2022 investitsion faoliyat tushunchasi va uning tasniflanishi fozilbekov Bekzod Tohir o’g’li



Yüklə 489,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/14
tarix19.10.2023
ölçüsü489,99 Kb.
#157668
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
investitsion-faoliyat-tushunchasi-va-uning-tasniflanishi

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 4 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
335 
w
www.oriens.uz
April
2022
 
olish imkonini beradi
21
. U.Sharp hamda G.Beyli investitsiyalarni real hamda 
moliyaviy turlarga bo’linishin ta’kidlab, real investitsiyalarni asosan, moddiy 
aktivlarga jumladan, ko’chmas mulk, qurilish, uskunlar va shu kabi moddiy xusiyatga 
ega bo’lgan vositalarga qilingan investitsiyalar ekanligini, moliyaviy investitsiyalar 
esa qog’ozda aks etgan shartnomalar xususan, qimmatli qog’ozlar, aksiyalar va 
obligatsiyalar ekanligini izohlaydi. Shuningdek, rivojlanayotgan iqtisodiyotda 
investitsiyalarning aksariyat qismi real investitsiyalarni, rivojlangan iqtisodiyotda esa 
investitsiyalarning eng ko’p qismi moliyaviy investitsiyalarni tashkil etib, moliyaviy 
investitsiyalarning rivojlanishi real investitsiyalarni o’sishiga xizmat qiladi. 
Investitsiyalarning mazkur shakllari bir-biri bilan raqobatlashuvchi emas, balki bir-
birini to’ldiruvchi hisoblanadi
22
. Nemis olim Vaynrixom esa investitsiyalarni 
yo’naltirish obyektiga ko’ra: 
a)
ko’chmas mulkka kiritiladigan investitsiyalar (bularga moddiy 
investitsiyalar xususan, bino-inshootlar, asbob-uskunalar va boshqa turdagi asosiy 
vositalar kiradi); 
b)
moliyaviy investitsiyalar (bularga aksiya, obligatsiya, veksellar, 
shuningdek, boshqa turdagi qimmatli qog’ozlarni sotib olish kiradi); 
c)
nomoddiy investitsiyalar (bularga inson resurslariga, ilmiy tadqiqot 
ishlariga kiritiladigan investitsiyalar kiradi)
23

Adabiyotlarda investitsiyalar quyidagicha tasniflanadi:
1.
Investitsiya vositalarini qo’yish obyektiga ko’ra: 

real investitsiyalar (moddiy hamda nomoddiy aktivlarga qaratilgan 
qo’yilmalar; 

moliyaviy investitsiyalar (moliyaviy vositalarga, asosan, qimmatli 
qog’ozlarga yo’naltirilgan qo’yilmalar. 
Real investitsiylar deganda real aktivlarga (moddiy va nomoddiy aktivlar) 
joylashtiriladigan 
investitsiya 
vositalari 
nazarda 
tutiladi. 
Bunda 
moddiy 
investitsiyalar ishlab chiqarish vositalarini yaratish, moddiy xususiyatga ega 
ashyolarni sotib olish orqali kiritiladi. Nomoddiy investitsiyalar inson salohiyatini 
rivojlantirish, kadrlarning malakasini oshirish, ilmiy-texnik va innovatsionlikka 
qaratilganligi bilan xarakterlanadi. Nomoddiy investitsiyalar patentlar, litsenziyalar, 
21
Сошников И.В. Классификация инвестиций и формирование инвестиционного рынка в регионах России // 
Региональная экономика: теория и практика. 2007. №3. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/klassifikatsiya-
investitsiy-i-formirovanieinvestitsionnogo-rynka-vregionah-rossii (дата обращения: 06.11.2019). 
22
Sharp U.,Aleksandr G., Beyli J. Investitsiya: Per.S ang.-M.:INFRA-M.1997. С. 7. 
23
Сергеев И.В., Веретенникова И.И. Организация и финансирования инвестиций. М:. Финансы и статистика, 
2001. С. 14. 



Yüklə 489,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin