’atini qo‘llagan.
Boshqa bir g‘azalda quyidagi bayt keltirilgan:
Gahi guldek yuzini ul shakar so‘zlukni islasam,
Gahi shakkar kibi ul yuzi gulning la’lidin totsam[Bobur, 2019:71]
-
Avvalgi misrada “guldek yuz” birligi mavjud. Bunda
gul –mushabbih,
yuz –
mushabbihunbih,
-dek – vositai tashbeh,
chiroylilik, go‘zallik sifati – sababi tashbehni
hosil qilmoqda. Demak, tashbeh san’ati qo‘llangan. Keyingi satrga e’tibor qaratilsa,
“yuzi gul” ifodasi uchraydi. Bunda “guldek yuz” va “yuzi gul” tardi aks san’atini
yuzaga keltirgan. Binobarin, “tardi aks – arabcha teskari qilib takrorlash. Bu san’at
takrirning o‘ziga xos ko‘rinishi bo‘lib, uning talabiga ko‘ra, she’r misrasidagi so‘z
birikmasi
yoki
misraning
o‘zi
keyingi
misrada
teskari
qilib
takrorlanadi”[Sulaymonov Sh, To‘xsanov Q, 2009:114].
XULOSA
Umuman, Bobur g‘azallarida gul timsoli orqali yor go‘zalli, husnu chiroyi,
nozikligi, gulning tikani vositasida uning oshiq ko‘ngliga solgan jafosi tasvirlangan.
Shuning barobarida o‘quvchi
qalbiga yaqin ifodalar, beqiyos tasvirlarda tazod,
tanosib, ishtiqoq, mubolag‘a, tamsil, tardi aks kabi
badiiy tasvir vositalari
imkoniyatlaridan foydalanilgan.
REFERENCES
1. Bekmirzayeva Xosiyat. Gul va bulbul //Yoshlik. 2014. 2 - son.
2. Bobur. Har kimki vafo qilsa. –Toshkent: Yangi asr avlodi. 2019. 160 b.
3. Sulaymonov Sh., To‘xsanov Q. Adabiyotshunoslik atamalarining qisqacha izohli
lug‘ati. – Buxoro. 2009
4. Qayumov A.Zahiriddin Muhammad Bobur. ––Toshkent: Fan. 2008.52b.