Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 4
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
1349
w
www.oriens.uz
May
2021
muhim toifalaridan biri sifatida tavsiflanadi. Ko‘pgina tilshunos olimlar tasdiq-inkor
kategoriyasini lingvistika(grammatika)dan alohida holda, ya’ni uni mantiq va
falsafada o‘rganishga urinib ko‘rishgan. Va bu borada ancha-muncha ishlar qilingan.
Strukturaviy va semantik yo‘nalish sintaktik obyektlarni yaxlitligi, shakli va
mazmuni birligida ko‘rib chiqish bilan belgilanadi. Ushbu yo‘nalishning nazariy
prinsiplariga ko‘ra tasdiq-inkor kategoriyasi o‘z tarkibiga va o‘ziga xos lisoniy ifoda
vositalariga ega bo‘lgan tarkibiy-semantik kategoriya sifatida talqin etiladi.Ushbu
kategoriyaning ko‘p qirrali mohiyatini va uning mazmun tomonining ko‘p
qirraliligini tushunmasdan turib, lingvistik tasdiq-inkor mohiyatini bilish imkonsiz.
Abstrakt grammatik ma'no turi sifatida tasdiq- inkor kategoriyasi predikativ yadro
tarkibiy qismlari o‘rtasidagi munosabatni, subyekt-predikat munosabatlarining ijobiy
yoki salbiy xususiyatlarini tavsiflaydi. Tasdiq-inkor kategoriyasi xususida rus
tilshunosligida yana bir tilshunos olima S.B. Grigoryeva o‘zining “Zamonaviy rus
tilining sodda gaplarida tasdiq kategoriyasi” nomli ishida tasdiq kategoriyasining
zamonaviy rus tilidagi sodda gaplarda falsafiy, lingvistik, mantiqiy, psixolingvistik
nuqtai nazardan o‘rganishning asosiy yondashuvlarini ko‘rsatib bergan[2].
O‘zbek tilida inkor kategoriyasi haqida baʼzi bir ishlar qilingan. Bu ishlar
inkorning grammatik xususiyatlari ifodalanishi va dialektal xarakter kabi masalalarga
bagʼishlangan[3]. Inkor odatda til vositalari yordamida va ular ishtirokisiz ham ifoda
etiladi. Shunga ko‘ra inkor kategoriyasini lisoniy va nutqiy planda tekshirish
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Logik tasdiq va inkor kategoriyalari gapda xabar
berishning xarakterli xususiyatlaridandir [4]. Gapning asosiy belgilaridan biri bo‘lgan
hukm tasdiq yoki inkor yo‘li bilan hosil qilinadi. Tasdiq va inkor fikrlar orasidagina
bo‘lmay, tushunchalar orasida ham mavjud. Boshqacha qilib aytganda, tasdiq va
inkor gap doirasida ham, so‘z semantikasida ham aks etadi. Lekin tushunchaga xos
inkor gapda fikriy inkorni keltirib chiqarmaydi, gapning tasdiq mazmuniga taʼsir
etmaydi. Masalan,
Aqlsiz kishgina shunday qilishi mumkin gapida aqlsiz so‘zining
(inkor formaning) ishtiroki gapning tasdiq mazmuniga taʼsir etmaydi.
Hatto inkor munosabati hosil qiluvchi juftlarning (antonimlarning)har biri
alohida gaplarning kesimi bo‘lib kelganda har ikki gap ham tasdiq mazmunida
bo‘ladi (biri tasdiq, biri inkor emas).
“Darvin ta’limoti noto‘g’ri”, “Haqiqat shu
Dostları ilə paylaş: