Til kishilik jamiyatida fikr almashish, aloqa-aralashuvining eng asosiy vositasidir. U yozma va og‘zaki nutq jarayonida o‘z ijtimoiy vazifasini bajaradi
Til kishilik jamiyatida fikr almashish, aloqa-aralashuvining eng asosiy vositasidir. U yozma va og‘zaki nutq jarayonida o‘z ijtimoiy vazifasini bajaradi.
Harflar vositasida yozma ravishda bayon qilinuvchi adabiy til yozma adabiy til sanaladi. Masalan gazeta-jurnallar tili, ish qog‘ozlari tili va boshqalar.
Tovushlar vositasida og‘zaki ravishda bayon qilinuvchi adabiy til shakliga og‘zaki adabiy til deyiladi. Masalan, radio, televideniye orqali uzatiluvchi suxandon yoki jurnalist nutqi va hokazolar.
Adabiy tilning shakllanishi va me’yorlarining barqarorlashuvida yozma shakl asosiy o‘rin tutadi. Adabiy tilning rivojlanishida badiiy asarlarning xizmati katta, chunki adabiy til me’yorlarining shakllanishida adabiyotning ta’siri kuchli bo‘ladi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan adabiy til bilan badiiy til bir narsa emas. Badiiy tilda adabiy til bilan birgalikda turli shevalarga yoki kasb-hunarga mansub personajlar nutqi ham ishtirok etadi.Masalan:

Odamlar aqlining chirog‘i bilim,
Balodan saqlanish yarog‘i bilim.
Rudakiy.
Badiiy til (badiiy nutq) adabiy tilning og‘zaki so‘zlashuv uslubi, publisistik uslub, rasmiy uslub singari uslublaridan biri, ya’ni badiiy uslub sanaladi. Ko‘rinadiki, adabiy til badiiy tildan kengroq tushuncha bo‘lib, badiiy tilni ham o‘z ichiga oladi.Nutqning adabiy va shevalarga xos ko‘rinishlari bor. Xalq shevalari adabiy tilning boyib borishida o‘ziga xos tuganmas manba vazifasini o‘tasa-da, ular adabiy til me’yorlaridan tashqaridadir. Adabiy til leksikada ham, fonetika va grammatik qurilish sohasida ham o‘z me’yorlari, qoidalari bilan ajralib turadi.Bu me’yorlar grammatika darsliklari, qo‘llanmalari va barcha xil lug‘atlarda belgilab qo‘yilgan. Bu me’yorlar shu tilda so‘zlashuvchi barcha kishilar uchun umumiy va zaruriy hisoblanadi