Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 5
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor
ASI Factor = 1.7
17
w
www.oriens.uz
May
2022
ta’sirida sayyoramizning ko’plab mintaqalarida tobora avj olayotgan qashshoqlik va
ocharchilikka barham berishning asosiy omillaridan biri sifatida qishloq xo’jaligi
mahsulotlari yetishtiruvchi, shuningdek ularga turli yo’nalishlarda
xizmat
ko’rsatuvchi sub’ektlarning xo’jalik yuritish faoliyatlarini innovatsiyalar asosida
tashkil etish strategik ahamiyat kasb etib, ushbu jarayonni uzluksiz takomillashtirish
davr talabiga aylanib bormoqda.
Iqtisodiyot globallashuvining yangicha sharoitida
iqtisodiy rivojlanishning
asosiy belgisi ishlab chiqarishning texnologik usuli va ularning butun jamiyat
iqtisodiy salohiyati ta’siridagi o’zgarishlar hisoblanadi. Ko’pchilik
zamonaviy
tadqiqotchilarning ma’lumotlariga ko’ra, bugungi kunda ro’y berayotgan innovatsion
o’zgarishlar nafaqat jamiyatning ishlab chiqarish kuchlarini o’zgartiradi, balki
ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar tizimidagi markaziy bo’g’inini ham ifodalaydi.
Darhaqiqat, mamlakatimiz Prezidentining 2019 yil 23 oktyabrdagi PF-5853-
sonli Farmoni bilan “O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligini rivojlantirishning
2020-2030
yillarga
mo’ljallangan Kontseptsiyasi”da
mamlakat oziq-ovqat
xavfsizligini mustahkamlash, tarmoqda davlat boshqaruvining zamonaviy tizimlarini
rivojlantirish, agrar sektorni qo’llab-quvvatlashga yo’naltirilgan davlat xarajatlarini
bosqichma-bosqich diversifikatsiya qilish kabi bir qator vazifalar belgilab berildi.
Dostları ilə paylaş: