31.Yadroviy reaksiyalarning mexanizmlari. Bevosita o'zaro ta'sir reaksiyalari. Yadroviy reaksiyalarning quyidagi mexanizmlari mavjud:
Bor kompaund yadro mexanizmi. 1936-yili Nils Bor taklif qilgan yadro mexanizmiga ko‘ra, yadro reaksiyasi ikki bosqichdan iborat. Birinchi bosqich nishon yadro bilan zarraning birikma (kompaund) holat tashkil etishidan iborat, ya’ni a+AC*.
Birikma holat C* har doim kuchli o‘yg‘ongan bo‘ladi, ikkinchi boskich esa birikma holatning u yoki bu zarraga parchalanishidan iborat, ya’ni C*B+b. Demak, bu mexanizmga asosan reaksiya quyidagicha o‘tadi: a+AC*B+b Bu mexanizmga ko‘ra yadroviy reaksiyaning bo‘lib o‘tishi juda sekin yuz beradi deb qaraladi.
Bevosita o‘zaro ta’sirli yadroviy reaksiya. Bunday reaksiyada nuklon yadrodagi bir yoki ko‘pi bilan ikkita, uchta nuklonlari bilan ta’sirlashadi yoki biror zarra almashish bilan ta’sirlashadi deb xisoblanadi. Bu xolda kompaund yadro hosil bo‘lmaydi. Bunga (d,n), (d,p) uzilish reaksiyalari va (p,d), (n,d) ilish reaksiyalari misol bula oladi. Uzilish reaksiyasida tarkibiy kismga ega bo‘lgan birlamchi zarra deytondagi nuklonlarning biri yadro tomonidan «uzib» olinadi. Ilish reaksiyasida esa, aksincha, birlamchi nuklon yadrodan bitta nuklonni ilib oladi, deytonga aylanadi.
Kulon uyg‘onish. Bunda yadro oldidan uchib o‘tayotgan zaryad langan zarraning kulon maydoni ta’sirida yadro uyg‘ongan holatga o‘tib qoladi.
Bir yoki bir nechta zarralar hosil bo‘lishi bilan yuz beradigan yadroviy reaksiya mexanizmi. Bu jarayonda birlamchi zarra energiyasi 109 eV dan yuqori bo‘lganda yadro reaksiyasi natijasida bir yoki bir nechta ikkilamchi zarralar hosil bo‘ladi. Juda yuqori energiyalarda barion-antibarion juftlari ham hosil bo‘lishi mumkin.