21 bilet O’zbekiston Respublikasi davlat ramzlarining qabul qilinishi



Yüklə 1,66 Mb.
səhifə29/47
tarix20.09.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#145633
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   47
21 bilet

Islomda fan va ta’lim (Tayanch atamalar: Islom dini, Islomda mazxablar, Xorijiylik, Sunniylik, Qur’oni Ka’rim, xadis, Imon, aqida, mazhab, oqim, firqa, hanafiylik, shofeiylik, molikiylik, hanbaliylik, fiqh, fatvo, mujtahid, sunniylik,tariqat)


Islomda mazhablarning paydo bo’lishi, ilk ixtiloflar. Muhammad (s.a.v.) vafotlaridan so’ng musulmonlar jamoasi orasida ilk bo’linishlar yuzaga kela boshladi. CHunki musulmon jamoasiga endi kim boshchilik qiladi, degan masalada barchaning fikri bir xil emasdi. Bunga sabab Rasululloh tomonlaridan jamoaga keyingi rahbar kim bo’lishi ochiq-oydin aytilmaganida edi. Ammo Payg’ambarga «xalifa» (o’rinbosar) bo’lishga sahobiy Abu Bakr Siddiq uchun alohida «ishora» berilgani manbalarda qayd etilgan. Jumladan, Payg’ambar alayhis-salom vafotlari arafasida faqat Abu Bakr Siddiqning orqasida turib namoz o’qiganlari, o’zlari betob bo’lganlarida aynan Abu Bakrni musulmonlarga imom qilib tayinlaganlari mazkur «ishora» sifatida qabul qilingan edi.
Xalifa Abu Bakr (632-634) va Umar ibn Xattob (634-644) rahbarligi davrida ixtiloflarga birmuncha barham berildi.
644 yilda xalifa Umar (r.a.) suiqasd natijasida halok bo’ladilar. SHundan so’ng, Usmon ibn Affon (r.a.) uchinchi xalifa etib saylanadilar. Usmon (r.a.) davrlarida xalifalikning turli yerlarida yangi musulmonlar orasida fitnalar qo’zg’ala boshlaydi. Fitnachilar hazrati Usmonni yuqori lavozimlarga o’z qarindoshlarini qo’yganda ayblab bosh ko’tarishadi.
656 yili Basra, Kufa va Misrlik bir necha ming fitnachilar Madina atrofini o’rab olib bir qator talablarni qo’yadilar. Xalifa Usmon (r.a.) ularning barcha talablarini qondiradilar. SHunga qaramay, qo’zg’olonchilar “Usmon bizni o’ldirmoqchi bo’ldi”, deb yolg’on xabar tarqatadilar va halifaning uyiga bostirib kirib uni qatl etadilar. Aynan Usmon ibn Affonning (r.a.) o’ldirilishi keyingi bo’linishlar, ixtiloflar va fitnalarning boshlanishi bo’ldi.
Musulmon davlatining to’rtinchi rahbari etib Rasululloh (s.a.v.)ning jiyanlari va kuyovlari bo’lgan Ali ibn Abu Tolib (r.a.) saylandilar. O’sha davrdagi qoidaga binoan xalifa Madinada saylanar, keyin esa boshqa hududlarning barchasi o’sha xalifaga bay’at berishi lozim edi. Xalifa Aliga Misr va SHom (Suriya) voliylari (hokimlari)dan tashqari barcha hudud ahli bay’at qiladi. Misr voliysi Amr ibn Oss (r.a.) va SHom amiri Muoviya ibn Abu Sufyon (r.a.)lar qarindoshlari Usmon ibn Affonning o’ldirilishidan qattiq qayg’uga tushdilar va uning qotillaridan qasos olinmaguncha yangi xalifaga bay’at qilmaslikka qaror qiladilar.
Xalifa Ali (r.a.) esa davlat ichidagi nozik ijtimoiy-siyosiy vaziyatni inobatga olgan holda fitnachilarga nisbatan chora ko’rishni kechiktiradilar. SHu payt, Makkada Oisha (r.a.), Zubayr ibn Avvom (r.a.), Talxa ibn Ubaydulloh (r.a.)lar boshchiligida bir qator sahobalar qo’shin to’plab Usmon (r.a.)ning qotillaridan o’zlari qasos olishga qaror qilib, xalifa ruxsatisiz Basra va Kufaga yo’l oladilar. Bundan xabar topgan Xalifa Ali ularni bu ishdan qaytarish uchun yo’lga chiqadilar va Kufa shahri yaqinida ularga yetib olib muzokaralar o’tkazadilar. Natijada, ikki tomon kelishuvga erishib makkaliklar ortga qaytishga va bundan buyon xalifaning izmidan chiqmaslikka kelishadilar. Biroq, o’sha tuni bir guruh odamlar ikki tomonga ham hujum qilib hazrat Ali va makkaliklar qo’shinini urishtirib qo’yadi. Mazkur voqea tarix kitoblarida “Jamal voqeasi”, yoki “Jamal jangi” deb ataladi.
657 yilda Xalifa Ali va bay’at qilishni istamagan SHom (Suriya) hokimi Muoviya o’rtasida «Siffin» deb ataluvchi joyda jang bo’lib o’tadi. Bu voqea, islomdagi ilk bo’linishlarning boshlanishiga sabab bo’ldi. Musulmonlarning qoni to’kilishini istamagan ikkala taraf sulh tuzishga va xalifalik saylovini qaytadan o’tkazishga kelishib oldilar.
Xorijiylik. Hazrat Alining yon berganidan norozi bo’lgan uning 12 ming askari bo’ysunishdan bosh tortib, Harura nomli qishloqqa ketdilar. Bu guruh keyinchalik «Xorijiylar» (yoki al-xavorij, xorijiya) deb ataldi. Ba’zi manbalarda ularning nomi ilk to’plangan joylariga nisbat berilib, «Haruriya» deb ham ataladi.
Xavorijlar o’zlariga Abdulloh ibn Vahb Rosibiyni amir etib saylab, Ali va Mu’oviyani yo’q qilish payiga tushdilar. Xalifa Alini 660 yilda xorijiy Abdurrahmon ibn Muljam o’ldirgach, xavorijlar ikki firqaga bo’linib, biri Iroqda qoldi, ikkinchisi Arabiston yarim oroliga ketdi. Umaviylar davrida xavorijlarga qarshi keskin kurash olib borildi. CHunki ular Umaviylar davlatiga katta xavf solardilar. Bu davrda xavorijlar kuchayib, Kirmon, Fors, Yamoma, Hadramavt, Toif va Yaman kabi shahar va o’lkalarni egalladilar.
Hokimiyat Umaviylardan Abbosiylar sulolasi (749-1258) qo’liga o’tganidan keyin ham bu toifa bir muddat o’z kuchini yo’qotmadi. Biroq Abbosiylar uzoq vaqt ularga qarshi uzluksiz olib borgan kurashlaridan so’nggina xavorijlar inqirozga yuz tutdi.

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin