237 amir temur harbiy salohiyаtda jahonga


Educational Research in Universal Sciences



Yüklə 204,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix22.12.2023
ölçüsü204,39 Kb.
#189120
1   2   3   4   5   6
237-242

Educational Research in Universal Sciences
ISSN: 2181-3515 VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 1 | 2023
 
 
https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal March, 2023 
238
 
Tarixdan ma’lumki, sivilizatsiyalar katta saltanat xududlarida, iqtisodiy va 
mintaqaviy barqarorlik humk surgan, uzoqni ko‘ra oladigan, xalq farovonligi yo‘lida 
jiddu jahd ko‘rsatgan, ilm-fan homiysi bo‘lgan davlat rahbarlari davrida yaratilgan. 
Barchamizga ma’lumki, Sharq va G‘arb savdo yo‘llari chorrahasida joylashgan, asrlar 
davomida o‘troq ziroatkor va ko‘chmanchi chorvador aholi o‘rtasida mutanosiblik va 
mushtaraklik mavjud bo‘lgan, qator bosqinlarni boshidan kechirganligiga qaramasdan 
o‘zligini, vatanparvarligini saqlab qolgan, kulay jo‘g‘rofiy maskan sifatida ko‘plab 
dinlar, madaniyatlarga joy bergan, jasur va bag‘rikeng, ikkinchi tomondan zahmatkash 
va mehnatsevar aholisiga ega bo‘lgan o‘zbek zamini bashariyat tamadduniga katta 
hissa qo‘shgan hududlardan biri bo‘lib hisoblangan. Mazkur ko‘hna zamindan jahon 
ilm-fani, madaniyati rivojiga bekiyos hissa ko‘shgan qator alloma, olim, ulamolar 
yetishib chiqqan.
O‘rta asrlar Sharq tarixida aynan ushbu hudud aksariyat davlatlarga beshik 
sifatida geosiyosiy maydonda muhim mavqega ega bo‘lib kelgan. Zero Movarounnahr 
zamini bir vaqtning o‘zida musulmon sharqida ham ma’naviymadaniy, ikkinchi 
tomondan siyosiy va iqgisodiy markazlardan biri rolini xam o‘taganligini jahon ilm 
axti hakli tarzda e’tirof etadi.
O‘zbek xalqi - tarixiy ildizlari deyarli uch ming yillikka borib taqaluvchi 
davlatchilik an’analariga ega bo‘lgan xalkdir. Mamlakatimiz zaminidan nafaqat ulug‘ 
alloma zotlar, balki jahon ijtimoiy-siyosiy hayoti taraqkiyotiga ulkan hissa qo‘shgan 
sarkarda, xukmdor, davlat arboblari ham yetishib chikqan. Shubhasiz, ular orasida 
peshkadamlik millatimiz faxri va g‘ururi bo‘lmish Sohibkiron Amir Temurga 
tegishlidir.
Amir Temurning yoshligi haqida ma’lumotlar kam uchrasa-da, ayrim manbalarga 
qaraganda, u yoshligida xat-savod chiqarib, o‘z davrining tibbiyot, riyoziyot, falakiyot, 
me’morchilik, tarix hamda xarb ilmlarini o‘rgangan. Amir Temur bilan suhbatlashish 
sharafiga muyassar bo‘lgan buyuk arab faylasufi Ibn Xaldun jahongir turk, arab, fors 
xalqlari tarixini, diniy, dunyoviy va falsafiy bilimlarning murakkab jihatlarigacha 
yaxshi o‘zlashtirganini ta’kidlagani ham bejiz emas.
Tarix zar varoqlariga nazar tashlasak Amir Temur siyosat maydoniga kirib kelgan 
paytda, Movarounnahr mo‘g‘ullar istibdodi ostida bo‘lib, Chingizxon va Botuxon 
bosib o‘tgan shahar va qishloqlar vayronaga aylangan edi. Suv inshootlari buzib 
tashlangan yoki ishga yaroqsiz holga keltirilgan, Chingizxon Movarounnahrni o‘zining 
ikkinchi o‘g‘li Chig‘atoyxonga suyurg‘ol sifatida in’om qilgan edi.
Amir Temur bobomizning xarb ilmini, o‘zining ilk harbiy faoliyatini qo‘l ostidagi 
navkarlari bilan ayrim viloyat amirlariga xizmat qilishdan boshlagan; ularning o‘zaro 
kurashlarida qatnashib, jasorat ko‘rsatgan, janglarda chiniqqan, harbiy mahoratini 
oshirgan. Dong‘i butun Qashqadaryo vohasiga yoyilgan. Amir Temurning aqlu 



Yüklə 204,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin