. Istiqlolga erishganimizdan soʻng oʻzbek tili rivojining yangi imkonlari ochildi, koʻplab eskirgan soʻzlarning qayta faollashuvi taʼminlandi. Globallashuv davri esa koʻplab tillar qatori oʻzbek tilini ham xalqaro tillarning faol taʼsiriga uchratmoqda. Diqqat qilinsa, zikr etilgan taʼsirlar va tildagi oʻzgarishlarni sof lisoniy emas, tildan tashqari, masalan, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-madaniy jarayonlar harakatlantirmoqda.Oʻzbek sotsiolingvistikasi ana shunday taʼsirlashuvlarni xolis baholashi, milliy til va davlat tili manfaati nuqtayi nazaridan ish koʻrishi lozim boʻladi.

Jamiyat taraqqiyotining barcha davrlarida tilga kamdir-koʻpdir taʼsirlar boʻlib turadi. Baʼzan uzoq vaqt tilning biror sathi jamiyat, inson omili bilan bogʻliq taʼsirlarga, oʻzgarishlarga uchramaydi yoki tilga taʼsir umummilliy miqyos kasb etmaydi. Biroq yozuv va imlo borasidagi oʻzgartirish yoki yangilanishlar umummilliy miqyosda, jamiyatning ongli aralashuvi ostida hal qilinadi. Hatto hukumat bunday lisoniy jarayonlarga faol taʼsir oʻtkazadi (oʻzbek- arab, oʻzbek-lotin, oʻzbek-kirill va yana oʻzbek- lotin alifbolarining joriy etilishida shuni kuzatish mumkin),milliy manfaatlar yuzasidan lisoniy jarayonlarni nazoratga olish, tartibga solishda ishtirok etadi.Zaruriy me’yoriy-huquqiy hujjatlarni qabul qiladi, til masalalari bilan shug’ullanuvchi vakolatli tuzilmalarni tashkil etadi.