237 amir temur harbiy salohiyаtda jahonga


Educational Research in Universal Sciences



Yüklə 204,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix22.12.2023
ölçüsü204,39 Kb.
#189120
1   2   3   4   5   6
237-242

Educational Research in Universal Sciences
ISSN: 2181-3515 VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 1 | 2023
 
 
https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal March, 2023 
239
 
zakovati, shijoati va shuhrati uni Movarounnahrning nufuzli amirlaridan amir Xizr 
Yasovuriy va amir Qazag‘on bilan yaqinlashtirdi. Xondamirning yozishicha, otasi 
Amir Tarag‘oy Amir Temurni avval 1355 yilda amir Joku barlosning qizi Nurmushk 
og‘oga, so‘ngra o‘sha yili Qazag‘onning nabirasi va amir husaynning singlisi O‘ljoy 
Turkon og‘oga uylantiradi. Keyingi nikoh tufayli Amir Temur bilan Balx hokimi amir 
Husayn o‘rtasida ittifoq yuzaga kelib, ular birgalikda mo‘g‘ullarga qarshi kurashadilar.
XIV asrning ikkinchi yarmi XV asr Vatanimiz tarixida voqealarga nihoyatda boy 
tarixiy ijtimoiy saboq davri hisoblanadi, chunki bu davrda mo‘g‘ullar hukmronligi va 
feodal tarqoqlik tugatilib, bosqinchilarning vayronagarchiliklari va bir yarim asrlik 
zulmlari oqibatida iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy turg‘unlik holatiga tushib qolgan 
mamlakatimiz o‘z mustaqilligini qayta tiklashga kirishdi. Bu mintaqada Amir Temur 
(1336-1405 yillar) boshchiligida yagona tug‘ ostida markazlashgan, kuchli va mustaqil 
davlat tashkil topdi. Markaziy Osiyo xalqlari hayotida yuz bergan bu tarixiy jarayonda 
shubhasiz Sohibqiron Amir Temurning xizmatlari buyukdir.
Bu aqlli va bilimli inson o‘z davlatining kuch-qudratini oshirish va 
mustahkamlash uchun birinchi navbatda harbiy va eng muhim iqtisodiy islohotlar 
o‘tkazdi. Bu islohotlar zaminida avvalgi davr donishmandlarining aql-idroki, g‘oyalari 
mujassam edi, ayniqsa, taraqqiyot uchun yagona davlat, o‘zaro totuvlik, 
ishbilarmonlarga qulay mulkiy va huquqiy sharoit yaratishga, ayniqsa savdo-sotiqni 
rivojlantirishga alohida e’tibor berildi.
Amir Temurning hayoti va faoliyatida ikki davr yaqqol ko‘zga tashlanadi. 
Birinchi davri (1360-1385) Movarounnahrni mo‘g‘ul xonligidan ozod qilib, yagona 
markazlashgan davlat tuzish, o‘zaro urushlarga barham berish. Ikkinchi davri (1386-
1405) esa ikki yillik, uch yillik, besh yillik, deb ataluvchi boshqa mamlakatlarga 
yurishlari bilan xarakterlanadi.
1360-yillardan boshlab Amir Temur Movarounnahrdagi ichki nizo, urushlarda 
ishtirok eta boshladi va Mo‘g‘uliston hukmdori Tug‘luq Temurxon, uning o‘g‘li 
Ilyosxo‘jaga qarshi kurashlardan so‘ng, Amir Husayn ustidan g‘alaba qozongach, 1370 
yilda Movarounnahr taxtining haqiqiy sohibi bo‘ldi va Samarqandni hokimiyat 
poytaxti etib belgiladi.
Amir Temur taxtga o‘tirgach, Chig‘atoy ulusining barcha yerlariga o‘zini voris 
deb bildi va Sirdaryoning quyi havzasidagi yerlarni, Toshkent viloyatini, Farg‘ona 
vodiysini, Xorazmni o‘z hukmronligi ostiga kiritdi. Natijada, Movarounnahr va 
Xurosonda yirik markazlashgan davlat vujudga keddi. Sohibkiron so‘nggi yillarda 
Eron, Iroq, Zakavkaze mamlakatlari, Hindiston, Oltin O‘rda va Turkiya bilan bo‘lgan 
janglarda g‘olib chiqib, saltanat hududini sharqda Xitoy devoriga qadar, g‘arbda O‘rta 
yer dengiziga, janubda esa Hindiston chegaralariga qadar kengaytirdi.



Yüklə 204,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin