Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 335
w www.oriens.uz April 2022 olish imkonini beradi
21
. U.Sharp hamda G.Beyli investitsiyalarni real hamda
moliyaviy turlarga bo’linishin ta’kidlab, real investitsiyalarni asosan, moddiy
aktivlarga jumladan, ko’chmas mulk, qurilish, uskunlar va shu kabi moddiy xusiyatga
ega bo’lgan vositalarga qilingan investitsiyalar ekanligini, moliyaviy investitsiyalar
esa qog’ozda aks etgan shartnomalar xususan, qimmatli qog’ozlar, aksiyalar va
obligatsiyalar ekanligini izohlaydi. Shuningdek, rivojlanayotgan iqtisodiyotda
investitsiyalarning aksariyat qismi real investitsiyalarni, rivojlangan iqtisodiyotda esa
investitsiyalarning eng ko’p qismi moliyaviy investitsiyalarni tashkil etib, moliyaviy
investitsiyalarning rivojlanishi real investitsiyalarni o’sishiga xizmat qiladi.
Investitsiyalarning mazkur shakllari bir-biri bilan raqobatlashuvchi emas, balki bir-
birini to’ldiruvchi hisoblanadi
22
. Nemis olim Vaynrixom esa investitsiyalarni
yo’naltirish obyektiga ko’ra:
a)
ko’chmas mulkka kiritiladigan investitsiyalar (bularga moddiy
investitsiyalar xususan, bino-inshootlar, asbob-uskunalar va boshqa turdagi asosiy
vositalar kiradi);
b)
moliyaviy investitsiyalar (bularga aksiya, obligatsiya, veksellar,
shuningdek, boshqa turdagi qimmatli qog’ozlarni sotib olish kiradi);
c)
nomoddiy investitsiyalar (bularga inson resurslariga, ilmiy tadqiqot
ishlariga kiritiladigan investitsiyalar kiradi)
23
.
Adabiyotlarda investitsiyalar quyidagicha tasniflanadi:
1.
Investitsiya vositalarini qo’yish obyektiga ko’ra:
real investitsiyalar (moddiy hamda nomoddiy aktivlarga qaratilgan
qo’yilmalar;
moliyaviy investitsiyalar (moliyaviy vositalarga, asosan, qimmatli
qog’ozlarga yo’naltirilgan qo’yilmalar.
Real investitsiylar deganda real aktivlarga (moddiy va nomoddiy aktivlar)
joylashtiriladigan
investitsiya
vositalari
nazarda
tutiladi.
Bunda
moddiy
investitsiyalar ishlab chiqarish vositalarini yaratish, moddiy xususiyatga ega
ashyolarni sotib olish orqali kiritiladi. Nomoddiy investitsiyalar inson salohiyatini
rivojlantirish, kadrlarning malakasini oshirish, ilmiy-texnik va innovatsionlikka
qaratilganligi bilan xarakterlanadi. Nomoddiy investitsiyalar patentlar, litsenziyalar,
21
Сошников И.В. Классификация инвестиций и формирование инвестиционного рынка в регионах России //
Региональная экономика: теория и практика. 2007. №3. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/klassifikatsiya-
investitsiy-i-formirovanieinvestitsionnogo-rynka-vregionah-rossii (дата обращения: 06.11.2019).
22
Sharp U.,Aleksandr G., Beyli J. Investitsiya: Per.S ang.-M.:INFRA-M.1997. С. 7.
23
Сергеев И.В., Веретенникова И.И. Организация и финансирования инвестиций. М:. Финансы и статистика,
2001. С. 14.