Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 19
w www.oriens.uz May 2022 Iqtisodiyotni erkinlashtirish davlatning xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ishlab
chiqarish-moliyaviy faoliyatiga aralashuvini kamaytirib borishi bilan bevosita bog’liq
holda yuz bermoqda. Fermer tadbirkor sifatida innovatsion g’oyalarning haqiqiy
xaridoriga aylanishi uchun uning birinchi navbatda iqtisodiy erkinligi kengayib
borishi lozim. Bunda asosan:
dehqonning ishlab chiqarish vositalariga, yetishtirilgan mahsulot va yaratilgan
foydaga to’liq egalik imkoniyatini kengaytirib borishga;
ekinlar tarkibini belgilash va agrotexnik tadbirlarni amalga oshirishdagi
erkinlik darajasini ortib borishiga;
mahsulot sotish kanalini tanlash va baho belgilash borasidagi erkinligi;
raqobat muhitidagi resurslar bozoridan erkin mahsulot sotib olish imkoniyatini
yaratishga;
raqobat muhitidagi xizmatlar bozoridan sifati va bahosi jihatidan maqbul
xizmat xarid qilish imkoniyatini kengaytirishga;
raqobat muhitidagi qayta ishlovchilarga mahsulot sotish imkoniyatini yaratish
tadbirlarini amalga oshirishga;
o’sib boruvchi bozor talabini qondirishga qodir bo’lgan mahsulotlar ishlab
chiqarishga zamonaviy texnikalar, ekinlarning yangi navlari, agrotexnologik
yangiliklarni joriy qilishga asoslanishi lozim.
Yuqoridagi holatlar bozor munosabatlari rivojlanishining dastlabki paytlarida
qishloq xo’jaligida innovatsiyani rivojlantirishga o’ziga xos yondashuvni talab qiladi.
Endi masalaga respublikamiz qishloq xo’jaligida innovatsion g’oyalar bozorini
rivojlantirish bo’yicha shakllangan shart-sharoitlar nuqtai-nazaridan yondashadigan
bo’lsak o’tish iqtisodiyoti mamlakatlari tajribasining ko’rsatishicha ishlab chiqarishni
tashkil etish va boshqarishda yangi iqtisodiy mexanizmlarni joriy etish «sinov va
xatolar» uslubida amalga oshiriladi.
Muammolardan yana biri – qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish va bozor
innovatsiyasi bo’yicha yuqorida ko’rilayotgan choralardan tashqari, yig’ib olingan
mahsulotdan samarali foydalanish, qayta ishlash sanoatini rivojlantirish, turli xil
iste’mol tovarlarini ishlab chiqarishni kengaytirishdir. Bu qishloq xo’jalik
mahsulotlarini ishlab chiqish samaradorligini oshiradi, shuningdek, ichki bozordagi
singari tashqi bozorda ham raqobatbardoshlikni ma’lum darajada ko’taradi
1
.
Innovatsion siyosatning strategik maqsadi – ilmiy g’oya va ishlanmalarni
raqobatbardosh tovar mahsulotiga aylantirish, ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarishga
1
Ortiqov I. Agrar sohada innovatsiyaning ahamiyati. //O’zbekiston qishloq xo’jaligi. – Toshkent,2009. - №2. - B.29.