21 bilet O’zbekiston Respublikasi davlat ramzlarining qabul qilinishi



Yüklə 1,66 Mb.
səhifə22/47
tarix20.09.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#145633
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   47
21 bilet

VII asrning ikkinchi yarmida xorijiylar orasida rahbarlarining ismi bilan ataladigan bir necha firqalar paydo bo’ldi. Ana shunday mutaassib firqalar orasida eng murosasiz va shafqatsiz jamoa nomini olgan Nofi’ ibn Azraq (v.685y.) boshchiligidagi «Azraqiylar» oqimi alohida o’rin egallaydi. Azraqiylar gunohi kabira (katta gunoh) qilgan barcha musulmonlarni «kofir» deb, ularning ta’limotiga qo’shilmagan kishilarga qarshi jihod e’lon qilish, hattoki, qariya, ayol va bolalarning qonini to’kishni halol, deb bilganlar.


IX asr oxirida Janubiy Iroqda yuzaga kelgan qarmatiylar namoz, ro’za, zakot, haj kabi amallar farz qilinmagani, Qur’on oyatlarida masjid qurish yoki u yerda yig’ilish haqida hukmlar yo’q, degan da’vo bilan masjidlarga borishni man qilish darajasigacha borgan edi. Harakat o’z nomini uning asoschisi Hamdon ibn Ash’asning laqabi Qarmat so’zidan olgan bo’lib, uning ma’nosi manbalarda turlicha «kalta oyoq» yoki «qizil ko’z» kabi ma’nolarda ifodalangan. Islomdagi mavjud qoida va tartiblarning mohiyatini buzib talqin qilish oqibatida ular hattoki, hajga keluvchilar Ka’baga sig’inib, Allohga shirk keltirishmoqda, degan da’volar ostida 930 yilda Makkaga hujum qilib, uni talon-taroj qilib, hojilarning bir qismini qul qilishgan, bir qismini esa o’ldirishgan. Ka’bani vayron qilib, qora toshni ikkiga bo’lib, Bahraynga olib ketishgan, faqat 20 yildan keyin katta to’lov evaziga u Makkaga qaytarib berilgan. Qarmatiylar islom tarixida o’chmas dog’ qoldirgan jinoyatlarni sodir etgan.
XI asr oxirida Eronda yuzaga kelib, maxfiy ravishda ish ko’rgan «hashshoshiylar» (arabcha – hashish (nasha) chekuvchilar, giyohvandlar) terrorchilik oqimi esa hokimiyatni egallash maqsadida ularga xayrixoh bo’lmagan hukmdorlarga suiqasd uyushtirish amaliyotini oldinga surgan edi. Uzoq vaqt hashshoshiylar ko’plab hukmdorlarga tahdid solib turgan, hattoki, ayrim Yevropa mamlakatlari rahbarlari o’z xavfsizliklarini ta’minlash uchun ularga to’lov to’lashga majbur bo’lgan. SHu bilan birga, «hashshoshiylar» zamonaviy terrorchilar tomonidan ham keng qo’llanilayotgan, oddiy kishilar va yoshlarga giyohvand moddalarni iste’mol qildirib, o’lsa shubhasiz jannatga tushishiga ishontirgan.
Diniy mutaassiblikka asoslangan ixtiloflar oqibatida cheksiz nizolar, kelishmovchiliklar, hatto qonli urushlar kelib chiqib, katta talofatlarga va jamiyatning inqiroz tomon yuz tutishiga sabab bo’lgan. Buzg’unchilik va zo’ravonlikka asoslangan, e’tiqodiy birlikka tahdid solgan bunday oqimlar faoliyati o’z davri ulamolari tomonidan qattiq qoralangan va ta’qib qilinganini alohida ta’kidlash lozim.
Vaqt o’tishi bilan, mazkur g’oyalardan yanada keng foydalangan holda, shuningdek, o’zgacha talqin va mohiyat kasb etgan yangidan yangi mutaassib oqimlar faoliyati paydo bo’ldi. Zamonaviy voqelik diniy ekstremizm va xalqaro terrorizmning salohiyati sifat va miqdor jihatidan jiddiy o’sganini ko’rsatmoqda. Bu o’z navbatida diniy ekstremizm va terrorizmning global xavfsizlikka yo’naltirilgan jiddiy tahdidga aylanishiga zamin yaratmoqda. Diniy-ekstremistik va terrorchi guruhlar globallashuv jarayonlari va yirik davlatlar orasidagi geosiyosiy manfaatlar to’qnashuvidan hamda fan-texnika yutuqlaridan foydalangan holda ekstremizm va terrorizmga qarshi keng ko’lamli kurash olib borilayotgan muhitga moslashishga xarakat qilmoqda. Diniy ekstremizm va terrorizmning jamiyat barqarorligiga salbiy ta’siri xalqaro terrorchilik tizimida yetakchi o’rinlarni egallab turgan quyidagi diniy-siyosiy tashkilotlarning mohiyati tahlil qilinganda yanada yaqqol namoyon bo’ladi.
«Musulmon birodarlar» jamoasi («Jamoat al-Ixvon al-muslimin»). «Musulmon birodarlar» harakatiga 1928 yil mart oyida Misrning Ismoiliya shahrida Hasan al-Banno (1906-1949) tomonidan asos solingan. Tashkilotning asosiy g’oyalari Hasan al-Banno va Said Qutb tomonidan targ’ib qilingan.
«Musulmon birodarlar» o’z tarixida bir necha bosqichlarini bosib o’tgan. Dastlab «Musulmon birodarlar» tashkiloti XX asr birinchi yarmida mavjud bo’lgan ko’p sonli mayda islomiy guruhlardan biri hisoblanardi. SHuning uchun Hasan al-Banno o’z targ’ibotlarini odamlarga kengroq yoyish maqsadida, Misrning bir qancha shaharlariga safar uyushtirgan. Keyinchalik esa turli shahar va mintaqalarga o’zining vakillarini yuborgan. Bunday safarlar natijasida, qisqa vaqt ichida, ya’ni 1930-yillar oxiriga borib, mamlakatning deyarli barcha mintaqasida tashkilotning bo’limlari faoliyat yurita boshlagan. Tashkilot «Alloh – bizning maqsadimiz, Qur’on – qomusimiz, Payg’ambar – bizning yetakchimiz, Jihod – bizning yo’limiz va Alloh yo’lida qurbon bo’lish bizning eng oliy orzuimizdir» degan tamoyilni o’zining bosh shiori qilib olgan.
1950-1960 yillarda «Musulmon birodarlar»ga rahbarlik qilgan Sayyid Qutb tashkilot faoliyatining yanada radikallashuviga zamin yaratdi. Xususan, u 1965 yilda yozgan «Yo’ldagi belgilar» kitobida arab jamiyati «johiliya» davriga qaytib, ma’naviy tanazzulga uchradi, bunday vaziyatda asl dindorlar jamiyatdan ajralib, alohida jamoalar tuzishlari hamda johiliyaga aylangan jamiyatni islomlashtirish uchun jihod olib borishlari lozim, degan g’oyani ilgari surdi. Bunda u «jihod» tushunchasini dinsizlarga hatto, uning talqiniga qo’shilmagan musulmonlarga qarshi qurolli kurash ma’nosida qo’llay boshladi. Said Qutb ilk marta dunyoviy hukumat va o’ziga qo’shilmagan musulmonlarga nisbatan «takfir» (kofirlikda ayblash)ni qo’llagan holda islomga umuman yot bo’lgan – «fitna» (amaldagi davlat tuzumiga qarshi qurolli qo’zg’olon ko’tarish amaliyoti)ni yoqlab chiqdi. Hozirda faoliyat yuritayotgan qator diniy-ekstremistik tashkilotlar uchun ham bunday yondashuv mafkuraviy asos bo’lib xizmat qildi.
Ma’lumotlarga ko’ra, «Musulmon birodarlar»ning mintaqaviy bo’linmalari Bahrayn, Misr, Iordaniya, Yaman, Qatar, Kuvayt, Livan, Birlashgan Arab Amirliklari, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Sudan, Suriya, Turkiya, Buyuk Britaniya, Daniya, SHveytsariya, AQSH, Frantsiya va Germaniya kabi mamlakatlarda faoliyat yuritgan. O’tgan davr mobaynida «Musulmon birodarlar»ning mahalliy bo’limlaridan ajralib chiqib, mustaqil faoliyat yuritayotgan bir qator diniy-ekstremistik va terrorchi tashkilotlar mavjud. Ular qatorida Misrda faoliyati kuzatilgan «al-Jamoa al-islomiya», «al-Jihod», «at-Takfir val-hijra», Jazoirdagi «Qurollangan islom guruhi», «Islom jihodi», Saudiya Arabistonidagi «Jumaymana al-Uteybiy», ko’pchilik davlatlarda ildiz otishga harakat qilayotgan «Hizbut-tahrir al-islomiy» kabi tashkilotlarni ko’rsatish mumkin.
XX asrning so’nggi yillariga kelib, diniy uyushma sifatida ochiq faoliyat yuritgan «Musulmon birodarlar»ning siyosiy qanoti terrorizmdan voz kechib, parlament tipidagi partiyaga aylanganini e’lon qildi va jamiyatdagi ta’siri yanada kengayib bordi. Hattoki, 2005 yilning noyabrь-dekabrь oylarida bo’lib o’tgan «Milliy Majlis» saylovlarida «Musulmon birodarlar» harakatining a’zolari «Islom – muammolar yechimi» shiori ostida parlament saylovlarida «mustaqil nomzodlar» sifatida qatnashib, umumiy hisobda 20 foiz ovozga ega bo’ldi va mamlakat parlamentida eng yirik muxolifat (oppozitsiya) blokini tashkil etdi. Buning natijasida umumarab diniy harakatiga aylangan «Musulmon birodarlar» tashkilotining faoliyati oshkora siyosiy tus oldi. 2011 yil 25 yanvarda Misrning poytaxti Qohirada boshlangan yirik norozilik namoyishlari 11 fevralda Prezident Husniy Muborakning iste’fosi bilan yakunlandi. 2012 yil mamlakat prezidentini saylash uchun bo’lib o’tgan ikki bosqichli saylov natijalariga ko’ra, 30 iyunda «Musulmon birodarlar» tashkilotning siyosiy qanoti hisoblangan «Adolat va ozodlik partiyasi» rahbari Muhammad Mursiy Misr prezidenti etib saylandi. Ko’p o’tmay, 2013 yil 3 iyulda «Musulmon birodarlar» harakati vakili bo’lgan Muhammad Mursiy ommaviy noroziliklar natijasida harbiylar tomonidan hokimiyatdan chetlashtirildi.
Yuqorida qayd etilgan tahlil «Musulmon birodarlar»ning uzoq yillar davomida olib borgan faoliyati Misrda davriy ravishda ijtimoiy-iqtisodiy beqarorlikni keltirib chiqarishi bilan bir qatorda musulmon dunyosiga mansub boshqa davlatlarda radikal diniy-siyosiy tashkilotlar vujudga kelishiga mafkuraviy va tashkiliy zamin yaratgani haqida xulosa chiqarish imkonini beradi.

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin