21. Yadroning tuzilishi. Yadro zaryadi va atom tartib raqami


Radioaktivlik hodisasi va uning umumiy tavsifi. Radioaktiv oilalar haqida



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə9/10
tarix22.06.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#133999
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Yadro javoblari

38.Radioaktivlik hodisasi va uning umumiy tavsifi. Radioaktiv oilalar haqida. Radioaktivlik vaqtida yadro bir holatidan ikkinchi holatiga o‘tadi, bu bilan yadro o‘z tarbida bo‘lgan va radioaktivlik vaqtida vujudga keluvchi zarralar (M: alfa, proton, beta,...) yengil yadrolar hamda fotonlarni chiqarishi mumkin. Buning natijasida yemirilayotgan yadrolarning tarkibi yoki ichki energiyasi o‘zgaradi. Vaqt birligida yemirilayotgan (dN) radioaktiv yadrolarning soni shu radioaktiv yadrolarning umumiy soni N ga proporsional. Masalan, dt vaqt oralig‘ida dN ga kamayayotgan bo‘lsa, -dN=Ndt bo‘ladi. Bu yerda  - radioaktiv yemirilish doimiysi, o‘lchami [c-1], vaqt birligida yemirilishlar soni, nisbiy kamayish tezligini ifodalaydi. Manfiy ishora vaqt o‘tishi bilan radioaktiv yadrolar soning kamayishini ko‘rsatadi.(1) tenglamani yechish uchun quyidagicha yozamiz:
integrallasak t=t0 bo‘lganda N=N0; lnN=lnC=lnN0 N=N0=C
N=N0e-t (2) formula radioaktiv yemirilish qonuni deyiladi.
Yarim yemirilish davri shunday vaqtki, bu davr ichida dastlabki radioaktivlik yadro soni ikki marta kamayadi.
U holda (2) ifodani yozaolamiz:



39.Yadro kuchlarining spinga bog'liqligi. Yadroviy kuchlarning xususiyatlari.
Hozirgi vaqtda tajriba natijalariga ko‘ra, yadro kuchlarining quyidagi xususiyatlari aniqlangan:1) Yadroviy o‘zaro ta’sir kuchi eng kuchli ta’sir etuvchi kuchdir. Yadrodagi bir nuklonga to‘g‘ri keluvchi o‘rtacha bog’lanish energiyaqiymati 8 MeV. Taqqoslash uchun vodorod atomida elektronning bog’lanish energiyasi 13,6 eV. Yadroni hosil qilib turgan yadro kuchlari nuklonni 8 MeVenergiya bilan, elektrostatik kuchlar esa atom elektronni 13,6 eVenergiya bilan bog’lab turadi. Yadro kuchlari elektrostatik kuchlarga nisbatan yuz marotaba katta ekanligi kelib chiqadi.Yadroviy kuchlarga nisbatan boshqa kuchlarning qiyosiy kattaligi quyidagichadir: Yadroviy kuchlar - 1 Elektromagnit kuchlar - 1 Kuchsiz kuchlar - 1 Gravitatsion kuchlar - 1 marta katta. 2) Yadroviy kuch qisqa radiusli o‘zaro ta’sirdan iborat. Ta’sir radiusining tartibi ~ 1013 sm. Bu xususiyati alfa-zarralaming sochilishidan va deytron xususiyatlaridan ko‘rinadi. 3) Yadroviy o‘zaro ta’sir kuchi o‘zaro ta’sirlashuvchi nuklonlaming spin yo ‘nalishiga bog’liq. Bu xususiyati nuklonlaming para va ortovodorod molekulalaridan sochilishdan hamda nuklonlar sochilishida virtual va bog’langan holatlar mavjudligidan ko‘rinadi. 4) Yadroviy o‘zaro ta’sir kuchi markaziy emas, tenzor xususiyatga ega. Bu xususiyati deytronning kvadrupol momentga ega ekanligidan ko‘rinadi. 5) Yadroviy kuchlar almashinuv xarakteriga ega. Bu xususiyati n-p ta ’s irlash uvda ko‘rindi. Nuklonlar ta’sirlashuvida o ‘zaro spin proyeksiyalarini, zaryadi hamda koordinatalari almashinadi. 6) Yadroviy kuchlar zaryadga bog‘ liq emas. Bu xususiyati ko‘zguli yadrolarning xususiyati hamda (p-p ), (p-n), ( n-n) sochilish natijalarining bir xil bo’lishligidan ko‘rinadi.7)Ta’sirlashuvchi nuklonlar orasidagi masofa 10“13 sm ga yaqin bo’lganda yadroviy o‘zaro ta’sir kuchi tortishish xarakteriga ega, undan kichik masofalarda u itarish kuchiga aylanadi. 8) Yadroviy o‘zaro ta’sir kuchi to‘yinish xarakteriga ega. Bu xususiyati yadroning o‘rtacha solishtirma bog’lanish energiyasi 8 MeVo‘zgarmas, yadro radiusiga bog’liq emas. 9) Yadroviy o‘zaro ta’sir kuchi ta’sirlashuvchi nuklonlaming tezligiga bog’liq. Bu xususiyati yaxshi o‘rganilmagan.


Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin