237 amir temur harbiy salohiyаtda jahonga


Educational Research in Universal Sciences



Yüklə 204,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix22.12.2023
ölçüsü204,39 Kb.
#189120
1   2   3   4   5   6
237-242

Educational Research in Universal Sciences
ISSN: 2181-3515 VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 1 | 2023
 
 
https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal March, 2023 
240
 
Amir Temur faoliyatida muayyan siyosiy yo‘l mayda feodal hukmronligini 
tugatish, muhim xalqaro karvon yo‘llarida ustunlik qilib turgan Oltin O‘rda, Eron va 
boshqa mamlakatlarning raqobatini yengib, Movarounnahrning siyosiy-iqtisodiy 
quvvatini ta’minlay oladigan markazlashgan davlat tashkil etish edi. Amir Temur 
avvalambor mamlakatda davlat tizimini mustahkamlash, boshqarishdagi tartib-
intizom, qonunchilikni kuchaytirish, savdo-sotiq, hunarmandchilikni kengaytirishga 
imkoniyat yaratish, soliqlarni tartibga solish, mamlakat himoyasini ta’minlash yo‘lida 
qo‘shinning qudratini oshirish kabilarga katta e’tibor berdi.
Amir Temurning har bir harbiy yurishiga turtki bo‘larlik sabab bor edi. Bu 
sabablar-o‘z davlatining chegaralarini mustahkamlash, tashqi dushmanlardan 
himoyalanish, karvon yo‘llarini turli yo‘lto‘sarlardan tozalash, xiyonatchi, sotqin, 
aldamchilarni jazolash, bo‘ysunmaganlarni itoat ettirish, o‘zining siyosiy ta’sirini 
kengaytirish kabilardan iborat bo‘lganligini tarixiy manbalardan bilib olish mumkin. 
Masalan, Amir Temurning To‘xtamishxonga qarshi yurishini olsak, Temur 
To‘xtamishxonga ko‘p iltifotlar, yordamlar ko‘rsatib, 1379 yilda Urusxonni yengib, 
Oq O‘rda taxtiga To‘xtamishxonni o‘tqazgan edi. Ammo To‘xtamishxon Amir 
Temurning umidlarini puchga chiqardi.
U Movarounnaxrga bir necha bor talonchilik niyatida bostirib kirganidan so‘ng, 
Temurda ham unga qarshi kurashish majburiyati vujudga keddi va 1395 yil 15 aprelda 
qunduzchada Amir Temur bilan To‘xtamishxon o‘rtasida hal qiluvchi hayot-mamot 
jangi boshlandi. Jang faqat To‘xtamishxonning taqdirini hal qilib qo‘yaqolmay, balki 
butun Oltin O‘rda taqdirini ham hal qildi.
Tarix Temur zimmasiga Oltin O‘rdadek qudratli mo‘g‘ul imperiyasining asosini 
yemirishdek ulkan vazifani qo‘ygan ekan, Sohibqiron bu vazifani ham buyuk jasorat 
bilan ado etib, Rus knyazliklari va Sharqiy Ovro‘po xalqlarini mo‘g‘ullar asoratidan 
xalos bo‘lishlariga yo‘l ochib berdi. Yirik rus olimi A. Yu. Yakubovskiy:Temurning 
To‘xtamish ustidan qozongan bu g‘alabasi nafaqat Markaziy Osiyo va Sharqiy 
Ovro‘po, balki Rusiya uchun ham katta ahamiyatga molik bo‘ldi‖, deb yozdi.
Temur davlatni boshqarishga katta e’tibor berib, yangi davlat tizimi bo‘yicha 
Devoni buzrugdan tashqari, har bir viloyatda Devon deb ataluvchi boshqarma tuzib, bu 
boshqarmalar soliq yig‘ish, tartib saqlash, ijtimoiy binolar bozorlar, hammomlar, 
yo‘llar, sug‘orish tarmoqlariga qarab turish va aholining xulqiy-axloqiy harakatlarini 
nazorat ostiga olish kabi ishlar bilan shug‘ullangan. Har bir Devonda kirim va 
chiqimlarni hisobga olish, qayd etish turk-o‘zbek va fors-tojik tillarida olib borilgan.
Temur tarixchilar tasviricha, O‘rta asrning atoqli davlat va xarbiy arboblaridan 
bo‘lib, Ovro‘po olimlari o‘z asarlarida uning salbiy tomonlari bilan birga muhim 
fazilatlarini ham ta’kidlab o‘tganlar. Nemis olimi F. Shlosser o‘zining Jahon tarixi (III-
tom) asarida: Baxtiyor jangchi, jahongir, uzoq Sharqda qonunshunos bo‘lish bilan 



Yüklə 204,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin