21 bilet O’zbekiston Respublikasi davlat ramzlarining qabul qilinishi


Buddaviylikdagi oqimlar xamda uning O’rta Osiyoga kirib kelishi



Yüklə 1,66 Mb.
səhifə39/47
tarix20.09.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#145633
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   47
21 bilet

Buddaviylikdagi oqimlar xamda uning O’rta Osiyoga kirib kelishi
Barcha jahon dinlari kabi buddiylik ham ijtimoiy taraqqiyot natijasida va turli mamlakatlardagi ijtimoiy guruhlar tuzumlarning xususiyatlarga qarab, turli mazhablarga bo’linib ketgan.
«Xinayana» buddizimning asosiy yo’nalishlaridan biridir. «Xinayana» «kichik arava» ma’nosini anglatib, u diniy yo’nalish sifatida eramizdan avvalgi I asrda shakllangan. «Xinayana» ta’limotiga ko’ra draxmalar tabiatini o’rganishga va nirvanaga ma’naviy yo’l bilan erishiladi. Bu yo’l juda og’ir. SHu sababli faqat monaxlargina nirvana xolatiga yetishish mumkin. Bu yo’nalish SHarqiy Xindistonda, SHri-lanka, Xidi-Xitoy davlatlarida tarqalgan.
Maxayana yo’nalishi ruxiy kamolot axdiga rioya etuvchi, Xudoga iltijo qiluvchi roxiblarga in’omlar berib, yordam ko’rsatuvchi xar qanday oddiy dindor najot topish mumkin. degan ta’limotga asoslanadi. Bu Xudolarga ishonish yo’llari barcha uchun mumkin bo’lganligi sababli u «katta arava» nomini olgan.
Lamavizm yo’nalishi-u Tibet tilidi «lama»-«eng ulug’» degan ma’noni anglatadi. Lamavizm Tibetda XII-XIV asrlarda vujudga kelgan. Buddizmni barcha aqidalarini qabul qilgan lamaizmda inson faqat lamalar yordamida najot topadi. Lamalarsiz nirvanaga erishish u yoqda tursin kishi bu dunyoga qaytib kelishda ham xech narsaga erisha olmaydi.
Buddiylikning bu mazhabi mahalliy xalqlar o’rtasida qadimdan mavjud bo’lgan diniy tasavvur va urf-odatlarni o’zlashtirgan. Lamaizmda buddiylikka xos tasavvurlar bilan bir qatorda, Buddaning yana qaytib kelishi va yer yuzida adolatli hokimiyat o’rnatishi to’g’risidagi uydirmaga keng o’rin berilgan. Lamaizmni ko’chmanchi, qaloq, savodsiz xalq hayotiga moslashtirishga urinish mavjud; undagi ibodat qilish tartibi ham ancha soddalashtirilgan
26-bilet

  1. O’zbekistonda siyosiy islohotlar. Milliy davlat boshqaruv tizimining yaratilishi. (Tayanch atamalar: Prezident, Vazirlar Mahkamasi, Parlament, Oliy Majlis, Senat, Siyosiy plyuralizm, Ombudsman, Demokratiya, Senzura, Huquqiy davlat, Fuqarolik jamiyati, Siyosiy partiyalar, Jamoat birlashmalari, Nodavlat tashkilotlari).

O’zbekistonda Prezidentlik institutining joriy qilinishi va takomillashuvi. XX asrning 80-yillari ikkinchi yarmida sobiq Ittifoqda ro’y bergan tanazzul O’zbekistonda Prezident lavozimini ta‘sis etish zaruriyatini keltirib chiqardi.


Prezident lavozimining joriy etilishi respublika mustaqilligi uchun kurash kuchaygan va milliy davlatchilik rivojida prinsip jihatdan yangi bosqichga o’tilayotganligini anglatar edi.
Shu bilan birga, respublikada prezidentlik instituti hokimiyat mexanizmining samaradorligini, mamlakatdagi barqarorlik, qonuniylik va huquq-tartibotning samaradorligini qat‘iyan oshirish vositasi bo’lib xizmat qilishi lozim edi. Ayniqsa, O’zbekiston kabi ko’p millatli mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy holat og’irlashib borayotgan bir davrda jamiyatni jipslashtirish yanada muhim edi. Bunday sharoitda siyosiy tizimning yangilanayotgan mexanizmi, avvalo, shunga ko’maklashmog’i, bu tizimning ishlarida ichki va tashqi siyosat, strategik yo’nalishlar va ularni amalga oshirish sohasidagi amaliy ishlar mujassamlashib, yaxlit harakatga aylanishi lozim edi.
Prezident o’zining amaliy ishi bilan turli ijtimoiy-siyosiy harakatlar o’rtasida ijtimoiy muloqotni rivojlantirish uchun sharoit yaratishi, mamlakatda tinchlik va millatlararo totuvlikni ta‘minlashi, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda – tabiiy ofatlarda, jamoat tartibi jiddiy buzilgan hollarda oliy vakolatlar sohibi bo’lgan tashkilotchi va muvofiqlashtiruvchi arbob sifatida ish kurishi kerak edi. Ayni vaqtda Prezident lavozimi ta‘sis etilgan taqdirda ham Oliy Sovet davlat hokimiyatining oliy organi bo’lib, u qonun chiqaruvchi, hukumat-ijrochi-boshqaruvchi organ bo’lib qolaveradi. Prezident esa mazkur tizimda qonun chiqaruvchilik bilan ijrochilik faoliyatini o’zaro bog’laydigan mustahkam bo’g’in vazifasini bajaradi.
1990 yilda mazkur lavozim ta‘sis etilayotgan vaqtda bu lavozimning joriy etilishi Ministrlar Sovetining vakolatini cheklashi mumkin, degan xavotir ham bo’ldi. Biroq, hukumatning vakolatlari amalda o’zgarmay qoldi. Shu munosabat bilan Ministrlar Soveti o’z ishi to’g’risida har yili Oliy Kengashga hisob beribgina qolmay, bu haqda Prezidentni muntazam xabardor qilib turishi belgilab qo’yildi. Ayni paytda hukumat, vazirliklar va davlat qo’mitalari qonunlar bilan bir qatorda o’z faoliyatida Prezident farmonlariga amal qilishlari shart ekanligi mustahkamlandi. Prezident huzurida tashkil egilgan organ Prezident Kengashi davlat vakolatlari bilan ta‘minlandi.
Davlat boshqaruvining mazkur zamonaviy va samarali shaklini yuzaga keltirishda xalqimizning davlatchilik sohasidagi ko’p ming yillik tarixiy tajribalari, diyorimizning muayyan shart-sharoitlari, xalqning an‘analari va mentaliteti, o’ziga xos xususiyatlari, shuningdek, hozirgi zamon ilg’or davlatlarining tajriba va yutuqlari nazarda tutildi. Qayd etish joizki, bugungi kunda BMTga a‘zo bo’lgan 193 ta davlatdan 143 tasida, ya‘ni qariyb 75 foizida Prezident lavozimi ta‘sis etilgan.Respublikamizda prezidentlik lavozimi murakkab vaziyatda ta‘sis etildi. Qayta qurish, oshkoralik vaziyatida xalq xo’jaligini rivojlantirish, aholiga zarur turmush sharoitlarini yaratib berishda ko’plab murakkab, hal qilinmagan muammolar borligi aniqlandi. Ayrim viloyatlarda ijtimoiy-siyosiy vaziyat izdan chiqqan, qonunni buzish hollari ko’paygan edi. Xalq bunday noqonuniy xatti-harakatlarning zudlik bilan payini qirqishni talab qilayotgan edi. Bularning barchasi prezident lavozimini kechiktirmasdan joriy etishni talab qildi. O’zbekiston SSRning bi-rinchi Prezidenti istisno tariqasida respublika Oliy Kengashining 1990 yil 24 martdagi sessiyasida saylandi. Islom Abdug’aniyevich Karimov yashirin ovoz berish yo’li bilan O’zbekiston SSRning Prezidenti etib saylandi.
L.Levitin va D.S.Karlaylning Islom Karimov – yangi O’zbekiston Prezidenti nomli kitobida shunday deyiladi: “1990 yilning mart oyida Islom Karimov o’sha paytdagi ittifoqdosh respublikalar rahbarlari orasida birinchi bo’lib Prezidentlikka saylandi. Moskva buni juda salbiy qabul qildi. Gorbachyov ochiqdan-ochiq g’azablandi. Boshqa respublikalar rahbarlari esa, Karimovning Prezidentlikka saylanganini qalban qo’llab-quvvatlasa-da, unga havas qilsa-da, televideniye va minbarlarda Gorbachyovning “16 prezidenti bor davlat qanday davlat bo’ladi”, degan so’zlarini qaytarish bilan band bo’ldilar. (Bu Gorbachyovning navbatdagi mantiqiy fikri edi yangidan paydo bo’layotgan davlatlar ittifoqida 16 ta parlament raislari bo’lishi mumkin emishu, 16 ta Prezident bo’lishi mumkin emas emish). Karimovdan qutulish uchun tazyiqning barcha yo’llaridan foydalanib ko’rishdi. Gorbachyov uni o’taketgan amalparast deb aybladi. Bu vaqtda, men ishonamanki, Karimov haqoratlangan va xo’rlangan O’zbekistonning obro’sini ko’tarish haqida o’ylardi. 1990 yilning 26 martida O’zbekiston Oliy Kengashi Prezidentlikni joriy etdi va meni shu lavozimga sayladi. Shundan so’ng men Moskvaga
SSSR Davlat Kengashi yig’ilishiga keldim. Gorbachyov meni O’zbekiston Prezidenti deya piching, haqoratomuz so’zlar bilan kengash a‟zolariga tanishtirdi va tartibga solib qo’yishga va‟da berdi. Bu yerda u prezidentlikni bekor qilishni nazarda tutdi. Men unga shunday javob berdim: “Agar suhbat shunday davom etadigan bo’lsa, men Kengashni tashlab ketaman”. So’ng
Moskva har qanday yo’l bilan bo’lsa ham meni olib tashlashga urindi, ammo hech narsaga erisha olmadi. Kuchlar endi boshqacha edi. Meni qo’llab-quvvatlagan xalq ham boshqacha fikrlay boshlagandi”. Bu kurashda Karimov o’zi va xalqi uchun hamma narsaga tayyor yo’lboshchi sifatida g’olib chiqdi” (Leonid Levitin., Donald S. Karlayl. Islom Karimov yangi O’zbekiston Prezidenti. – T.: O’zbekiston, 1996. 11 bet.).
Mamlakatimizda prezidentlik institutining huquqiy asoslari shakllanishi va rivojlanishini ikki davrga ajratib o’rganish maqsadga muvofiq.
Davlat hokimiyatining muhim subyekti sifatida Prezident lavozimining joriy etilishi, uning davlat funksiyalaridan kelib chiqib o’z vazifalariga ega bo’lishi, davlat mexanizmida, xususan, hokimiyat tarmoqlari tizimida o’z o’rni va rolini topishi hamda faoliyat yuritishining huquqiy asoslarini shakllantirish bilan bog’liq birinchi galdagi islohotlar va o’zgarishlarni o’z ichiga olgan dastlabki bosqich – 1990-2000 yillar mamlakatimiz, xalqimiz hayotida ulkan iz qoldirgan o’tish davri, tom ma‘noda, tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan davr bo’ldi.
O’zbekiston Respublikasining (keyingi o’rinlarda O’zbekiston Respublikasi) O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimini ta‘sis etish hamda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risidagi Qonuniga ko’ra, O’zbekiston Respublikasining Prezidenti lavozimi demokratiya jarayonlarini yanada rivojlantirish, siyosiy o’zgarishlarni chuqurlashtirish, konstitutsion tuzumni, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va xavfsizligini mustahkamlash, O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi oliy organlarining o’zaro aloqasini takomillashtirish maqsadida ta‘sis etildi. Qonunda fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, Konstitutsiya va qonunlarga rioya etilishiga kafil bo’lish, respublikaning suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini muhofaza etish, milliy davlat tuzilish masalalariga doir qarorlarni amalga oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko’rish, mamlakat ichkarisida va xalqaro tashkilotlarda respublika nomidan ish ko’rish, Oliy Kengashga har yili respublikadagi holat hamda ichki va xalqaro hayotning eng muhim masalalari yuzasidan ma‘ruzalar gaqdim etish, ayrim shaxslarni lavozimga tayinlash va ozod qilish bo’yicha vakolatlar, respublika oliy hokimiyat va boshqaruv organlarining bahamjihat ishlashini ta‘minlash, hukumatning qarorlari va farmoyishlari ijrosini to’xtatib qo’yish, qonunlarni imzolash, faxriy unvonlar berish, faxriy yorliqlar bilan mukofotlash, respublika fuqaroligiga va siyosiy boshpana berishga oid masalalarni hal etish, sudlar tomonidan hukm qilingan shaxslarni afv etish va boshqalar Prezident vakolatlari sifatida qayd etildi.
O’zbekiston Respublikasi.da prezidentlik institutining vujudga kelishi mamlakatimiz milliy davlatchiligining rivojlanishida mutlaqo yangi bosqichni boshlab berdi.
Xalqaro tajribadan ma‘lumki, jahonda prezidentlik institutining vujudga kelishi va rivojlanishining yagona, universal modeli, sxemasi mavjud emas. Hatto, eng yaxshi deb topilgan modelni ko’chirgan davlatlarda ham aslidagidek samara bermasligi mumkin. Buni AQSH modelini olgan Lotin Amerikasi davlatlari misolida ham ko’rsa bo’ladi. Shuning uchun har bir mamlakatda prezidentlik institutining vujudga kelishi, faoliyat yuritishi va rivojlanishiga bir qator omillar o’z ta‘sirini o’tkazadi. Ularni shartli ravishda obyektiv va subyektiv omillarga ajratish mumkin. Keng ma‘noda – ustuvor va asosiy obyektiv omillarga siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, tor ma‘noda subyektiv omillarga ijtimoiy, siyosiy, huquqiy ong, aholining siyosiy-huquqiy madaniyati kabilarni kiritish mumkin. Obyektiv omillarning negizini iqtisodiy va ijtimoiy masalalar tashkil etadi. Shuning uchun ham mamlakatimizda Prezident Islom Karimov tomonidan dunyoning biron-bir davlatida hali qo’llanilmagan yo’l tutildi. Ya‘ni, yurtimizda avval iqtisodni yaxshilab, mustahkamlab, so’ng ijtimoiy, siyosiy, madaniy sohada demokratik islohotlar amalga oshirilmoqda. Muayyan iqtisodiy yutuqlarga erishish yangi ijtimoiy-siyosiy, sotsial islohotlarni, demokratik yangilanishlarni joriy etishga sharoit yaratmoqda. Chunki iqtisodiy islohotlar fuqarolarning turmushi darajasini, farovonligini yaxshilaydi. Ayniqsa, fuqarolik jamiyatining yadrosi bo’lgan xususiy mulk egalari safi va sifatining oshishi hayotga yangicha ko’z bilan qarashga, mamlakat xayotini modernizatsiya qilishga imkon yaratadi.
Islohotlarning dastlabki bosqichida asosiy vakolatlar davlatning, eng avvalo, ijro etuvchi hokimiyatning ixtiyorida bo’lishini taqozo etdi. O’zbekiston Respublikasi.ning Birinchi Prezidenti Islom Karimov bu haqda shunday degandi: “Ayni zamonda, agar kuchli ijrochilik hokimiyati bo’lmas ekan, eng odil va eng oqil qonunlar va qarorlar ham bajarilmay, shunchaki qog’ozda qolib ketishi mumkin. Bu hol qonunlarni joriy etishga, fuqarolar huquqlarini va erklarini muhofaza qilishga, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni o’tkazishga qodir prezidentlik hokimiyatini kuchaytirishni taqozo etadi” (Karimov I.A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-j. -T.: O’zbekiston, 1996. B. 15).
Darhaqiqat, kuchli ijroiya hokimiyati bo’lmasa, hatto eng demokratik yo’l bilan qabul qilingan qarorlar xam bajarilmasdan qolib, targ’ib, ijro intizomi susayishiga sabab bo’lar edi. Bunday salbiy holatlarga yo’l qo’ymaslik, qonuniy qarorlarni hayotga joriy etish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish vazifasi siyosiy va iqtisodiy islohotlar turmushga tatbiq etilishini ta‘minlaydigan prezidentlik hokimiyatini mustahkamlash va rivojlantirishni taqozo etdi. Kuchli prezidentlik hokimiyati qonunlarning aniq va og’ishmay bajarilishining ishonchli garovi sifatida qabul qilindi.
1990 yil 1 noyabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining O’zbekiston Respublikasida ijroiya va boshqaruv hokimiyatining tuzilishini takomillashtirish hamda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risidagi Qonuni bilan davlat boshqaruvining uyg’un tizimini yaratish, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatini bir-biridan qat‘iy farqlab qo’yish, davlat organlari faoliyatida parallelchilik va bir-birining ishini takrorlashga, bir organning boshqa organlar vazifasini bajarishiga barham berish maqsadida hamda bozor munosabatlariga o’tish sharoitida ijro hokimiyatini butun choralar bilan mustahkamlash, davlat, xo’jalik va sotsial-madaniy qurilishning hamma jabhalarida intizom va tartib o’rnatish muhim ekanligini hisobga olib, prezidentlik hokimiyati bilan Ministrlar Sovetining ijroiya-boshqaruv hokimiyati qo’shib yuborildi. O’zbekiston Respublikasi Ministrlar Soveti O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga (keyingi o’rinlarda VM) aylantirildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti ayni vaqtda VMning Raisi bo’lishi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining va O’zbekiston Respublikasi Ministrlar Sovetining apparati O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi bitta apparatga birlashtirilishi belgilandi. Mazkur Qonun mamlakatimizda davlat boshqaruv shakli prezidentlik respublikasiga asoslanishini mustahkamlab qo’ydi. O’tish davrida davlat boshqaruvining prezidentlik respublikasi shaklining o’rnatilishi O’zbekiston Respublikasida olib borilgan barcha ijtimoiy sohalardagi izchil islohotlar muvaffaqiyatli kechishining garovi bo’ldi. O’tish davrida kuchli ijro hokimiyatiga asoslangan davlat boshqaruvi, bunda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat va ijro hokimiyati boshlig’i sifatidagi o’rni, Konstitutsiya va qonunlar ustuvorligi tamoyilining amalda bo’lishi va bu tamoyil qonunlar ijrosining ta‘minlanishida tayanch bo’ldi.
Demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyatining poydevorini barpo etish hamda davlatning bosh islohotchi bo’lishi zarurati o’tish davrida Prezident zimmasiga katta mas‘uliyat va strategik vazifalarni hal etishni yuklash barobarida uning yetarli vakolatlarga ega bo’lishini ham taqozo etdi. Prezident davlat, ayni vaqtda, ijro etuvchi hokimiyat boshlig’i sifatida islohotlarning tashabbuskori, yangilanish va o’zgarishlar jarayonini harakatga keltiruvchi asosiy kuchga aylandi.
Davlat va jamiyat hayotida prezidentlik institutining tutgan o’rnidan kelib chiqib aytish mumkinki, yurtimizda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti deganda, xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladigan, ichki va tashqi siyosatning asosiy yo’nalishlarini ishlab chiqib, umummilliy va strategik vazifalarni belgilab, davlat va jamiyatni oliy maqsadlarga chorlaydigan, o’z siymosida davlat va millatni birlashtiradigan, jipslashtiradigan, davlat hokimiyati organlari va odamlarni milliy g’oya asosi bo’lmish yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi sari safarbar qiladigan, ularning o’zaro hamkorligini ta‘minlaydigan, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishiga kafil bo’ladigan, millat va davlatning tinchligi, osoyishtaligi, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini muhofaza etadigan shaxs gavdalanadi.
Men davlat rahbari, Prezident deganda, faqat xorijiy o’lkalarga borib, u mamlakatlarning boshliqlari bilan uchrashib qo’l olishadigan kishini emas, balki o’z davlatining, o’z xalqining milliy manfaatlarini to’la ifoda eta oladigan va qat‟iyat bilan himoya qila oladigan odamni tasavvur qilaman”, deganda Islom Karimov mutlaqo haq edi.
Islom Karimovning fikricha, “Yurtboshi nihoyat darajada og’ir, murakkab va mas‟uliyatli bir vazifani o’z zimmasiga olib, unga ishonch bildirgan odamlarning umidini oqlash uchun bu balandparvoz gap bo’lib tuyulmasin shu oliy maqsad yo’lida o’z hayotini fido qilishga ham tayyor turishi zarur” (Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz. 8-j. -T.: O’zbekiston, 2000. B. 127-128.).
Yuqoridagi fikrlarga xulosa yasab shuni ta‘kidlash joizki, bu bosqich uchta muhim jarayon amalga oshgani bilan ahamiyatli. Birinchi jarayon – 1990 yil 24 martdagi prezidentlikning joriy etilishi, ikkinchisi esa 1991 yil 29 dekabrdagi muqobillik asosida o’tgan saylovlar, uchinchisi – prezidentlik institutini legitimizatsiyasi hamda prezidentlik institutining markazlashuvi – kuchli ijro hokimiyati bilan uyg’unlashgan holatidir.
Ikkinchi bosqich (2001 va undan keyingi yillar). Demokratik huquqiy davlat qurish bo’yicha muayyan tajriba orttirilganidan so’ng, fuqarolarning siyosiy, huquqiy ongi o’sgani sayin kuchli prezidentlik hokimiyatining roli muvozanatlashib, ko’p masalalar parlament va hukumat vakolatiga o’tishi mazkur bosqichning o’ziga xos xususiyatiga aylandi.
Bu davrda milliy davlatchiligimiz va biz uchun yangi bo’lgan erkin bozor iqtisodiyoti shakllanayotgan va qaror topayotgan dastlabki yillarda Prezidentga berilgan huquq va vakolatlarning bir qismini hokimiyagning qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi tuzilmalariga o’tkazish ishlari izchillik bilan olib borildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 4 fevraldagi O’zbekiston Respublikasi VMning qarorlari va farmoyishlarini ishlab chiqish, ko’rib chiqish va imzolash tartibi to’g’risidagi 2118-sonli farmoyishiga asosan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qaror va farmoyish qabul qiladigan eng muhim yo’nalish va masalalarning ro’yxati, asosiy qoidalari majburiy tartibda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishiladigan VM qaror va farmoyishlari ro’yxati, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishib olishga taqdim etiladigan prinsipial parametrlar, muhim balanslar va sohalararo hisob-kitoblar ro’yxati tasdiqlandi. Bu ham Prezidentning ayrim vakolatlari bosqichma-bosqich hukumatga o’tayotganligi, mamlakat hayotida hukumatning roli va ta‘sirini ko’tarish, vakolatlarni aniqlashtirish, hukumatda tashabbuskorlik va mas‘uliyatning yanada oshishiga xizmat qildi.
Ikki palatali parlament shakllanishi bilan Prezident vakolatlarining katta qismi O’zbekiston Respublikasi O.M Senatiga o’tkazildi.
O’tgan asrning 90-yillarida Prezident ko’p vazifalarni, mas‘uliyat va javobgarlikni o’ziga olishga majbur edi.
Odamlarning siyosiy, huquqiy ongi va saviyasi qanchalik yuksalsa, demokratiya yo’lida qancha ko’p ijobiy o’zgarishlarga erishsak, davlat qurilishi va boshqaruvi sohasida erkinlashtirish jarayonlari ham shuncha tezlashadi. Shu asosda Prezident 90-yillardagi murakkab bir sharoitda o’z zimmasiga olishga majbur bo’lgan vakolatlarni tegishli tuzilmalarga berishi uchun imkon tugildi.
