2022 investitsion faoliyat tushunchasi va uning tasniflanishi fozilbekov Bekzod Tohir o’g’li



Yüklə 489,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/14
tarix19.10.2023
ölçüsü489,99 Kb.
#157668
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
investitsion-faoliyat-tushunchasi-va-uning-tasniflanishi

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 4 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
331 
w
www.oriens.uz
April
2022
 
c)
pul talabnomalari yoki qonunga yoxud iqtisodiy qiymatga ega boʻlgan 
kontraktga 
muvofiq 
har 
qanday 
majburiyatlarning 
bajarilishi 
xususidagi 
talabnomalar; 
d)
intellektual mulkka boʻlgan huquqlar, shu jumladan mualliflik huquqi 
va turdosh huquqlar, patentlar, sanoat namunalari, savdo markalari, savdo sirlari, 
nou-xau va gud vill; 
e)
qonunchilikka muvofiq, kontraktga yoki vakolatli davlat organining 
maʼmuriy hujjati asosidagi tabiat resurslarini tadqiq qilish, qayta ishlash, qazib olish 
yoki ekspluatatsiya qilish uchun konsessiyalar asosida berilgan har qanday biznes 
konsessiyalar investitsiya deb baholanishi ko’rsatilgan
11

O’zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o’rtasidagi investitsiyalarni 
o’zaro rag’batlantirish va himoya qilish to’g’risidagi ikki tomonlama shartnomada 
“Investitsiya” atamasi Ahdlashuvchi tomon davlati hududida davomiy iqtisodiy 
aloqalar o‘rnatish maqsadida uning qonunchiligiga muvofiq qo‘lga kiritilgan va 
investitsiya xususiyatlariga ega bo‘lgan tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq har qanday 
turdagi aktivni anglatishi nazarda tutilgan. 
Va nihoyat, O’zbekiston Respublikasining “Investitsiyalar va investitsiya 
faoliyati to’g’risida”gi 2019-yil 25-dekabridagi Qonuni 3-moddasiga muvofiq 
investitsiyalar – investor tomonidan foyda olish maqsadida ijtimoiy soha, 
tadbirkorlik, ilmiy va boshqa faoliyat turlari obyektlariga tavakkalchiliklar asosida 
kiritiladigan moddiy va nomoddiy boyliklar hamda ularga bo‘lgan huquqlar, shu 
jumladan intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlar, shuningdek 
reinvestitsiyalar – deb bayon etilgan.
Bizning fikrimizcha, investitsiya deganda avvalo, iste’moldan ortgan moliyaviy 
vositalar hamda boshqa mol-mulklarni foydali natijaga erishish uchun qonun bilan 
ta’qiqlanmagan har qanday faoliyatga jalb qilish, harakatga keltirishdir. 
Muayyan sohaga investitsiya kiritish bevosita investitsion faoliyat natijasida 
amalga oshiriladi. Investitsion faoliyat investitsiyaga nisbatan keng tushuncha bo’lib, 
u o’z ichiga investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan bog’liq jarayonlarni 
qamrab oladi. Investitsion faoliyat haqida turli iqtisodiy va yuridik adabiyotlarda 
xilm-xil fikrlar keltirib o’tiladi. Jumladan, A.N.Alekseyev investitsion faoliyatni 
investornining daromad olish yoki boshqa foydali natijaga erishish maqsadida 
investitsiya qo’yilmalari bilan bog’liq harakatlari sifatida tavsiflaydi
12
. A.B.Mayfat 
11
ASEAN Agreement for the Promotion and Protection of Investments, Article 1(3), from UNCTAD, 1996a, Volume 
II, p. 294. 
12
Мелкумов Я. С. Экономическая оценка эффективности инвестиций и финансирование инвестиционных 
проектов. - М.: ДИС, 2016. - 344 с. 



Yüklə 489,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin