21 bilet O’zbekiston Respublikasi davlat ramzlarining qabul qilinishi


Borliq tushunchasi to’g’risida nimalarni bilasiz?



Yüklə 1,66 Mb.
səhifə40/47
tarix20.09.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#145633
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   47
21 bilet

Borliq tushunchasi to’g’risida nimalarni bilasiz? (Tayanch tushunchalar: Makon, virtual borliq, ijtimoiy borliq, inson borlig’i, borliq shakllari «borliq» kategoriyasi, «vujudi vojib», «vujudi mumkin», borliq va yo’qlik, olam va odam evolyusiyasi, olamning paydo bo’lishi, substansiya, intellektual intuitsiya, deduksiya, monizm, plyuralizm, dualizm, olamning chekliligi va cheksizligi, harakat, rivojlanish, o’zgarish, o’zgaruvchanlik, harakat va harakatsizlik, taraqqiyot, o’z-o’zidan harakat, barqarorlik, muvozanat, mexanik harakat.)

Borliq tushunchasi va uning mohiyati. Biz dunyo, materiya tuzilishi, makon,vaqt, harakat, hayot, ong va shu kabilar haqida tasavvur hosil qilish uchun asosan fizika, astronomiya va biologiya kabi tabiatshunoslik fanlariga murojaat etamiz. Lekin bu falsafada borliq muammolari o’rganilmaydi, degan ma’noni anglatmaydi.O’quv kurslarida asosiy falsafiy muammolarni o’rganish odatda ontologiyadan boshlanadi. Ontologiya falsafiy bilimlarning alohida sohasi bo’lib, unda borliq va yo’qlik, mavjudlik va nomavjudlik muammolariga doir masalalarning keng doirasi o’rganiladi, shuningdek, mavjudlik sifatiga ega bo’lgan barcha narsalarning mohiyati aniqlanadi. «Ontologiya» atamasi falsafada faqat XVII asrdan beri ishlatiladi, lekin u yunoncha o’zaklarga ega bo’lib («ontos» –«borliq», «logos» – «so’z», «ta’limot»), borliq haqidagi ta’limot degan ma’noni anglatadi.Ontologiya falsafada alohida o’rin egallaydi. Ikki yarim ming yillik faol falsafiy izlanishlar natijasida falsafiy bilim tizimida ontologiyadan tashqari falsafaning muhim falsafiy mazmun kasb etadigan gnoseologiya, aksiologiya, ijtimoiy falsafa, axloq, estetika, mantiq kabi tarkibiy qismlari paydo bo’ldi. Lekin ularning barchasi zamirida ontologiya yotadi. O’z navbatida, ontologiya har qanday falsafiy dunyoqarashning negizi hisoblanadi va shu tariqa o’z tarkibiga kirmaydigan boshqa falsafiy muammolar talqinini ko’p jihatdan belgilaydi.


«Borliq» kategoriyasi. Aksariyat falsafiy tizimlarning kategoriyalar apparatini tashkil etadigan ko’p sonli falsafiy kategoriyalar orasida «borliq» kategoriyasi doimo markaziy o’rinni egallaydi. CHunki u har qanday predmet, hodisa, voqea va shu kabilarning eng muhim xususiyatini, ularning mavjud bo’lish, bevosita yoki bilvosita namoyon bo’lish, o’zaro ta’sirga kirishish qobiliyatini aks ettiradi. Bu inson o’zligini va o’zini qurshagan borliqni anglashga ilk urinishlaridayoq duch keladigan har qanday ob’ektning, borliq har qanday qismining umumiy xossasidir.
Inson aqlli jonzot sifatida shakllanish jarayonining ilk bosqichlaridayoq o’z dunyoqarashining negizini tashkil etadigan muhim savollarga javob topish zaruriyati bilan to’qnash keladi:
1. «Men kimman?»
2. «Meni qurshagan borliqning mohiyati nimada?»
3. «Borliq qanday va qaerdan paydo bo’lgan?»
4. «Dunyoni nima yoki kim harakatlantiradi?»
5. «Dunyoning rivojlanishida biron-bir maqsad, maqsadga muvofiqlik, mo’ljal bormi?»
Inson bunday savollarga javob berishga kirishar ekan, uning ongi, avvalo, o’zi nima bilan bevosita ish ko’rayotganini qayd etadi. Buni aniq anglamasdan, u o’zining dunyo haqidagi mulohazalarini aniq-ravshan narsalarni qayd etishdan boshlaydi. SHu tariqa inson va uning ongi o’zini qurshagan barcha narsalar, avvalo, mavjud bo’lish qobiliyatiga ega ekanligiga ishonch hosil qiladi.
Borliq kategoriyasi esa xuddi shunday eng umumiy tomonni; ya’ni hamma moddiy va ma’naviy predmet va hodisalarni realligini ifodalaydi. Ikkinchi yo’nalish vakillari esa, borliq avvalo, mavjudlik orkali ifodalanar ekan borliq kategoriyasini ishlatishda ehtiyoj yo’q, chunki borliq tushunchasi mavjudlik tushunchasiga nisbatan hech bir yangilik bermaydi deyishadi. Gap shundaki, borliq falsafiy kategoriya sifatida faqat mavjudliknigina ifodalab qolmasdan, balki mavjudlikka nisbatan umumiyrok va kengroq mazmunga ega bo’lgan reallikni bildiradi.

SHunday qilib, borliq masalasi insonning dunyoni oqilona anglash yo’lidagi ilk urinishlaridayoq duch kelgan barcha masalalarning negizi hisoblanadi. Muayyan narsalar mavjudligi yoki mavjud emasligi masalasi inson falsafiy mulohaza yurita boshlagani zahotiyoq uning diqqat markazidan o’rin oldi. Mifo logiyaning bosh vazifasi – «borliqni kim yaratgani» haqida gapirib berishni falsafa «borliqning nimaligi, u qaerdan paydo bo’lgani va qaerga yo’qolishi»ni oqilona tushuntirish bilan almashtirgani tasodifiy emas. Bunday tushuntirishga urinish jarayonida faylasuflar barcha zamonlarda quyidagi savollarga javob topish zaruriyati bilan to’qnash kelganlar:


• falsafiy kategoriya sifatidagi «borliq» nima?
• bu atama nimaga nisbatan tatbiq etilishi mumkin?
• unga qanday falsafiy ma’no yuklanadi?
Bu savollarga keng javob berish falsafa tarixiga ham, mazkur tushunchaning etimologiyasiga ham murojaat etishni nazarda tutadi. Mazkur dastur bo’yicha ta’lim oluvchilar tarixiy-falsafiy kurs bilan tanish bo’lishlari lozimligini hisobga olib, bu erda faqat falsafiy tafakkur tarixiga qisqacha to’xtalamiz va mazkur muammoni anglab etish jarayonidagi muhim bosqichlarinigina qayd etamiz.
Borliq tushunchaning etimologiyasi. «Borliq» falsafiy kategoriyasi na faqat eng muhim, balki boshqa kategoriyalar orasida ayniqsa, ko’p ishlatiladigan kategoriya hisoblanadi. Bu holni shu bilan izohlash mumkinki, uning kelib chiqishi dunyoning ayniqsa, keng tarqalgan tillarida ayni bir ma’no – «bo’lish»,«mavjud bo’lish», «hozirlik», «hozir bo’lish», «mavjudlik» ma’nolarini anglatadi. Jahonning aksariyat tillarida yuqorida sanab o’tilgan va ma’no jihatidan unga yaqin fe’llar negizini tashkil etadigan«bo’lmoq» fe’li, o’zining bevosita ma’nosidan tashqari, yordamchi fe’l sifatida ham faol ishlatiladi. Bu dalilga izohni inson tafakkuri tabiatidan izlash lozim bo’lib, uning mantig’i va qonunlari fikrni bayon etishning til shakliga bog’liq bo’lmaydi, lekin, albatta, fikrlash mumkin bo’lgan, universal va o’zgarmas sifatida amal qiladigan va shu sababli har qanday mulohazaning tayanch nuqtasi bo’lib xizmat qilishi mumkin bo’lgan nimagadir tayanishi lozim. Fikr qaratilgan narsa mavjudligi (yoki mavjud emasligi)ning ayni shu dalili har qanday tilning ilk jumlalaridayoq tom ma’noda universal fe’l (yoki uning modifikatsiyalari) bilan aks ettiriladi: o’zbek tilida – «bo’lmoq», «bor», ingliz tilida – «is», nemis tilida – «ist»va hokazo.
SHunday qilib, «borliq» va «yo’qlik» kategoriyalarining o’ziga xosligi, betakrorligi va universal ahamiyati shundan iboratki, ularning falsafiy ma’nosi tavsiflanadigan turli tillarda ular fe’ldan, aniqroq aytgan da, «bo’lmoq» fe’lidan (yoki uning inkoridan) hosil bo’lgan tushunchalar hisob lanadi va narsaning o’zini emas, balki uning mavjudligi yoki yo’qligini ko’r satadi. Masalan, stol bor, yomg’ir yo’q, oqlik bor, aks yo’q, miya bor, g’oyalar yo’q va hokazo.Borliq tabiiy tillarda otlar, ravishlar yoki ravishdoshlar bilan ifodalanadigan, ya’ni bilishda uning ob’ekti yoki sub’ekti sifatida amal qiladigan tushunchalar bilan tenglashtirilishi mumkin emas. Ayni zamonda bu ob’ektlaryoki sub’ektlarning birortasi ham uning borligi yoki yo’qligini qayd etmasdan fikrlanishi mumkin emas.
Borliq va yo’qlik dialektikasi. «Borliq bor, yo’qlik esa – yo’q», deganida, Parmenid ayni shu holga e’tiborni qaratgan. Binobarin, yaxshi, yomon, to’g’ri,noto’g’ri, quvnoq, sho’r, oq, qora, katta, kichkina kabi va shunga o’xshash sifatlar borliqqa nisbatan qo’llanilishi mumkin emas. Borliqni biron-bir koordinatalar tizimiga joylashtirib bo’lmaydi, uni faqat vaqtda fikrlash mumkin. Muxtasar qilib aytganda, borliqni har qanday voqelik ega bo’ladigan umumiy, universal va betakror mavjudlik qobiliyati, deb tavsiflash mumkin. Bu fikr esa amalda mavjud narsagina borliqqa ega bo’lishi mumkin, degan xulosa chiqarish imkonini beradi.
«Yo’qlik» har qanday tilda amalda mavjud bo’lmagan narsa bilan tenglashtiriladi va boshqacha tushunilishi mumkin ham emas. Boshqacha aytganda, yo’qlik borliqni inkor etadi va narsa, jism, hodisa, ong... (ya’ni amalda mavjud bo’lishimumkin bo’lgan narsalar) o’zligini yo’qotgan holda «yo’qlik» atamasi ayni shuma’noda ishlatiladi va ular haqida ular «yo’qlikka chekindi», mavjud emas deyiladi. Lekin, sof falsafiy ma’noda bu fikrni to’g’ri deb bo’lmaydi. Borliq va yo’qlik o’rtasida dialektik o’zaro aloqa mavjud.
Birinchidan, dunyo haqidagi hozirgi tasavvurlarga ko’ra, biz yashayotgan Olam bo’shliqdan bino bo’lgan. Bo’shliq materiyaning alohida holati. Bo’shliq fizik borliqning eng boy tipi, o’ziga xos potensial borliq sifatida namoyon bo’ladi, zero unda mumkin bo’lgan barcha zarralar va holatlar mavjud, biroq ayni vaqtda unda aktual tarzda hech narsa yo’q. Yana shuni ham e’tiborga olish lozimki, fiziklar (D.A.Landau va boshqalar) nuqtai nazaridan biz yashayotgan Olam ham dunyoda yagona emas, chunki u rivojlanishning turli sikllarini boshidan kechirayotgan turli Olamlarning cheksiz sonidan tashkil topadi. SHu ma’noda borliq va yo’qlikning o’zaro aloqasi ham nisbiy xususiyat kasb etadi11.
