Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 328
w www.oriens.uz April 2022 Bu o’rinda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 –
2026-yillarga
mo’ljallangan yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi
to’g’risida” gi PF-60-son Farmonini ta’kidlab o’tish joiz. Mazkur farmonda
mamalakatimizda investitsiya jozibadorligini oshirishni, biznes muhitini yaxshilashni
nazarda tutuvchi aniq rejalar o’z ifodasini topgan. Bular qatorida mahaliy va xorijiy
investorlarga O’zbekistonning investitsiyaviy salohiyatini namoyon etishga hamda
mahalliy va xorijiy investorlar bilan o’zaro muloqotni yo’lga qo’yishga qaratilgan
“Toshkent xalqaro investitsiya forumi”ni har yili o’tkazishni yo’lga qo’yish alohida
e’tirofga ega. Investitsion faoliyatning rivojlanishini ko’zlovchi mazkur harakatlar
uning mazmun-mohiyati va ahamiyatini to’liq tushunish hamda yoritib berishni
taqozo etadi.
Investitsion
faoliyat
tushunchasi
investitsiya
hamda
investor
kabi
tushunchalarga asoslangan bo’lib, bu bo’yicha to’liq tasavvurga ega bo’lish uchun
dastlab mazkur tushunchalar haqida so’z yuritish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
“Investitsiya” atamasi lotincha so’zdan olingan bo’lib, “invest”, ya’ni “qo’yilma”
degan ma’noni anglatadi. Umuman olganda, investitsiya deganda foyda olish yoki
boshqa foydali maqsadga erishish uchun tadbirkorlik yoki boshqa faoliyatga jalb
qilinadigan pul mablag’lari, qimmatli qog’ozlar, moddiy va nomoddiy boyliklar, shu
jumladan, mol-mulkka bo’lgan huquqlar nazarda tutiladi.