21 bilet O’zbekiston Respublikasi davlat ramzlarining qabul qilinishi


Buddaviylik dinining paydo bulishi tarixi, asosiy ta’limotlari. Buddaviylik oqimlari hamda O’rta Osiyoga kirib kelishi



Yüklə 1,66 Mb.
səhifə38/47
tarix20.09.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#145633
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   47
21 bilet

Buddaviylik dinining paydo bulishi tarixi, asosiy ta’limotlari. Buddaviylik oqimlari hamda O’rta Osiyoga kirib kelishi. (Tayanch atamalar: 1Dinshunoslikning ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan aloqadorligi. Dinshunoslik fanini o’rganishning jamiyat barqarorligini mustahkamlash, diniy bag’rikenglikni tarbiyalash, vijdon erkinligini ta’minlashdagi ahamiyati. Dinshunoslikda shakllangan mifologik, tarixiy, sotsiologik, antropologik va boshqa maktablar. Buddaviylik ta’limoti - to’rt oliy xaqiqat, nirvana. Buddaviylik axloqiy ta’limoti - “pancha-shila”. Buddaviylikdagi oqimlar: maxayana, xinayana, lamaizm va x.k. O’zbekistan xududidagi buddaviylik yodgorliklari va ularning tadqiq etilishi. Xristianlik ta’limoti, Katolik,

Buddaviylik ta’limoti. Buddiylik ta’limotida har qanday borliq(moddiylik) barcha ko’rinish va shakllardagi har qanday hayot-hamma mavjudodlarga azob beruvchi yomonlikdir. Yomonlik va azob-uqubatlarning sababi-insonning va barcha tirik mavjudotlarning bu dunyoga qayta tug’ilib kelish dunyosi (sansara) ga bog’langanligi, unga ko’ngil qo’yganligidir. Uningcha har qanday insoniy tuyg’u, hissiyot, ehtiros va istak azob-uqubatni chuqurlashtiradi; “borliq girdobi” dan chiqib olish uchun g’aflatdan uyg’onish, dunyo mohiyatini anglash, hayotga chanqoqlikdan ko’ngilxushliklarga, lazzatlarga, hokimiyatga, boylikka intilishlar-dan voz kechish lozim; faqat shundagina “najot topish yo’li” ga kirish mumkin. Ilk buddiylikda bunday najotdan faqat zohid yoki monaxgina umid qilishi mumkin edi.
Buddiylik ta’limotiga ko’ra, azob-uqubatlardan xalos bo’lishning eng maqbul yo’li rohiblik (monaxlik) jamiyati (sangxa) ga o’tish hisoblanadi. Rohiblik boshqa dinlarga qaraganda buddiylikda barvaqt vujudga kelgan bo’lib, hozirgi kunda buddiylik mahzablaridan bo’lmish hinayana tarqalgan mamlakatlar xalqlarining ijtimoiy hayotida g’oyat salbiy rol o’ynamoqda. Rohiblar buddiylikka e’tiqod qiluvchilar orasida noo’rin tarzda juda katta obro’ va hurmatga sazovar bo’lib, ularga itoat etish va aytganini bajarish zarur, deb hisoblanadi.
Buddizm ta’limoti asosan uch qismdan iborat:
axloq;
meditatsiya;
donolik;
Axloq normalari-«Pancha shela» (Buddaning besh nasixati)
-qotillikdan saqlanish;
-o’g’irlikdan saqlanish;
-gumroxlikdan saqlanish;
-yolg’on qalbaki narsalardan saqlanish;
-mast qiluvchi narsalardan saqlanish.
Meditatsiya
-to’g’ri tushunish, buddaning birinchi davatida so’z yuritilgan to’rt xaqiqatni bilish va unga ishonish;
-to’g’ri niyat qilish-dunyoning lazzat-xalovatlaridan xalos bo’lishga, keraksif fikrlardan saqlanishga intilish;
-o’zini to’g’ri tutish-o’ziniki bo’lmagan narsaga ko’z olaytirmaslik, ortiqcha xissiyotga berilmaslik;
-to’g’ri anglash-o’z tanasi va ruxiga o’zini yo’qotib qo’ymaydigan darajada nazoratda bo’lish xamda bunda extiroslar va iztiroblarga chek quyish.
-to’g’ri xarakat qilish-o’zidani yomon tuyg’ularni jilovlash.
-to’g’ri xayot kechirish-noma’qul xayot tarzidan saqlanish.
-to’g’ri fikr yuritish-kamolotni to’rt bosqichini ketma-ket bosib o’tish.
-to’g’ri gapirish-yolg’ondan, tuxmatdan, xaqoratdan saqlanish.
3) Donishmandlik-bu buddizmni asosiy maqsadi bo’lib, narsalar tabiatini to’g’ri tushunishdan iborat bo’lish.
Buddiylik ta’limotida olam uch bosqichli deb tavsiflangan. Birinchisi eng yuqori olam bo’lib, unda mutlaq osoyishtalik hukmron. Unda faqat sof ruhgina mavjud emish. Bu olam ruhning makonidir. Buddiylikning ta’lim berishicha, mutlaq ilohiy kuch - ruhni mutlaqo bilib bo’lmaydi. Birinchi olamda ruh moddiy olamdan tashqarida, u hech harakatsiz mutlaq osoyishta holatda yashar emish. Ikkinchi olam, rivoyatlarga ko’ra, ruhiy mavjudotlar bilan to’la jannat-bodisatvadir. Bu olamning hokimi Amitabadir. Uning olamida ruh o’z gunohidan xalos bo’lgan, lekin eng oliy olamga, nirvanaga, mutlaq bo’shliq va osoyishtalik olamiga ko’tarilmagan avliyolar yashar emish. Buddalar kishilarga budda ta’limotini o’rganish, yaxshi yo’ldan boshlab borish uchun yerga yuborilar ekan. Uchinchi olam eng quyi olam bo’lib, unda odamlar va hayvonlar yashar emish. Bu olamdagi ruh go’yo qafasda yashar ekan, u hayot davomida ozod bo’lish hamda yuqori olamga ko’tarilishiga harakat qiladi; ruhning yuqori olamga ko’tarilishi odamlar qiladigan savobli ishlarga bog’liq; agar odam buddiylik ta’limotiga e’tiqod qilsa, yaxshilikka intilsa, uning joni qayta tug’ilishlardan so’ng jannatga va undan nirvanga ko’tarilar emish. Yomonlikka mansub gunohkor kishilarning ruhi esa quyi dunyoda azoblanib, qafas ichida yura berar, yuqori olamga hech ko’tarila olmas emish. Agar insonning din ta’limotiga zid ishlari ko’payib ketsa, hirs yoki tovlamachilikka berilib, undan qutila olmasa, bunday odamning ruhi bir necha qayta tug’ilishlardan keyin do’zaxga tushar va unda abadiy azoblanar emish.

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin