April 2022 tushunchasiga nisbatan quyidagicha qarashni ilgari suradi: “Investitsiya bu foyda
olish yoki boshqa samaralarga erishish maqsadida o’z yoki o’zga mamlakatning turli
tarmoqlariga, tadbirkorlik loyihalari, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar ham innovatsiya
loyihalarini amalga oshirishga yo’naltirilgan pul mablag’larini (kapitalni) uzoq
muddatga joylashtirishdir”
5
.
Bir qancha o’zbek iqtisodchi olimlari xususan, A.Vahabov, Sh.Xajibakiyev,
N.Muminovlar investitsiyaning mazmun-mohiyati bo’yicha quyidagi fikrlarni ilgari
suradi: “Investitsiyalar – foyda olish yoki ijobiy ijtimoiy samaraga erishish
maqsadida tadbirkorlik obyektlariga va boshqa faoliyat turlariga qo’yiladigan pul
mablag’lari, banklarning maqsadli omonatlari, aksiyalar, boshqa qimmatli qog’ozlar,
texnologiyalar, mashinalar, uskunalar, litsenziyalar, kreditlar, har qanday boshqa
mol-mulk yoki mulkiy huquqlar, intellektual boyliklardir”
6
. G’arb olimlari jumladan,
U.Sharp, G.Aleksander, J. Beylilar investitsiya tushunchasiga “bu kelajakda daromad
olish uchun bugun o’zingdan ajratilishi kerak bo’lgan kapitaldir” - deya izoh
beradilar
7
.
Investitsiya tushunchasiga ba’zi bir xalqaro ko’p tomonlama shartnomalarda
ham ta’rif berib o’tilgan bo’lib, xususan, 1997-yilda qabul qilingan Investorlar
huquqlarini himoya qilish to’g’risidagi Moskva konvensiyasining 1-moddasiga
muvofiq investitsiya bu investorlar tomonidan foyda olish yoki ijtimoiy samaraga
erishish maqsadida moliyaviy va moddiy vositalarni shuningdek, mol-mulkka hamda
intellektual mulkka bo’lgan huquqlarni agar ular mazkur shartnomaga a’zo
davlatlarning milliy qonunchiligiga ko’ra muomiladan chiqarilmagan yoki
muomilada bo’lishi cheklanmagan bo’lsa, turli faoliyat obyektlariga jalb qilishdir
8
.
“Ko’p tomonlama investitsiya kafolatlari agentligni tashkil etish to’g’risida”gi
1985-yildagi Seul konvensiyasida investitsiya tushunchasiga izoh berilmagan
bo’lsada, investitsiyalarning uch asosiy belgisi ko’rsatib o’tilgan. Bunda avvalo,
konvensiya a’zolari investitsiyalarni pul qo’yilmasi tarzida yoki natura shaklida
amalga oshirilishi lozimligidan kelib chiqib harakat qiladilar
9
. Demak, mazkur
Konvensiya bo’yicha xizmat ko’rsatish investitsiya sifatida e’tirof etilmaydi.
Investitsiyalarning keyingi belgisi shundan iboratki, Konvensiya investitsiyalarni
o’rta muddatli yoki uzoq muddatli shuningdek, uzoq muddat davomida amalga
5
Нешитой А.С. Инвестиции: Учебник. 4-е изд. М.: Дашков и К°, 2006. C. 13
6
Vaxabov A.V., Xajibakiyev Sh.X, Muminov N.G. Xorijiy investitsiyalar. O’quv qo’llanma. T.: «Moliya».
7
Шарп У., Александер Г., Бэйли Дж. Инвестиции. М. : ИНФРА-М, 2001. С. 1.
8
КОНВЕНЦИЯ О ЗАЩИТЕ ПРАВ ИНВЕСТОРА (ЗАКЛЮЧЕНА В Г. МОСКВЕ 28.03.97)
9
Henkin L. International Law: Cases and Materials. – Saint Paul, Minnesota, U.S.A.: West Publishing Co., 1993. – P.
525–538.