Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 4
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor
ASI Factor = 1.7
327
w
www.oriens.uz
April
2022
INVESTITSION FAOLIYAT TUSHUNCHASI VA UNING
TASNIFLANISHI
Fozilbekov Bekzod Tohir o’g’li
Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti
E-mail:
bekzodfozilbekov@gmail.com
ANNOTATSIYA
Mazkur maqola investitsiya va investitsiya faoliyati tushunchasining mazmun-
mohiyati, uning subyektlari hamda investistiya va investitsiya faoliyati turlarining
xalqaro va milliy huquqiy hujjatlar asosidagi tahlilini o’z ichiga oladi.
Kalit so’zlar:
Investitsiya, investitsion faoliyat, investitsion faoliyat subyektlari,
kapital investitsiya, moliyaviy investitsiya, real investitsiya.
АННОТАЦИЯ
В данной статье освещены сущность понятия инвестиций и
инвестиционной деятельности, ее субъектов и проведен анализ видов
инвестиций и инвестиционной деятельности на основе международно-
правовых актов.
Ключевые слова:
инвестиции, инвестиционная деятельность, субъекты
инвестиционной деятельности, капитальные инвестиции, финансовые
инвестиции, реальные инвестиции.
ABSTRACT
This article covers the essence of the concept of investment and investment
activity, its subjects and the analysis of types of investment and investment activities
on the basis of international and national legal instruments.
Keywords:
Investment, investment activity, subjects of investment activity,
capital investment, financial investment, real investment.
KIRISH
Bugungi iqtisodiy globallashuv jarayonida investitsion faoliyat har bir davlat
iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega element hisoblanadi. Boisi mazkur faoliyat
mamlakatda sanoat ishlab chiqarish darajasini kengaytirishga
va rivojlantirishga,
iqtisodiyotning barqaror hamda progressiv o’sishiga xizmat qiladi. Shu bois
investitsion faoliyatni qo’llab-quvvatlovchi har bir davlat o’zining bu boradagi aniq
maqsadlarini ifodalovchi yo’l xaritasini ishlab chiqadi. Xususan, mamlakatimizda
ham investitsiyalarni
turli sohalarga jalb etish, ularning oqimini kengaytirish,
investitsion faoliyatni rag’batlantirish bo’yicha turli reja va dasturlar ishlab chiqildi.