23-MAVZU. DUMALASH PODSHIPNIKLARI TO‘G‘RI¬SIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR VA ULARNING TASNIFI. DUMALASH PODSHIPNIKLARINING AMALIY HISOBI
Podshipnik detallaridagi kontakt kuchlanishlar. Podshipnikdagi kontakt kuchlanishlarni Fo, F1, ... , Fn ma’lumligida aniqlash qiyin emas va bu kontakt kuchlanishlarni aniqlash usullari bilan chuqur tanishishga hojat ham yo‘q. Chunki, amalda podshipniklarning hisobi (yoki ularni tanlash) kuchlanishlar bo‘yicha emas, balki yuklamalar bo‘yicha olib boriladi.
Halqalar va sharchalarning kontakt yuzasidagi har bir nuqtada kontakt kuchlanishlar pulsatsiyalanuvchi davrli yuklanish (23.5-rasm) bo‘yicha o‘zgaradi. 23.5-rasmda ichki halqa aylangandagi a va bnuqtalardagi kuchlanishlar tasvirlangan.
23.5 - rasm. Kuchlanishlarga oid tarh
Halqalarning dumalash ariqchalarining har bir nuqtasidagi kuchlanishlar davri sikli mana shu nuqtaga navbatdagi sharchaning ko‘chish vaqtiga tengdir.
Podshipnik detallarining ishchi yuzalari yemirilishining toliqish tavsifiga egaligi o‘zgaruvchan kontakt kuchlanishlarga bog‘liqdir. Shuni qayd etish lozimki, podshipnikning toliqishga qarshiligini ichki yoki tashqi halqalarning qaysi biri aylanayotganligi belgilaydi. Ichki halqaning aylanishi ma’qul holat hisoblanadi (bu holda tashqi halqa qo‘zg‘almasdir). Amalda ham valning aylanishi korpus qo‘zg‘almas bo‘lganda ko‘p uchraydi. Darhaqiqat, Foyuklamada halqalarning a nuqtasidagi kuchlanish (23.4-rasm) b nuqtadagi kuchlanishdan kattaqordir, chunki a nuqtada sharcha qavariq, b nuqtada esa botiq yuza bilan o‘zaro kontaktda bo‘ladi. Mana shu sharoitlarda kuchlanishlar siklining bir xil soni avvalambor a nuqtada toliqishdan yemirilishni keltirib chiqaradi. Halqalar ish sharoitini tenglashtirish tadbiri sifatida b nuqtaga nisbatan anuqtada kuchlanishlar sikli sonini kamaytirish qabul qilingan. Mana shu maqsadga ichki halqa va val birgalikda aylanganda erishiladi, chunki yarim aylanishdaanuqta butunlay yuksizlansa, qolgan ikkinchi qismning katta bo‘lagida anuqta to‘liq yuklan-maydi (23.5 - rasmga qarang).