2022 investitsion faoliyat tushunchasi va uning tasniflanishi fozilbekov Bekzod Tohir o’g’li



Yüklə 489,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/14
tarix19.10.2023
ölçüsü489,99 Kb.
#157668
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
investitsion-faoliyat-tushunchasi-va-uning-tasniflanishi

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 4 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
333 
w
www.oriens.uz
April
2022
 
yoritishda yetarli hisoblanmaydi. “Investitsiya va investitsiya faoliyati to’g’risida”gi 
2019-yil 25-dekabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Qonunining 3-
moddasiga ko’ra, investitsiya faoliyati investitsiya faoliyati subyektlarining 
investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog’liq harakatlari majmuidir. Qozog’iston 
Respublikasining 2015-yilda qabul qilingan Tadbirkorlik kodeksi 274-moddasida 
investitsion faoliyat tushunchasi nisbatan kengroq bayon qilinib, unga ko’ra jismoniy 
va yuridik shaxslarning tijorat tashkilotlarining ustav kapitalida ishtirok etish yoki 
tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan asosiy vositalarni ishlab chiqarish yoki 
ko’paytirish, shuningdek, davlat-xususiy sherikchilik loyihasini, shu jumladan 
konsessiya loyihasini amalga oshirish bo’yicha faoliyati investitsiya faoliyati deb 
e’tirof etiladi. 
Investitsiya va investitsion faoliyat tushunchalari bir-biri bilan mustahkam 
bog’liq bo’lib, mazkur faoliyat tor va keng ma’noda talqin qilinadi. Investitsion 
faoliyat tor ma’noda investitsiya qo’yilmalarini biror bir sohaga yo’naltirish va shu 
orqali kapital hajmini o’zgartirish jarayonini ifodalasa, keng ma’noda foyda olish 
maqsadida sarmoyalarni investitsiya obyektiga joylashtirish bilan bog’liq harakatlar 
yig’indisini ifodaydi.
Ba’zi bir mualliflar investitsiya faoliyatini shartli ravishda ikki bosqichga 
ajratilgan harakatlar turi sifatida tushunishni taklif qilishadi. Birinchi bosqich bo’sh 
turgan mablag’arni investitsiya sifatida kiritish haqida qaror qabul qilishdan 
boshlanadi. Daromad olish nuqtai nazaridan samarali kapital kiritish obyekti 
qidirilgandan so’ng, investitsiya shartnomasi tuziladi, ya’ni muayyan qidirish va 
mablag’larni kiritish fakti mustahkamlanadi
20
. Shunday qilib moddiy va nomoddiy 
mablag’ga investitsiya maqomi beriladi. Ikkinchi bosqich o’z ichiga investitsiya 
shartnomasiga muvofiq investitsiyalarni amalga oshirishga doir amaliy harakatlarni 
qamrab oladi. Bu jarayonda investitsiya faoliyati har bir ishtirokchisining funksiyasi 
va o’z vakolatlarini amalga oshirish shakllari aniqlanadi. 
Yana bir guruh olimlar investitsiya faoliyatini uch bosqichga ajratgan holda 
talqin etadilar. Birinchi bosqichda investor tomonidan investitsiyaning maqsadi 
aniqlab olinib, uni amalga oshirish yo’nalishi hamda usullari belgilab olinadi. Mazkur 
bosqichga kiritilishi kutilayotgan investitsiyaning miqdori va muddatlarini, 
shuningdek, taraflarning huquq va majburiyatlarini hamda foydani taqsimlashni 
aniqlash kabi harakatlar kiradi. Ikkinchi bosqich investitsiya loyihasini amalga 
oshirish uchun zarur bo’lgan barcha amaliy harakatlarni, xususan, huquqiy to’siqlarni 
20
Гулямов 
С.С. Правое регулирование иносранных инвестиций в Республике Узбекистан. – 
Дис…канд.юрид.наук. – Т., 2002. – С. 56-57. 



Yüklə 489,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin