Tarix fani to’garak konspekti
Sana: ________________
Mavzu: O‘zbekistonliklarning frontdagi jasorati va qahramonliklari. O‘zbekiston fani va madaniyati - g‘alaba uchun xizmatda
1941-yil yozida Samarqandda 19-O‘zbek tog‘-otliq diviziyasi qayta tuzilib, uning asosida 221-motorlashtirilgan diviziya tashkil qilindi. Diviziyada bu paytda katta tajribaga ega o‘zbek oftserlaridan polkovnik Ismoil Bekjonov, mayor Sobir Rahimov va boshqalar bor edi. Diviziya jangchilari 17-mexanizatsiyalashgan korpus safarida Yelna yaqinida dushmanga qarshi janglarda ilk marta qatnashdilar.1941-yil 13-noyabrda Davlat Mudofaa Komitetining “Milliy harbiy qo‘shilmalar tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori chiqib, unda O‘zbekistonda 5 ta kavaleriya diviziyasi va 9 ta alohida o‘qchilar brigadasi tashkil qilish zarurligi, diviziyalar tarkibi mahalliy xalqlarga mansub 40 yoshdan katta bo‘lmagan sog‘lom va baquvvat kishilar bilan to‘ldirilishi, imkoniyat doirasida rahbariyat tarkibi ham mahalliy millat vakillaridan bo‘lishi ta’kidlandi.Urushning dastlabki bosqichlarida, xususan 1941–1942-yillarda milliy harbiy qismlarda, jumladan, o‘zbek diviziyalari va brigadalarida qurol-yarog‘ va o‘q-dori miqdori mutlaqo yetishmagan. O‘zbek jangchilarining hammasida ham urushning dastlabki oylarida hatto oddiy miltiq (vintovka) ham bo‘lmagan. Bu holat bolsheviklar va sovet rejimining hatto urush davrida ham mahalliy xalqlarga, xususan, turkiy xalqlar va musulmonlarga nisbatan bo‘lgan ishonchsizligi hamda shovinistik siyosatining yana bir dahshatli ko‘rinishidir.Urushning dastlabki kunlaridagi janglar. O‘zbekistonlik jangchilar Brest qal’asi, Kiyev, Smolensk, Odessa, Sevastopol, Leningrad, Moskva va boshqa ko‘pgina shaharlar mudofaasida mardlik va matonat namunalarini ko‘rsatdilar. Moskvaning qahram on himoyachilari safarida O‘zbekistonda tuzilgan harbiy qismlar ham bor edi.Moskvani himoya qilishda o‘zbek xalqining shonli qizlari ham mardona jang qildilar. Ular safda 28 nafar fashistni otib o‘ldirgan snayperchi Zebo G‘aniyeva ham bo‘lib, u mardligi va jasorati uchun Qizil Bayroq ordeni bilan mukofotlandi. Sobir Rahimov qo‘mondonligidagi diviziya 3 oy davom etgan janglarda dushmanning 8 000 nafar askar va oftserini qirib tashladi. Gvardiyachi generalmayor S.Rahimov 1945-yil 26-mart kuni Polshadagi Gdansk (Dansig) shahrini shturm qilish vaqtida halok bo‘lgan
Dostları ilə paylaş: |