Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 332
w www.oriens.uz April 2022 investitsiya faoliyatini ikki omil: muayyan sohaga investitsiya kiritish hamda
investitsiya vositalaridan foydalanish bilan bog’liq harakatlar sifatida izohlaydi
13
.
S.P.Moroz esa mazkur ikki omilni kapitalni qo’yilma tariqasida jalb etish va
investitsiyani amalga oshirish jarayoni deb ataydi
14
. A.M.Lapteyevaning fikricha
investitsion faoliyatning mohiyati doimo investitsiya bilan bog’liq harakatlar to’plami
orqali tushuniladi
15
. N.I.Kleyn esa investistion faoliyat bu avvalo, foyda olish
maqsadida pul vositalarini hamda boshqa mol-mulklarni joylashtirishni amalga
oshirish ekanligini ko’rsatadi
16
.
D.S.Ratnikova o’z ilmiy ishlarida investitsiya faoliyatiga ta’rif berar ekan,
mazkur faoliyat foyda olish yoki boshqa foydali natijaga erishish uchun mol-mulkni
yoki mol-mulkka bo’lgan huquqni qonunda nazarda tutilgan faoliyat turiga
tavakkalchilik asosida jalb etish va uni amalga oshirish bosqichlari majmui
hisoblanishini keltirib o’tadi
17
. A.V.Belitskoyning fikricha, investitsion faoliyat
tushunchasi o’zining asosiy belgilari bilan tadbirkorlik faoliyati tushunchasiga yaqin
turadi. Biroq, ayrim investitsion faoliyat turlari doimiy subyektlar tomonidan,
qonunga muvofiq ro’yxatdan o’tgan holda amalga oshirilmasligi bois bularni
tadbirkorlik faoliyati sifatida e’tirof etish noto’g’ri hisoblanadi
18
. V.V.Gushin va
A.A.Ovchinnikovlar investitsion faoliyatga nisbatan investorning o’ziga mulk huquqi
asosida tegishli bo’lgan mol-mulk xususida farmoyish berish kabi harakatlari
ekanligini ta’kidlaydi
19
.
Investitsion faoliyat tushunchasiga xalqaro shartnomalarda aniq ta’rif
berilmagan, biroq davlatlarning milliy qonunchiligida bu borada muayyan izohlar
mavjud. Xususan, Rossiya Federatsiyasining 1998-yilda qabul qilingan “Rossiya
Federatsiyasida kapital qo’yilmalar shaklida investitsiya faoliyatini amalga oshirish
to’g’risida” gi qonuniga muvofiq investitsiya faoliyati bu foyda olish yoki boshqa
ijobiy samaraga erishish maqsadida investitsiya kiritish hamda amaliy harakatlarni
amalga oshirish ekanligi belgilangan.
Investitsion faoliyat tushunchasi yuzasidan milliy qonunchiligimizda muayyan
ta’rif keltirilgan bo’lsada, fikrimizcha bu mazkur faoliyatining asl mazmuni to’la
13
Майфат А.В. Гражданско-правовые конструкции инвестирования: Моногр. М., 2006. С. 105.
14
См.: Мороз С.П. Инвестиционное право: Курс лекций. Алматы, 2008. 168 с
15
См.: Лаптева А.М. Понятие инвестиционной деятельности // Современное право. 2012. N 12. С. 102 - 106.
16
Предпринимательское право: курс лекций / Под ред. Н.И. Клейн. М. 1993. С. 143.
17
См.: Ратникова Д.С. Правовое регулирование инвестиционной деятельности в Российской Федерации: дис. ...
канд. юрид. наук. М., 2011. 214 с.
18
См.: Белицкая А.В. Основы инвестиционного права Российской Федерации (лекция в рамках учебного курса
«Предпринимательское право») // Предпринимательское право. Приложение "Бизнес и право в России и за
рубежом". 2012. N 1. С. 12 - 22.
19
Гущин В.В., Овчинников А.А. Инвестиционное право. М., 2006. С. 72.