Ikkinchidan, amalda mavjud bo’lgan narsaning ob’ektiv borlig’i yo’qlikka chekinadi, lekin, shunga qaramay u haqda gapirilayotgan, ya’ni u muayyan narsa sifatida fikrlanayotgan bo’lsa, bu narsa ongda mavjud bo’ladi va o’zining «ikkinchi»borlig’ini saqlaydi, ayni holda u dastlabki ob’ektning nusxasi, ideal obrazi bo’lib qoladi. SHunday qilib, o’tgan zamondagi borliq yo’qlikdir, deb aytish mumkin. Borliq doim hozirgi zamonda mavjud bo’ladi, u faqat hozirgi zamonda o’zini namoyon etadi, basharti u dolzarb vaamalda namoyon bo’lish imkoniyatiga ega bo’lsa, agar upotensial, ya’ni axborot manbalarida mavjud yoki uning paydo bo’lishi ob’ektivrivojlanish mantig’i bilan belgilangan bo’lsa. Amalda yo’q bo’lgan narsa haqidaideal obraz sifatida fikrlash mumkin. Boshqacha aytganda, unga ideal obraz tarzidagi ideal borliq shakl-shamoyilini berish mumkin. O’tmishga tatbiqan biz borliq haqida faqat shu ma’noda so’z yuritishimiz mumkin.Ayni shu ma’noda biz g’oyalar, narsalar, voqealar, tarixiy shaxslar yoki o’zimizga yaqin odamlar to’g’risida so’z yuritamiz, bunda ular yo’qlikka aylanmagani, balki yangicha mavjudlik, xotira tarzidagi o’zgacha borliq kasb etganini nazarda tutamiz.
SHunday qilib, borliq falsafiy kategoriya sifatida dunyoni butun rang-barangligi va turli-tuman namoyon bo’lish shakllari bilan yaxlit aks ettirish imkonini beradi. Bunda narsalar, predmetlar, hodisalar o’z xususiyatlari, xossalari bilan jamuljam holda aks etadi. Dunyoni va uning tarkibiy qismi bo’lmish insonni bilish yo’lidagi bu muhim qadam bilan dunyoning tabiati va mohiyati, uning rang-barangligi, turli darajalari, ko’rsatkichlari, ramz-alomatlari, shakllari va hokazolar haqidagi mulohazalarning asosiy koordinatalar tizimi belgilanadi. Buning uchun mohiyat, hodisa, substansiya, materiya, ong, makon, vaqt, qonun kabi yangi falsafiy kategoriyalar muomalaga kiritiladi. Inson o’zi va umuman dunyo haqida o’ylar ekan, odatda, muayyan narsalar va ayrim tabiiy hodisalar bilan ish ko’radi. Ayni vaqtda, u o’zini qurshagan dunyoni sinchiklab o’rganish va uning butun rang-barangligini tushunib etish uchun muayyan tayanch nuqtasi bo’lib xizmat qiladigan qandaydir asosning shak-shubhasizmavjudligini qayd etadi. Falsafa tarixidan biz bunday asos sifatida, masalan, Suqrotdan oldingi qadimgi yunon faylasuflarida tabiat elementlari, o’rta asrlar falsafasida Xudo, Dekartda: «Men fikrlayapman, demak mavjudman», degan ongli inson amal qilganini ko’ramiz. Ammo inson bilishning bu birinchi bosqichida to’xtab qolmagan va o’zini qurshagan borliqning ko’p sonli turli-tuman holatlari orasida qolgan barcha narsalardan sezilarli darajada farq qiladigan narsalarni, borliqning ayni shu shakli voqelikning boshqa shakllari va holatlaridan nima bilan farq qilishini aniqlashga harakat qilgan.
2. Falsafa tarixida borliq muammosi. Borliq muammosini falsafiy Borliq muammosini falsafiy anglab etishga ilk urinishlar miloddan avvalgi birinchi ming yillikda vujudga kelgan qadimgi hind va qadimgi xitoy falsafalaridayoq kuzatiladi. Xususan,«Veda»lar (Qadimgi hind tafakkurining ilk yodgorliklari) va ularga diniy-falsafiy sharhlar – «Upanishada»larda yaxlit ma’naviy substansiya, o’lmas jon haqidagi g’oyalar, shuningdek, dunyo haqidagi materialistik va ateistik tasavvurlar o’z aksini topgan. So’nggi zikr etilgan tasavvurlarga muvofiq butun borliqning negizini tabiiy asoslar – olov, havo, suv, yorug’lik, makon, vaqt tashkil etadi. Qadimgi Hindiston mutafakkirlari borliq sirining tagiga etishga harakat qilar ekanlar, quyosh tunda qaerga ketadi, yulduzlar kunduzi qayoqqa yo’qoladi kabi savollarga javob topishga uringanlar va bu tasavvurlarni eng qadimgi kitob – «Rigveda»larda aks ettirganlar.
