Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 330
w www.oriens.uz April 2022 oshirilishi lozimligini ko’zlaydi. Uchinchi belgi esa kapital qo’yilmalarini amalga
oshirish jarayonida tadbirkorlik riskining mavjud ekanligi, ya’ni investitsiya
kiritishda foyda olish bilan bir qatorda moliyaviy zarar ko’rish xavfining ham
mavjudligidir.
1994-yildagi Energetika xartiyasi to’g’risidagi shartnomada ham investitsiya
tushunchasiga ta’rif keltirilgan bo’lib, uning 1-moddasi 6-bangiga ko’ra investitsiya
bu investorning mulk huquqi ostidagi hamda u tomonidan bevosita va bilvosita
nazorat qilinadigan barcha aktivlar bo’lib, bularga quyidagilar kiradi:
a)
moddiy va nomoddiy, shuningdek, ko’char va ko’chmas mulklar va har
qanday mulkiy huquqlar, xususan, ijara, ipoteka, mol-mulkni ushlab qolish huquqi va
garov;
b)
kompaniya yoki tadbirkorlik korxonasi yoxud aksiyalar, ulushlar yoki
kompaniya va tadbirkorlik faoliyatida ishtirok etishning boshqa shakllari,
shuningdek, kompaniya va tadbirkorlik korxonasining obligatsiyalari va boshqa qarz
majburiyatlari;
c)
pul mablag’larini talab qilish huquqi hamda iqtisodiy qiymatga ega
bo’lgan va investitsiya bilan bog’liq bo’lgan shartnomalar bo’yicha
majburiyatlarnining bajarilishini talab qilish huquqi;
d)
intellektual mol-mulk;
e)
daromadlar;
f)
energetika sohasida har qanday iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish
uchun qonun yoki shartnomaga muvofiq berilgan litszenziya yoxud ruxsatnoma
bo’yicha huquqlar
10
.
Shuningdek, Investitsiyalarni rag’batlantirish va himoya qilish bo’yicha
Janubiy-sharqiy Osiyo mamalakatlari assotsiatsiyasi (ASEAN) kelishuviga muvofiq
investitsiya quyidagicha ta’riflanadi:
Investor tomonidan egalik qilinadigan hamda boshqariladigan har qanday mol-
mulk va boshqa aktivlar, xususan:
a)
koʻchar va koʻchmas mulklar, shuningdek ipoteka, garov yoki chegirib
qolish huquqi kabi boshqa mulkiy huquqlar;
b)
paylar, aksiyalar, obligatsiyalar va kompaniyalarda ishtirok etishning
boshqa shakllari;
10
Energetika
Xartiyasi to’g’risidagi shartnoma. 17 декабря 1994 y. [Elektron manbaa]. URL:
https://www.energycharter.org/fileadmin/DocumentsMedia/Legal/ECT-ru.pdf.