2003 yil 25 aprelda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti o’z vakolatlarini, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq, samarali amalga oshirishi uchun zarur sharoit yaratish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, shuningdek, Konstitutsiyaviy vakolat muddati tugab yoki sog’ligi holatiga ko’ra iste‘foga chiqqan O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga zarur sharoitlar va kafolatlar yaratib berish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyatining asosiy kafolatlari to’g’risidagi Qonuni qabul qilindi.
2005 yilda mamlakatimizda ikki palatali parlamentning ish boshlashi, shuningdek, Prezidentning Konstitutsiyaviy vazifalaridan avval VMning Raisi lavozimi, keyinchalik esa ijro hokimiyatining rahbari maqomi chiqarilganidan so’ng, Prezidentning huquqiy hujjatlarida ishlatib kelingan farmon va farmoyish so’zlari qatoriga, Prezident qarori amaliyoti ham qo’shildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, asosan, ijro hokimiyatining tashkiliy tuzilmasini, hukumatlararo xalqaro shartnomalarni, bir qator kadrlarni tasdiqlash, davlat mukofotlarini berish, harbiy xizmatga chaqirish vakolatlarini amalga oshirish uchun qabul qilina boshladi.
2010 yil 12 noyabrda O’zbekiston Respublikasi OM (keyingi o’rinlarda OM) Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlangirish Konsepsiyasini bayon etib, bu bilan davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlanggirish bo’yicha taklif etilgan tashabbuslari orqali prezidentlik institutining rivojlanishida muhim bosqich boshlanishiga zamin yaratdi, siyosiy tizimni modernizatsiya qilish jarayonida mamlakatimizni isloh etish va demokratlapggirishning yangi bosqichini boshlab berdi. Konsepsiyada mamlakatimiz aholisining siyosiy-huquqiy madaniyati va ijtimoiy ong darajasining o’sib borishi, jamiyatni demokratlanggirish va liberallashtirish jarayonlarining jadal rivojlanishi, yurtimizda kuppartiyaviylik tizimining tobora mustahkamlanishi davlat hokimiyatining uchta subyekti, ya‘ni davlat boshligi bo’lgan Prezident, qoggun chiqaruvchi va ijro eguvchi hokimiyatlar o’rtasidagi vakolatlarning yanada mutanosib taqsimlanishini ta‘minlash uchun zarur shart-sharoitlarni yuzaga keltirayotganligi ta‘kidlandi (Karimov I.A. Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy mezonidir. 19-j. T.: O’zbekiston, 2011. B. 45-46.).
Mazkur Konsepsiyadan kelib chiqib, 2011 yil 19 aprelda matbuotda e‘lon qilingan O’zbekiston Respublikasining O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida (78, 80, 93, 96 va 98-moddalariga)gi Qonuni bilan Konstitutsiyaning O’zbekiston Respublikasi Prezidenti vakolatlariga bag’ishlangan 93-moddasi 8, 15-bandlari, 98-moddasiga o’zgartish va qo’shimchalar kiritildi, ya‘ni ijro etuvchi hokimiyat devonini tuzadi va unga rahbarlik qiladi degan so’zlar chiqarildi, O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri vakolatiga viloyatlar hokimlarini hamda Toshkent shahar hokimini qonunga muvofiq tayinlash hamda lavozimidan ozod etish uchun Prezidentga taqdim etish huquqi berildi, Prezident vakolatlaridan VM vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish huquqi chiqarildi, Konstitutsiyaning 96-moddasi yangi tahrirda ifodalanib, unga ko’ra, mamlakatning amaldagi Prezidenti o’z vazifalarini bajara olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha O’zbekiston Respublikasi OM Senati Raisining zimmasiga yuklatilishi belgilandi. Konstitutsiyaning 98-moddasiga kiritilgan qo’shimchalarga binoan, Bosh vazir nomzodini taklif etishni yanada demokratik Konstitutsiyaviy tartibi joriy etildi. Ya‘ni, O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O’zbekiston Respublikasi OMning Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko’p deputatlik o’rinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi eng ko’p deputatlik o’rinlarini qo’lga kiritgan bir necha siyosiy partiyalar tomonidan taklif etiladi.


  1. Yüklə 1,66 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin