Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 4
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
1347
w
www.oriens.uz
May
2021
TASDIQ VA INKOR KATEGORIYALARINING NAMOYON BO‘LISHI
XUSUSIDA
Shodmonaliyeva Yulduz Akramjon qizi
Termiz davlat universiteti lingvistika:o‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi 1-kurs
Magistranti
Annotatsiya: Maqolada tasdiq va inkor kategoriyalarining xorij tilshunoslari va
yurtimiz tilshunos olimlari tomonidan o‘rganilishi xususida so‘z boradi. Va tasdiq-
inkor kategoriyalarining qay yo‘sinda namoyon bo‘lishi bir nechta misollar
yordamida tahlilga tortildi.
Kalit so‘zlar: Tasdiq kategoriyasi, inkor, UGM, logika, hukm,
K.A.
Anatolyevna
Аннотация: Cтатья посвящена изучению категорий утверждение и
отрицание зарубежными лингвистами и отечественными учеными-
лингвистами. И все проявления категорий утверждение-отрицание
подвергались анализу на нескольких примерах.
Ключевые слова: Категория подтверждения, отрицание, УГМ, логика,
суждение, С.A. Анатольевна
Annotation: The article deals with the study of the categories of affirmation and
denial by foreign linguists and linguists of our country. And the way in which the
categories of affirmation and denial are expressed has been analyzed using several
examples.
Keywords: Confirmation category, denial, UGM, logic, judgment, K.A.
Anatolyevna
KIRISH
Inson o‘z
hayotiy tajribalari, kuzatishlari natijasida jamiyat va tabiatda yuz
beradigan hodisalarni, qonun-qoidalarni o‘rganib boradi.
Kishi ongida aks etuvchi
fikrlar hayotiy tajribalar asosida to‘plangan xulosalar bo‘lib, negativ xarakterdagi
logik kategoriyaga xos hodisalardir. Negativ holidagi (reallashmagan) fikr pozitiv
holatiga o‘tgach reallashadi.
Boshqacha qilib aytganda, negativ fikr so‘zlovchi
shaxsgagina maʼlum, tinglovchiga esa nomaʼlum bo‘lib, u pozitiv holatiga o‘tgach,
tinglovchiga ham oydinlashadi. Pozitiv fikr tilda gap orqali reallashadi. Tasdiq-inkor
kategoriyasi (qisq. TIK) kesimdan anglashilgan fikrning tasdiq yoki inkorini
ifodalaydi. TIKning UGMsi “tasdiq, inkor maʼnolarini ifodalash bilan gap kesimni
shakllantirishda ishtirok etish, uning hol valentligiga taʼsir qilish”dir.