Qadimgi Xitoy falsafasi, avvalo, ijtimoiy muammolarga qarab mo’ljal olgani bois, unda inson borlig’iga, shuningdek, ijtimoiy borliqqa ko’proq e’tibor berilgan. Ayni vaqtda, tabiatning birinchi asoslari ham e’tibordan chetda qolmagan. Bu qiziqish, xususan narsalar va hodisalarning butun rang-barangligini belgilovchi besh stixiya (suv, er, daraxt, temir, olov) haqidagi ta’limotda o’z aksini topgan. Keyinroq «O’zgarishlar kitobi»da borliqning butun rang-barangligini tashkil etuvchi bunday birinchi asoslarning sakkiztasi qay etiladi.
Xudolarning kelib chiqishi, ularning hayoti, ishlari, o’zaro kurashi haqida hikoya qiladigan va shu tariqa qadimgi odamlarning dunyoning vujudga kelishi va evolyusiyasi haqidagi tasavvurlarini aks ettirgan kosmogonik miflar Suqrotga qadar, avvalo, tabiat falsafasi sifatida yuzaga kelgan va rivojlangan yunonfalsafasining birinchi manbai bo’lib xizmat qildi. Ilk yunon faylasuflari o’z asarlarini odatda «Tabiat haqida» deb nomlaganlari, ularning o’zlari esa naturalistlar, «fiziklar» deb atalishi bu fikrni tasdiqlaydi. SHarq donishmandlari kabi, antik mutafakkirlarni ham borliqning manbalari qiziqtirgan. Qadimgi yunon falsafasi vujudga kelgan paytdan boshlab ular butun borliqning birinchi sababini mavjud voqelikning o’zidan izlaganlar, uni dam suv (Fales) yoki havo (Anaksimen) deb, dam hamma narsani boshqaradigan boqiy va cheksiz asos – «apeyron» (Anaksimandr taxminan miloddan avvalgi 611–545-yillar)deb tavsiflaganlar. Anaksimandr hatto jonli mavjudotlarning tabiiy kelib chiqishi g’oyasini ilgari surgan. Uning fikricha, mazkur mavjudotlar dengiz suvida vujudga kelgan va suv o’tlaridan paydo bo’lgan. So’ngra baliqsimon mavjudotlar quruqlikka chiqqan va ulardan odamlar rivojlangan. SHunga o’xshash fikrlarni Ksenofan (mil. av. 580–490-yillar) ham ilgari suradi. U hamma narsa er va suvdan vujudga keladi va rivojlanadi, hatto «biz ham er va suvdan paydo bo’lganmiz», deb hisoblaydi. O’sha davrning bosh falsafiy masalasi – «hamma narsa nima», degan savolga javob berar ekan, Pifagor (mil. av. 580–500-yillar) «hamma narsa sondir»,degan xulosaga keladi. U Erning sharsimonligi haqidagi g’oyani birinchi bo’lib ilgari suradi. Keyinchalik bu g’oyani Parmenid (mil. av. 540-480-yillar) qo’llab-quvvatladi va unga yozma ta’rif beradi. Parmenid faylasuflar orasida birinchi bo’lib borliqni kategoriya sifatida tavsifladi va uni maxsus falsafiy tahlil predmetiga aylantirdi. U haqiqiy borliq mohiyatining o’zgarmasligi haqidagi g’oyani ilgari suradi. Parmenid fikricha, borliq paydo bo’lmagan va u yo’q ham bo’lmaydi, chunki undan boshqa hech narsa yo’q va bo’lishi mumkin ham emas. Borliq yagona (uzluksiz), harakatsiz va barkamoldir. U o’z chegaralariga ega bo’lib, «ulkan mutlaqo yumaloq sharga» o’xshaydi.Parmenidning yagona, ajralmas, o’zgarmas va harakatsiz borliq haqidagi ta’limoti ellinlar dunyosida shuhrat qozondi va eleatlar maktabi vakili bo’lgan (samoslik) Melit «Tabiat yoki borliq haqida» deb nomlangan asarida borliq chegarasiz ekanligini qayd etadi. Uning fikricha, agar borliqning chegarasi borligini tan olsak, bu borliq yo’qlik bilan chegaradosh ekanligini anglatadi.Biroq, hamonki yo’qlik mavjud emas ekan, borliq ham chegarali bo’lishi mumkin emas.SHunday qilib, qadimgi yunon falsafasining Suqrotga qadar bo’lgan davrida ontologiya sezilarli darajada rivojlanadi: o’sha davr atoqli faylasuflarining deyarli barchasi borliq muammosini bevosita yoki bilvosita o’rganadi, uni, odatda, boqiy va barkamol kosmos, «yagona tabiat», ya’ni moddiy-hissiy dunyo bilan tenglashtiradi. Masalan, Empedokl (mil. av. 484–421-yillar) «borliq» atamasini bevosita ishlatmagan bo’lsa ham, «barcha narsalarning to’rt negizi» (olov,havo, suv va er) haqida so’z yuritar ekan, dunyo (kosmos) tuxumsimon ko’rinishga ega deb hisoblagan, hayot nam va issiq suv o’tlaridan kelib chiqqani haqida mulohaza yuritgan. Demokrit va Levkipp atomlarni muayyan modda sifatida tavsiflab,ularni «bo’shliq» – yo’qlikka zid o’laroq, «to’la» yoki «qattiq» borliq bilan tenglashtirgan. SHu davrda borliqni tushunishga nisbatan dialektik yondashuv ilk bor namoyon bo’ladi. U, butun dunyo muttasil harakat va o’zgarish jarayonini boshdan kechiradi, deb hisoblagan va shu munosabat bilan «ayni bir narsa mavjud va nomavjuddir» deb qayd etgan Geraklit (mil. av. 544–483-yillar) ta’limotida, ayniqsa, bo’rtib ko’rinadi.Borliq tushunchasini Platon (mil. av. 427–347-yillar) sezilarli darajada kengaytirdi. U nafaqat moddiy, balki ideal narsalar ham borliqqa ega ekanligini falsafa tarixida birinchi bo’lib ko’rsatib berdi. Platon «haqiqiy borliq»bo’lishi «ob’ektiv mavjud g’oyalar dunyosi»ni «hissiy borliq»qa qarama-qarshi qo’ydi. Bunda u inson ongida mustaqil mavjud bo’lgan tushunchalar borlig’ini ham ko’rsatib o’tdi va shu tariqa ilk bor «borliq» tushunchasiga amalda mavjud bo’lgan barcha narsalarni kiritdi.
Markaziy Osiyoning eng qadimiy kitobi «Avesto»da, borliq harakatdagi dunyo, butun jonli va jonsiz narsalarning uyg’unligidagi mavjudlik, deb ifodalanadi.Keyinchalik falsafa tarixida borliqning ko’p sonli har xil talqinlari shakllandi, lekin ularning barchasi borliq haqidagi hissiy va oqilona tasavvurlar atrofiga u yoki bu tarzda tiziladi. Bunda fikrlar va yondashuvlar rang-barangligi namoyon bo’ladi. Xususan, o’rta asrlar Evropa falsafasida, «haqiqiy borliq – «Xudoning borlig’i» va «haqiqiy bo’lmagan», ya’ni Xudoyaratgan borliq farqlanadi. SHarqning buyuk mutafakkiri Forobiy borliq muammosini hal qilishda, «vujudi vojib» va «vujudi mumkin»ning o’zaro nisbatiga murojaat qiladi.
Uning fikricha, «vujudi vojib» barcha mavjud yoki paydo bo’lishi mumkin bo’lgan narsalarning birinchi sababi. Birinchi sabab sifatida u o’zga turtkiga muhtoj emas. U mutlaq borliq va donishmandlik ifodasi. «Vujudi mumkin» esa doimo o’zgarishda, ziddiyatli munosabatlarda bo’lib, unda barcha narsalar oddiydan murakkabga, tartibsizlikdan tartiblilikka qarab harakat qiladi. «vujudi vojib» yaratgan eng buyuk voqelikdan biri inson aqlidir. U «Fuqarolik siyosati» asarida borliqni olti darajaga bo’ladi:

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin