2021 bobur g‘azallarida gul timsolining badiiy talqinlari umida Kamolova



Yüklə 405,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix18.05.2023
ölçüsü405,38 Kb.
#116029
1   2   3   4
bobur-g-azallarida-gul-timsolining-badiiy-talqinlari

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 8 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
341 
w
www.oriens.uz
September 
2021
 
satrlarida shoir soqiyga murojaat qilib, unga aysh vaqtining boqiy emasligini 
uqtiradi, takror-takror chog‘ir tutmoqqa undaydi, shuning barobarida g‘aflatda 
qolmay, gul chog‘ini g‘animat bilmoqlikni ham ta’kidlaydi. 
MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Mazkur misrada “gul chog‘i” birikmasi orqali yoshlik, inson umrining eng 
g‘animat onlariga ishora qilingan. Bunda yoshlikni, umrning gul chog‘ini g‘animat 
bilib, behudaga sarflamay, qalbni ezgulikka to‘ldirish, xush –xursandlik o‘tkinchi 
ekani, umr mazmunini mehnat, ilm bilan bezamoqqa undovchi jihatlar 
gavdalantirilgan. Demak, baytda gul so‘zi shoirning falsafiy mushohadasining badiiy 
ifodasi uchun xizmat qilan 
Yana bir g‘azalida
Sen gul kibi to g‘amzadasen husnunga mag‘rur, 
Bulbul kibi g‘amzadamen husanunga hayron [Bobur, 2019:37], 
misralari keltirilgan. Bunda g‘amzadasen, g‘amzadamen singari bir-biriga 
ohangdosh so‘zlarni ko‘rish mumkin. Ammo bu ikki so‘z baytda ikki ma’noni 
ifodalaydi. Mohiyatan “g‘amzadasen” – noz-ishva qilyapsan, “g‘amzadamen” – 
g‘amnokman ma’nosida. Ya’niki, sen gul kabi husningga mag‘rur, noz-ishva bilan 
mashg‘ulsan, men esa bulbul singari chiroying g‘amnokiman, husningni ko‘rmoq 
qayg‘usidaman. 
Aytish kerakki, ushbu satrlarda ijodkor tashbeh san’ati imkoniyatlaridan unumli 
foydalanib, o‘z holatini bulbulga, yorni esa gulga o‘xshatadi. Bundan tashqari, “gul 
kibi g‘amzadasen” hamda “bulbul kibi g‘amzadamen” birikmalarini mazmunan 
qarshilantirilgan. “She’r misralarida bir-biriga zid mohiyatga ega narsa-hodisa, belgi, 
tushunchalarni o‘zaro qarama-qarshi qo‘yish orqali vujudga keltiriladigan san’at 
tazoddir” [Sulaymonov Sh, To‘xsanov Q, 2009:111]. Muxtasar aytganda, baytda 
tazod san’atining go‘zal namunasi hosil qilingan. 
Boburo, hargiz quloq she’ringg‘a ul gul solmadi, 
Gulga ne parvoe, yuz faryod qilsa andalib [Bobur, 2019:5]. 
Baytda o‘xshatish vositalari qo‘llanmagan bo‘lsa-da, mazkur satrlarda yor – 
ma’shuqa gulga, oshiq –bulbul (andalib)ga qiyoslanganini anglash qiyin emas. Shuni 
inobatga olgan holda aytish mumkinki, tashbehi sareh she’riy san’ati yuzaga kelgan.
Bulbulning yuz faryod qilishi bilan gulning hech parvosi yo‘q. Ma’shuqaning 
oshiq shoir she’riga quloq tutmagani andalib nolasiga beparvo gul holati bilan 
dalillanadi. Bu she’riyatda husni ta’lil san’ati deyiladi.
“Sendek menga bir yori jafokor topilmas...” deb boshlanuvchi g‘azalining bir 
satrida ijodkor ma’shuqaga nisbatan to‘g‘ridan to‘g‘ri “Ey gul” deya murojaat qiladi:



Yüklə 405,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin