2021 tasdiq va inkor kategoriyalarining namoyon bo‘lishi xususida



Yüklə 439,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix07.04.2023
ölçüsü439,61 Kb.
#94711
1   2   3   4   5
tasdiq-va-inkor-kategoriyalarining-namoyon-bo-lishi-xususida (1)

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 4 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
1348 
w
www.oriens.uz
May
2021
 
 
Tasdiq-inkor maʼnosini ifodalashda nol shakl (tasdiq), -ma boʻlishsizlik shakli, 
emas, na yordamchi, yoʻq mustaqil soʻzlari (inkor) ishtirok etadi. Misollar: Majlis 
yarim kechagacha choʻzildi (O.Muxtor). Uzoqdan Navoiyning qorasi 
koʻringunga qadar u amirning kelishiga ishonmagan edi (Oybek). Na xotin, na 
farzand koʻrmagan, kimsasiz bechora bir yigit (Uygʻun). Mening farzandim 
yoʻq, gulbogʻlarim yoʻq. (S.Nur.) 
Boʻlishli-boʻlishsizlik kategoriyasini TIKdan farqlash lozim. Boʻlishli-
boʻlishsizlik feʼlga xos va uning nokesimlik shaklidir. Bunda boʻlishsizlik shakli 
boʻlgan -ma koʻrsatkichining oʻrnini aniq bilish lozim. Bu shakl boshqa (masalan, -
gan shakli sifatdosh shakli sifatida boshqa paradigmadan, kesimni shakllantirishi 
bilan boshqa paradigmadan joy olganligi kabi) grammatik shakllardek koʻp vazifali 
(polifunksional) dir. U gap kesimi tarkibida kesimlik kategoriyasining UGMsidagi 
“gap kesimini shakllantirish” maʼnosini xususiylashtirganligi bilan boʻlishli-
boʻlishsizlik kategoriyasidagidan boshqa bir qirrasini namoyon qiladi. Bu serqirra 
mohiyatli, koʻp funksiyali lisoniy birliklar kabi – ma shakli ham birdan ortiq 
paradigmadan oʻrin olishini koʻrsatadi. 
Tasdiq va inkor kategoriyasiga doir falsafiy va mantiqiy qarashlar rus va 
amerika tilshunoslari tomonidan ancha keng yoritilgan. Va ularga keyinchalik 
filologik nuqtayi nazardan yondashish ham amalga oshirilgan. 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLARI 
Maqolada tasdiq va inkor kategoriyalari xususida to‘xtalib o‘tilgan bo‘lib, 
bunda bir nechta misollar orqali ular tarkibidagi leksik-semantik qarama-qarshilik 
xususiyatlari xususida so‘z boradi. Jahon tilshunosligida tasdiq-inkor tadqiqiga 
berilgan baho va mazkur hodisaga turlicha yondashuvlar mavjudligi haqida fikr 
yuritiladi. Adabiyot sifatida tasdiq va inkor kategoriyalarining lingvistik mohiyati 
bilan bog`liq bo`lgan ilmiy adabiyot, ilmiy maqola, monografiya va dissertatsiyalar 
tahlilga tortilgan. Ishimizda turli xil metodlar asos qilib olingan, xususan, tavsifiy 
metod va qiyoslash metodlari alohida o‘rin egallagan.

Yüklə 439,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin