21 bilet O’zbekiston Respublikasi davlat ramzlarining qabul qilinishi


partiyasi). «Hizbchilar», «tahrirchilar»



Yüklə 1,66 Mb.
səhifə23/47
tarix20.09.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#145633
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   47
21 bilet

Hizbut-tahrir al-islomiy. (Islom ozodlik partiyasi). «Hizbchilar», «tahrirchilar» deb ham yuritiladi. Falastinlik Taqiyiddin Nabahoniy (1909-1979) mazkur ekstremistik tashkilotning asoschisi hisoblanadi. Isroil davlatini tashkil etish haqidagi BMT qaroridan keyin 1947 yilda oilasini olib, Falastindan Bayrutga ko’chgan. Aslida Misrdagi «Musulmon birodarlar» tashkiloti a’zosi bo’lgan Nabahoniy 1953 yilda mazkur jamoa a’zoligidan chiqib, Quddus (Ierusalim)da «Hizbut-tahrir al-islomiy» tashkilotini tuzgan. Nabahoniy vafotidan so’ng hizbga falastinlik Abdulqadim Zallum (1925-2003) boshchilik qildi. Uning rahbarligi davrida tashkilot sobiq Ittifoq tarkibiga kirgan respublikalarda (asosan Markaziy Osiyo hududida) o’z faoliyatini jadallashtirgan. Abdulqadim Zallum vafotidan keyin «Hizbut-tahrir» harakatiga Ato Abu Rushta (Abu Yosin) rahbarlik qiladi.
Dastavval Falastinni ozod qilishni maqsad qilgan Nabahoniy, keyinchalik butun dunyo musulmon mamlakatlarini birlashtiruvchi yagona xalifalik davlatini qurishni bosh maqsad deb e’lon qilgan. SHundan keyin esa, ushbu shakllangan islom ummatining da’vatlari orqali butun dunyoda xalifalik davlatini qurish mumkin, deb hisoblaydi.
«Hizbut-tahrir»ning Markaziy Osiyo mintaqasidagi faoliyati XX asr 80-yillarning oxiri 90-yillariga to’g’ri keladi. «Hizbut-tahrir»ning o’zagini 1990 yillar boshida Namanganda tuzilgan «Adolat», «Islom lashkarlari» va «Tavba» singari ekstremistik tashkilotlarning sobiq a’zolari tashkil qildi. 1992 yilda diniy ekstremistik guruhlar boshliqlari O’zbekistondan qochib ketgach, ularning o’rnini «Hizbut-tahrir» egalladi. Bu davrda «Hizbut-tahrir»ning ta’limotlariga oid chet davlatlarda nashr etilgan mutaassiblikka yo’g’rilgan turli xildagi kitob, risola va jurnal shaklidagi materiallar noqonuniy yo’llar bilan yurtimizga kirib keldi.
So’nggi yillarda «Hizbut-tahrir»da g’oyaviy yakdillik yo’qolib, faoliyatida yuzaga kelgan samarasizlik tarkibiy bo’linishlarga olib keldi. Undan «Hizbun-nusra» guruhi ajralib chiqdi. SHuningdek, «Hizbut-tahrir»ning «Ayollar qanoti» kuchaytirilishi barobarida, ular orasida o’zini o’zi o’ldirish amaliyotidan keng foydalanilmoqda. Ular yosh qiz va ayollarga «uy tutish sirlari» (pazandalik, tikuvchilik)ni o’rgatish orqali harakatning g’oyalarini targ’ib etish, tuzoqqa ilingan ayollarni go’yoki, «hijrat» qilish yo’lida chet davlatlardagi o’z «birodarlari»ga yordam berish uchun jo’natish yoki jazo muddatini o’tayotgan jamoa a’zolariga turmushga chiqishga da’vat etish kabi amaliyotlar bilan shug’ullanmoqdalar.
«Akromiylar». Asoschisining nomidan kelib chiqqan holda, «Akromiylar» firqasi «imonchilar», «birodarlar», «xalifachilar» deb ham ataladi. «Hizbut-tahrir» tashkiloti asoschisi Taqiyiddin Nabahoniy kitoblaridan ta’sirlangan holda, 1992 yilda Akrom Yo’ldoshev (1963-2009) tomonidan Andijonda shakllantirilgan.

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin