21 bilet O’zbekiston Respublikasi davlat ramzlarining qabul qilinishi


Xavorijlar ta’limotlari asosi quyidagilardan iborat



Yüklə 1,66 Mb.
səhifə30/47
tarix20.09.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#145633
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   47
21 bilet

Xavorijlar ta’limotlari asosi quyidagilardan iborat:


  • ular gunohkorni «kofir» deb e’lon qildilar. SHunga ko’ra xalifa Usmonni Abu Bakr va Umar yo’lidan yurmagani uchun kofir deyishadi. Ali, Muoviya, Abu Muso Ash’ariy, Amr ibn Oslar muxolif guruhlarda qatnashganlari uchun ular nazdida kofirlar;

  • «zolim» podshohga qo’lda qilich bilan qarshi chiqishni diniy vazifa (vojib) deb biladilar. O’z e’tiqodini yashirish tamoyili (taqiya) rad etadilar. O’zlari harbiy jihatdan zaif bo’lsalar ham, qudratli «zolim» podshohga qarshi chiqish vojib bo’laveradi, deb hisobladilar;

  • xalifalikka har qanday odam, Quraysh qabilasidan yoki arab bo’lishligidan qat’i nazar, musulmonlar tomonidan saylanishi mumkin. Xalifalik, shialar aytganidek, ma’lum jamoat (sulola) ichida cheklanmagan;

  • namoz, ro’za, zakot va boshqa amallarni imonning bir bo’lagi, deb hisoblaydilar. Kishi to barcha amallarni bajarmaguncha, dili bilan tasdiqlab, tili bilan aytishi musulmon deb tan olinishi uchun kifoya emas.

VII asr ikkinchi yarmida xavorijlar orasida yigirmaga yaqin turli guruhlar paydo bo’ldi. Ular ichida eng yiriklari – ibodiylar, azoriqalar hamda sufriylar bo’lib, o’z yo’lboshchilari nomi bilan shunday atalganlar.
Shialik. Siffin jangi natijasida haruriylar bilan deyarli bir paytda o’zini “shiatu Ali” (Alining guruhi) deb atagan aliparast oqim ham yuzaga keldi. VII asr oxirlariga kelib SHialik, Iroq va Eronda keng tarqalgan va islomdagi mustaqil diniy yo’nalishga aylangan. SHialik boshda har qanday ixtilof va aqidaviy farqlardan xoli holda, faqat siyosiy harakat sifatida namoyon bo’lgan edi. Keyinroq diniy ixtiloflar, aqidaviy farqlar vujudga kelgan.
SHia so’zining to’liq shakli “ash-SHia” (tarafdorlar, guruh, partiya) yoki “SHiatu Ali” (Ali tarafdorlari) bo’lib, bu nom hazrat Aliga ergashganlar va ularning avlodlariga nisbatan berilgan.
SHialikda imomat asosiy diniy ruknlardan hisoblanib, u jamiyat manfaatlaridan emas, balki din ruknlaridan kelib chiqadi deb e’tiqod qilinadi. Ularning ta’limotiga ko’ra, rahbar xalq tomonidan saylanmay, balki rahbarlik meros sifatida o’tadi. Rasululloh Alini xalifa etib tayinlagan, undan keyin esa xalifalik uning avlodlarida qonuniy meros sifatida vasiyat yo’li bilan uzatiladi. Ular Alining xalifalikka haqli ekanligini ilohiy deb biladilar, imomlik ularda payg’ambarlik kabi ilohiy mansab hisoblanib, Alloh bandalari orasidan payg’ambarlarini tanlab, ularni gunohlardan saqlagani va ularga “ilmi ladun” (Alloh huzuridan berilgan ilm) bergani kabi, xalifalarni ham shunday tanlaydi deydilar. Abu Bakr, Umar va Usmonlar esa bu huquqni Alidan zo’rlik bilan tortib olishgan, Ali o’sha davrda xalifalikni boshqarganmi yoki yo’qmi bundan qat’i nazar, Alining xalifaligi Rasululloh vafotlarining birinchi kunidan boshlangan, deb da’vo qiladilar.
Sunniylik (Ahli sunna val-jamoa)yo’nalishi 657 yilgi voqealar va ularning natijasida kelib chiqqan firqabozlik sharoitida ham o’rta yo’lni tutgan, davlat rahbarlariga qarshi bormagan, o’zlarini sunnatga amal qiladigan va jamoatdan ajralmaydiganlar guruhi sunniylar yoki “ahli sunna val jamoa” deb ataldi. Bugungi kunda sunniylar dunyo musulmonlarining 92,5 foizini tashkil etadi.
Sunniylik doirasida to’rt fiqhiy mazhab (arab. yo’l) va ikki aqidaviy ta’limot mavjud bo’lib, xavorij va shia firqalaridan farqli ravishda ular bir-birlarini rad etmaydilar. Bugungi kunga qadar ham, sunniy ulamolar to’rttala fiqhiy va ikkala aqidaviy mazhablarning to’g’ri ekani, ularning bir-birini to’ldirishi, bunday farqlilik tarixiy, ijtimoiy omillar mahsuli ekani va bu musulmonlar uchun osonlik yaratishiga ittifoq qilishgan.
Keyingi davrda paydo bo’lgan «vahhobiylik», «hizbut tahrir» kabi yo’nalishlarni fiqhiy mazhablarga tenglashtirib bo’lmaydi. CHunki ular shar’iy masalalarda o’z mustaqil yechimlarini bergan tizimga ega emas. Ularga diniy-siyosiy harakat va noqonuniy siyosiy partiyalar sifatida qarash mumkin.
VIII-IX asrlarga kelib Islom dini doirasida aqidaviy ixtiloflar ham yuzaga keldi. Islom dinida Alloh taolo, uning sifatlari, insonlarning taqdiri, qiyomat, jannat va do’zax, gunoh va savob kabi mavzular aqidaviy masalalar sirasiga kiradi. Zikr etilgan unsurlarni o’rganuvchi fan yana kalom ilmi deb ham ataladi. Qur’onda ham hadislarda ham bu borada tortishish, o’zicha hukm chiqarish qoralangandir. SHu sababli ham avval boshida ulamolar kalom ilmi bilan shug’ullanishni qattiq qoralaganlar.
“Mo’’tazila”, “jabariyya”, “qadariyya”, “mushabbiha” kabi bir qator adashgan oqimlar yuzaga kelgach oddiy musulmonlarga sof aqidani tushuntirib berish ehtiyoji tug’igan edi. SHundan so’ng kalom ilmi bilan shug’ullanishga ruxsat beriladi.
Kalom borasida bahs yuritgan ilk oqim “mo’’tazila” hisoblanadi. Ushbu ta’limot islom tarixidagi adashgan firqalardan bo’lib, Hasan al-Basriyning (v. 110/728 y.) sobiq shogirdlari bo’lgan Vosil ibn Ato (v. 748 y.) va Amr ibn Ubaydga (v. 761 y.) borib taqaladi. Umaviy xalifa Hishom ibn Abdilmalik davrida ushbu ikki shogird Hasan al-Basriy davrasidan o’zlarining “manzila baynal manzilatayn” (arosat) mavzuidagi aqidalari bilan ajralib chiqadalar va «mo’’tazila» (ajralganlar) nomini oladilar. Mo’’taziliylar abbosiylar xalifaligi davrida muhim o’rin tutganlar.
Mo’’taziliylar abbosiy xalifa Xorun ar-Rashid davrida ta’qib ostiga olingan bo’lsalar, Ma’mun, al-Mo’’tasim va al-Vosiq davrlarida (813-847) suyukli peshvolarga aylanadilar va yirik davlat mansablariga ham sazovor bo’ladilar. Ma’mun davrida mo’’taziliylar “mihna” degan jamoa tuzib, o’zlarining aqidaviy qarashlarini mahalliy ulamolarga majburlab sindirishga harakat qilganlar.
Mo’’taziliylar ta’limoti “al-adl” (Allohning adolati), “tavhid” (Allohning yagonaligi), “al-va’d val va’iyd” (va’da va jazolash), “manzila baynal manzilatayn” (Oraliq holatda qolish), “al-amr bil ma’ruf van nahiy anil munkar” (Yaxshilikka chaqirish va yomonlikdan qaytarish) deb nomlanuvchi besh tamoyilga tayanadi.
Xalifa Mutavakkil davriga kelib mo’’taziliylar yana siquvga olindi va bora-bora butunlay yo’q bo’lib ketdi.
Mo’’taziliylar bilan deyarli bir davrda yuzaga kelgan aqidaviy oqimlardan biri “qadariyya”dir. Qadariylar iroda erkinligini mutlaqlashtirib, inson barcha amallarini o’z ixtiyori bilan qiladi, avvaldan taqdir belgilab qo’yilmaydi, degan aqidani ilgari surdilar. Mo’’taziliylar mazkur fikrni qo’llab quvvatlagani bois, ular ham taqdir masalasida qadariylar deya ataldi. Ularga nisbatan ulamolar tomonidan: «Qadariylar ushbu ummatning majusiylaridir», degan hadis keltiriladi. Zero, taqdirga ishonish imonning 7 ta shartidan biri hisoblanadi.
Keyinroq shakllangan jabariylar esa insonning barcha qiladigan ishlari Alloh tomonidan avvaldan belgilab qo’yiladi degan aqidani mutlaqlashtirdilar. Bu insoniyatni taraqqiyotga intilishdan to’xtatib qo’yadigan aqida bo’lgani sababli ulamolar bu fikrni qo’llab-quvvatlamadilar.
Allohning zoti va sifatlari masalasida esa “mushabbiha” (o’xshatuvchilar) yoxud “ahlu-t-tashbih” (o’xshatish ahli) yuzaga keldi. Ular Allohning Qur’oni karimda kelgan sifatlarini to’g’ridan-to’g’ri o’z aqllari bilan talqin qila boshladilar. «Allohning «qo’li» ularning qo’llari uzradir» (Fath surasi, 10), «Uning Kursiysi osmonlar va Yerni (ham) o’z ichiga sig’dira olur» (Baqra surasi, 255) kabi oyatlardagi «qo’li», «kursiysi» so’zlaridan Allohning ham inson kabi badan va a’zolari bor ekan, u ham inson kabi o’tirish uchun kursiyga muhtoj ekan, deya xulosa chiqardilar.
Ismlari zikr etilgan oqimlarning buzg’unchi g’oyalariga bir qator ahli sunna ulamolari raddiyalar berganlar. Natijada, moturidiya va ash’ariya ta’limotlari yuzaga keldi. Mazkur ikki yo’nalish ham sunniylik doirasida to’g’ri hisoblanib, ular o’rtasidagi farqliliklar lafziy xarakter kasb etadi xolos.

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin