24– son ixtisoslashtirilgan umum ta`lim maktabida “Yosh tarixchi” to`garagining ish rejasi



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə2/14
tarix02.01.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#47795
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Tarix fani to’garak konspekti

Sana: ________________

Mavzu: 1918-1939-yillarda Italiya Ispaniya 1918-1939-yillarda Lotin Amerikasi mamlakatlari

Italiya Birinchi jahon urushida uncha katta talafot ko‘rmadi. Aksincha u Avstriya-Vengriya yerlarining bir qismini egallab, o‘z hududini ancha kengayti rib oldi. Ammo shunga qaramasdan, urushd an so‘ng mamlakat ichki ziddiyatlar girdobida qoldi. Bu ziddiyatlarn ing asosini ko‘p sonli ishsizlar va iqtisodiy inqiroz tashkil qildi. O‘ta dolzarb islohotlarni amalga oshirish uchun hukumat yetarli kuchga ega emasdi. Fashistlarning hokimiyatga kelishi. Umumiy inqiroz sharoitida Benito Musso lini boshchiligida 1919-yilning mart oyida tuzilgan fashistlar partiyasi faoll ashib ketdi. 1921-yili fashistlar harakati bir qadar rasmiy tus olib, davlatn ing siyosiy qudratini mustahkaml ashga qaratilgan mil latchilik tash vi qo tini olib bordi. Ular ni mamlakatdagi jiddiy kuchl ar qo‘llab-quvvatl adi, aholin ing ham katta qismi xayrixohlik bildirdi. Fashistlar 1921-yilgi parlament saylovl arida 36 ta o‘ringa ega bo‘ldi. 1922-yil oktabrda fashistik guruhl arning mashhur Rimga yurishi dan so‘ng qirol Viktor Emma nuil III Mussol inini hukumat boshlig‘i etib tayinladi. Fashistlar siyosati. Fashistlar hokimiy atda turgan dastlabki yillarda mamlakatda barqarorlashuv va iqtisodiy o‘sishni ta’minl adi. Mussolini dastlab mavjud siyosiy part iyal ar va kasaba uyushmalarini taqiq l a madi. Parlament faoliyat yuritd i, partiyal arning gazetalari ham chiqib turdi. Iqtisodiyotga to‘g‘ridan to‘g‘ri va har tomonla ma aralashish yo‘li bilan Italiya fashistik davlati mamla kat rivojlanishi su r’at la ri ni keskin oshirishga erishdi. 1938-yili Muss olini irqiy qonunlar chiqardi, 1939-yil boshida esa Deputatlar palatasini tarqatib yuborib, uning o‘rniga Katta fashistik kengash tuzdi

1920-yillarda mintaqadagi holat. Birinchi jahon urushi Lotin Amerikasi mamlakatlarida kapitalizm rivojlanishi jarayonini yanada jadal ashtirdi. Yevropadan keladigan tovarlar va kapital oqimi vaqtincha kam aydi. Jahon bozorida min taqa mamlakat lari da ishlab chiqar ilg an oziq-ovqat va xom ashyo mah su lot lari ning nar xi, xususan, Kuba shakar ining narx i 11 marta oshdi. Bu kapit alning jamg ‘arilishi, mahalliy ishlab chiqar ishning riv ojlanishi, iqtisodning nisbat an barqaror sur’atlar bilan o‘sishi uchun imk oniyat yaratdi. Agroeksport, tog‘-kon va yengil san oat tarmoqlari jadal rivojlandi. Ammo 1920-yillar oxiriga kel ib ekstensiv asosda iqtisodni samarali rivojlantirishning imk oniyatlari tugadi.1920-yillarda Lotin Amerikasi mamlakatlari siyosiy jihatdan faqat nomigagina respublika edi. Aholining katta, ayniqsa, yirik iqtisodiy va madaniy markazlardan uzoqda joylashg an ko‘pchilik qismi savodsiz yoki kamsavod bo‘lib, saylovlarda qatnashmasdi va demokratik tuzum uchun ijtimoiy asos bo‘la olmasdi.1920-yillardagi liberal isloh otc hilik L otin Amerikas ida ancha oyoqq a turgan maha lliy burjua ziya ning, shuningdek, aho li ning keng qatlami manfa at larini aks etti rardi. Shu sababli islohotchi huku matlar ijtimoiy siyo satga katta aham iyat qaratdi. Argentinada Ipolito Iri goyen hukumatining faoliyati bu davr liberalslohotchilik siyosatiga yorqin misol bo‘lishi mumk in. Uning hukumati milliy sanoatning rivojla n ishini rag‘batlantirdi, davlat neft sanoatini shakllantirdi. Qish loqda kuchli fermerlar qatlami shaklla ndi, ijarachilarning ahvoli yaxshilandi. Irigoyen 8 soatlik ish kuni to‘g‘r isida qonun qabul qilinishiga erishdi.

Tarix fani to’garak konspekti

Sana: ________________

Mavzu: 1918-1939-yillarda Yaponiya 1918-1939-yillarda Xitoy va Hindiston

Birinchi jahon urushining yakunlanishi Yaponiyada qator iqtisodiy muammolarni keltirib chiqardi. Bu muammolar, ayn iqsa, oziq-ovqat mahsu lot la rining qimmatlashuvi, od diy kishilarning hayotiga kat ta ta’sir ko‘rsatdi. Natijada noroz ilik kuchayib bordi.1920-yillar o‘rtalariga kelib mamlakatda sanoat to‘ntarishi yuz berdi. 1925-yili sanoat mahsulotl ari ishlab chiqarish darajasi 1919-yilgi daraj asidan oshib ketdi. Ishlab chiqarishni kons entrats iyalash jarayoni da vom etdi. Monopol istik kapital xalq xo‘jalig ining muhim soh al arini egall ab ola boshladi. Og‘ir san oatda «Mitsubisi» va «Su mitomo» konsernlari o‘z poz itsiyasini mustahkamlab oldi. 1929– 1 933-yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi yapon iqtisod iyotiga katta zarar keltirdi: u tinchlik sharoitida rivojlanishga moslashmagan, hali juda kuchsiz edi. Ish haqining pastligi tufayli ichki bozor jud a sust, tashqi bozorda esa yapon mahsulotlari sifatining pastligi tufayli ular raqobatbardosh emasdi.Yaponiya hukumati inqirozdan chiqishning yo‘li sifatida iqtisodni militarizatsiyalash va tajovuzkorlikni tanladi. Yaponiya Xitoyni, Uzoq Sharqni, keyin esa butun Osiyoni bosib olishni, Tinch okeani havzasida o‘z hukmronligini o‘rnatishni rejalashtirayotgan edi.

Xitoy. Birinchi jahon urushi yillarida Xitoy amalda Yaponiyaga to‘liq qaram bo‘lib qoldi. 1919-yil Parij konferens iyasida Xitoy o‘z talablari bilan ishtirok etdi. Bu tal ablar yapon qo‘shinlari tomon idan Xitoy hududini bosib olish ni to‘xtatish, Shand un orolini ozod qilish, Xitoy ning suvereniteti va hududiy yaxlitligini tan olishdan iborat edi. Talablar Xitoy ilgari G‘arb davlatlari bilan imzolashga majbur bo‘lgan shartnomalarning ham bekor qilinishini nazarda tutardi. G‘arb davlatlari bunga rozi bo‘lmadi va Xitoyga rasman rad javobi berildi1920-yillardagi «Buyuk milliy inqilob». 1925-yil bahorda shanx ayli k burjuaziya, talabalar va ishchilar vakillari mamlakatdagi inglizla rga qarshi harakat boshladi. Harakatga talabalarning tinch namoy ishi ingliz politsiyachilari tomonidan o‘qqa tutilishi sabab bo‘ldi. Bu vat anparvarlik harakati «30 may harak ati» nomini oldi va Xitoyning suv erenitetini tiklash shiori ostida o‘tdi. Inqilobga Gomindan partiyasi (Milliy partiya) rahbarlik qildi. 1926-yili general Chan Kayshi boshchiligidagi Gomindan milliy hukumati Milliy inqilobiy armiyaning Shimolga yuris hini boshladi. Bu yurish davrida Markaziy Xitoyning ko‘plab provinsi yala ri, jumladan, Uxan, Nankin, Nanchan, Shanxay kabi yirik shaharlari gomindanchilar qo‘liga o‘tdi.

Hindiston mil liy ozodlik harakatining asosiy kuchini hind dehqonlari tashkil qild i. 1920– 1 940-yillard a hindl arning zo‘ravonliklarsiz ommaviy chiq ishlar in i tashkil qilishda hind xalqining buyuk far zandi Maxat ma Gandi ning roli beqiyos bo‘ldi. Jahon urushlari oralig‘ida Gandi Hindiston Milli y kongressi (HMK) partiyasining g‘oyaviy rahbari, xalq harakatining yetak chi si ga aylandi. U ishlab chiqqan zo‘ravonliklarsiz qarshilik ko‘rsatish taktikasi qurolli to‘qnashuvlardan, millionlab kishilarni o‘limdan saqlab qoldi. Milliy ozodlik kurashining, zo‘ravonliklarsiz qarshilik ko‘rsatishning «Gandizm» deb nomlangan bu usuli Hindiston an’analarini va dehqonlar psixologiyasini chuqur bilishga asoslangan. Bu usul da sabrtoqat va noroz ilik, kons ervatizm va inqilobc hilik ajoy ib bir tarzda uyg‘unlashib ketdi

Tarix fani to’garak konspekti

Sana: ________________

Mavzu: Xiva xonligidagi ahvol hamda xon hokimiyatining ag‘darilishi. XXSRning tuzilishi va turli islohotlar



Islohotlar amalga oshirilishini nazorat qilish uchun 30 kishidan iborat Idorai mashruta tashkil qilindi. 8-aprel kuni mamlakatni boshqarish uchun Xivada xon huzurida qozikalon Bobooxun Salimov boshchiligida Majlis va Husaynbek devonbegi Matmurodov raisligida Nozirlar Sho‘rosi tashkil topdi. Bu bilan Xiva xonligida qisqa muddatga bo‘lsa ham konstitutsion monarxiya o‘rnatildi. 1917-yil mayda Yosh xivaliklar partiyasi rahbari Polvonniyoz Yusupov boshchiligidagi delegatsiya Muvaqqat hukumat vakillari bilan muzokara o‘tkazish uchun Toshkentga keldi. Biroq Asfandiyorxon Muvaqqat hukumatning Xivadagi vakili general Mirbadalov boshchiligidagi harbiy kuchlarga tayanib, iyun oyida Majlisni tarqatib yubordi. Xon o‘ziga ma’qul kishilardan Ortiq Oxun va Is’hoqxo‘ja Xo‘jayev boshchiligida yangi tarkibdagi Majlis va Nozirlar Sho‘rosini shakllantirdi.Yosh xivaliklardan shafqatsiz o‘ch olishga kirishildi. Husaynbek Matmurodov boshchiligidagi Majlisning 17 nafar sobiq a’zosi qamoqqa olindi va ke yinchalik qatl etildi. 1917-yil noyabrda Asfandiyorxon rus kazaklari yordamida Majlisni butunlay tugatdi. Xonning istibdod tuzumi bilan kurashda mag‘lubiyatga uchragan Yosh xivaliklar mamlakat hududidan chiqib ketishga majbur bo‘ldi. Xonlikda vaziyatning keskinlashib borishi. Xiva xonligi mustaqilligiga sovet Rossiyasi tomonidan tashqi xavfni his etgan xon mudofaa choralarini ko‘rishga intildi. Asfandiyorxon tomonidan 1918-yil Junaidxon Xiva xonligi qurolli kuchlari qo‘mondoni qilib tayinlandi. Junaidxonning asl ismi Qurbon Mamed Sardor bo‘lib, u turkmanlarning yovmut urug‘iga mansub bo‘lgan. Xiva xonligi hududining bir qismida Amudaryo bo‘limi (markazi – Petro-Aleksandrovsk; hozirgi To‘rtko‘l) tashkil qilingan bo‘lib, u Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kirgan. Fevral inqilobidan keyin To‘rtko‘lda ham sovet hokimiyati o‘rnatildi. To‘rtko‘lda turgan sovet qo‘mondonligining harbiy kuchlari doimiy ravishda Xiva xonligi hududiga tajovuz solib turdi. Xonga qarshi muxolifatda turgan Yosh xivaliklarning aksariyat qismi ham bu yerdan boshpana topdi.1918-yil 30-oktyabrda Xivada bo‘lgan saroy ƪtnasi oqibatida Asfandiyorxon o‘ldirildi. Taxtga marhum xonning katta akasi, zamondoshlarining ƪkricha bo‘shang va irodasiz Said Abdullaxon (1918 – 1920) o‘tirdi, hukumat boshlig‘i Davlatmurod mahram bo‘ldi. Biroq yangi xon davlat ishlari bilan shug‘ullanmas edi. Hokimiyat Junaidxon qo‘lida markazlashdi. Junaidxon sovet hokimiyatining ashaddiy dushmani bo‘lgan.Junaidxon qo‘shinlari 1918-yil noyabrda Amudaryodan o‘tib, To‘rtko‘lga hujum qildi. Qizil askarlarga qarshi keskin janglar bo‘lib, u 1,5 yilcha davom etdi. 1919-yil 9-aprelda Xiva yaqinidagi Taxta qishlog‘ida Junaidxon bilan sovet hokimiyati vakillari o‘rtasida shartnoma imzolandi. Taxta shartnomasi sifatida tarixga kirgan bu bitimda Xiva xonligi mustaqilligi sovet hokimiyati tomonidan tan olindi. Biroq sovet Rossiyasi va Turkistonning bolshevik rahbarlari Xiva xonligidagi barcha muxolif kuchlarni jipslashtirishga zo‘r berib intildi.Xiva xonligi hududining bir qismida Amudaryo bo‘limi (markazi – Petro-Aleksandrovsk; hozirgi To‘rtko‘l) tashkil qilingan bo‘lib, u Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kirgan. Fevral inqilobidan keyin To‘rtko‘lda ham sovet hokimiyati o‘rnatildi. To‘rtko‘lda turgan sovet qo‘mondonligining harbiy kuchlari doimiy ravishda Xiva xonligi hududiga tajovuz solib turdi. Xonga qarshi muxolifatda turgan Yosh xivaliklarning aksariyat qismi ham bu yerdan boshpana topdi.1918-yil 30-oktyabrda Xivada bo‘lgan saroy ƪtnasi oqibatida Asfandiyorxon o‘ldirildi.

Tarix fani to’garak konspekti

Sana: ________________

Mavzu: BXSR va XXSRda qizil armiyaga qarshi kurash



BXSR hududida qizil armiyaga qarshi kurash va xalq qo‘zg‘olonlarining boshlanishi. Qizil armiyaning Buxoro va Xorazm mamlakatlari hududlariga tajovuzkorona bostirib kirishi davomida qilgan talonchiliklari, zo‘rliklari, qon to‘kishlari ommaviy noroziliklarni keltirib chiqargan asosiy sabablardan bo‘ldi. Buxoro va Xorazm aholisi o‘z mamlakatlariga bostirib kirgan bosqinchi qizil armiya askarlariga qarshi milliy ozodlik kurashiga qo‘zg‘aldi. Bu hududlarda vatanparvarlar harakati kengayib, keng quloch otdi. Buxoroda amirlik tuzumi ag‘darilgach, 1920-yil kuziga kelib qizil armiyaga qarshi kurash olib borgan qo‘rboshilar guruhlari, shahar va tumanlarda ko‘tarilgan qo‘zg‘olonlar mamlakatning barcha hududi – g‘arbiy, markaziy, sharqiy qismlarida boshlanib, ommaviy tus oldi. 1920-yil sentyabr oyida Sharqiy Buxoroga kelgan sobiq amir Olimxon katta kuchlar to‘plab, qizil armiyaga qarshi kurashga rahbarlik qildi. G‘arbiy Buxoro hududida Mulla Abdulqahhor, Sharqiy Buxoro hududida Ibrohimbek va Davlatmandbek kabi qo‘rboshilar harakatga rahbarlik qilishdi. 1921-yil mart oyida bir qator janglarda mag‘lubiyatga uchragan Olimxon Afg‘oniston davlati hududiga o‘tib ketishga majbur bo‘ldi. Biroq bu paytda Sharqiy Buxoroda qizil armiyaga qarshi ommaviy xalq qo‘zg‘olonlari ko‘tarildi. Buxoro qo‘rboshilarining milliy ozodlik kurashi. Qisqa muddat davomida Mulla Abdulqahhor boshchiligida poytaxt Buxoro tumanlarida lashkar to‘plandi va qizil armiyaga qarshi jangovar harakatlar olib borildi. Shu ningdek, Mulla Abdulqahhor rahbarligida Buxoro, Karmana va Nurota viloyatlarida o‘nlab qo‘rboshi guruhlari faoliyat ko‘rsatdi. Uning qo‘l ostida Buxoroning g‘arbiy qismida 20 nafar qo‘rboshi birlashgan. Ular orasida Hamro Polvon, Hayit Amin, O‘rmon Polvon, Oston Qorovulbegi kabi shoƝrkonlik qo‘rboshilar ham bo‘lgan.Mulla Abdulqahhor yigitlari bilan qizil askarlar o‘rtasida 1924-yil yozi va kuzida G‘ijduvon tumanining G‘ishti va Kattag‘amxo‘r qishloqlarida, Nurota tog‘larida, ShoƝrkon tumaniga tutash Qizilqumning Jilvon qumliklarida, Bog‘iafzal va Vardonze qishloqlarida qattiq to‘qnashuvlar bo‘ldi. Mulla Abdulqahhor qo‘rboshi Qizilqumda qizil askarlarga qarshi bo‘lgan janglarning birida 1924-yilning oxirida halok bo‘ldi.Ibrohimbek qo‘l ostidagi Sharqiy Buxoro hududida o‘zining boshqaruv usulini amalga oshirdi. Joylarda yangi Buxoro hukumati tugatilib, uning o‘rniga amirlik davridagi boshqaruv usuli joriy qilingan. Bundan Turkistonda ish olib borayotgan markaziy hukumat vakillari tashvishga tushadilar. Shuning uchun ham Turkiston fronti siyosiy boshqarmasi tomonidan Ibrohimbek bilan boshqa qo‘rboshi guruhlari o‘rtasida nizo chiqarish uchun tavsiyalar beriladi. Ibrohimbek qo‘rboshi ko‘p yillar davomida Sharqiy Buxoroda qizil armiyaga qarshi Ɲdokorona kurashdi.Buxorodagi istiqlolchilik harakati rahbarlari o‘rtasida Turkiyadan kelgan generallar – Anvar va Salim Posho alohida ajralib turadi. Anvar Posho 1921-yil oktyabrda Kavkaz dan Buxoro shahriga kelgach, 9-noyabrda Qarshi yaqinidagi Qiliko‘l atroƝda Mulla Naⱶs qo‘rboshi bilan uchrashib, maxsus bayonot bilan chiqadi hamda turkistonliklar va bu xoroliklarning sovet rejimi va qizil armiyaga qarshi muqaddas kurashiga qo‘shilganligini e’lon qiladi. Anvar Poshoning sa’y-harakatlari bilan Sharqiy Buxoroda birlashgan qismlar bunyod etildi va u turk zobitlari bilan mustahkamlandi, g‘arbcha qo‘mondonlik uslubi joriy qilinadi. Anvar Posho 1922-yil avgustda Sharqiy Buxoroning Baljuvon atroƝdagi Obidara qishlog‘ida qizil askarlarga qarshi bo‘lgan jangda mardlarcha halok bo‘ldi.

Tarix fani to’garak konspekti

Sana: ________________

Mavzu: 1918-1939-yillarda Turkiya va Eron

Usmoniylar imperiyasi Germaniya va uning ittifoqchilari safi da turib Birinchi jahon urushida qatnashdi va mag‘lubiyatga uchradi. Imperiya hududi okkupatsiya qilindi. Antanta mamlakatlari Usmoniylar imperiyasiga qarashli yerlarni bo‘lib olish rejasini tuza boshladilar. Imperiyaning o‘z hududidan tashqar idagi barcha yerlari anneksiya qilindi va 1919-yili Parij konferensiyasi qaroriga ko‘ra Millatlar Ligasining mandati ostiga o‘tdi. G‘arb davlatlari Turkiyaning hududiga ko‘z tika boshladi. 1920-yilgi Sevr shartnomasiga ko‘ra Turkiya hududi bir guruh Yevropa davlatlari o‘rtasida bo‘lib olinishi ko‘zda tutildi. Ularning surbetlarcha harakati turk xalqin ing g‘azabini oshirdi. Mamlakatda qarshilik harakati boshlandi.

G‘arb davlatlari tomonidan qo‘llab-quvatl angan Gretsiya armiyasi Turkiya hududiga kir itildi. Shu tariqa Turkiya-Gretsiya urus hi boshlandi. Uzoq davom etgan janglardan so‘ng 1922-yil oktabrga kelib

Kamol qo‘shinlari butun Turkiya hududini ozod qildi.1922-yil 1-noyabr kuni Turkiya Buyuk Millat m a j l i s i s u l t o n h o k i m i y a t i n i b e k o r q i l i s h t o ‘ g ‘ r i s i d a qaror qabul qildi. Sulton Mexmed VI taxtdan ag‘darildi va mamlakatni tark etdi. 1923-yili Lozannada Buyuk Britaniya, Fransiya va boshqa bir qator davlatlar bilan M. Kamol hukumati imzolagan yakuniy shartn omaga ko‘ra, Turkiya o‘z suvereniteti va hududiy yaxlitligini saqlab qoldi.1923-yil 29-oktabrd a Tur kiya res publika deb e’lon qilindi, M. Kamol respublika prez id enti etib say landi. Mamlakatda uzoqni ko‘zl ab amalga oshirilgan islohotlar boshland i. Islohotlarning bosh maqsadi – mamla katni moderniz atsiya qil ish deb e’lon qilindi. Bu Yevropa sivili zatsiya sining barcha taraqqiyp arvar jihatl arini qabul qilish va ularni Turkiya sharoi tiga moslashtirishni anglatar edi.M. Kamol Germaniya bilan munosabatlarga alohida e’tibor qaratdi. Turkiya tashqi savdosining katta qismi Germaniya hissasiga to‘g‘ri kelar di. 1941-yili Germaniya bilan do‘stlik shartnomasi imzolandi. Turkiya Ikkinchi jahon urushida rasman betaraf qolgan bo‘lsa-da, hukmron doiralarn ing katta qismi Germaniyaga xayrixoh edi. Eron. 1918-yil avgustga kelib ingliz qo‘shinlari butun Eronni o‘z nazoratiga oldi. 1919-yil imzol angan Angliya-Eron shartnomasiga binoan Eron amalda Buyuk Brita niya ning protek toratiga aylantirildi. Bu eronlikl arning g‘azabini keltirdi. Butun maml akatda tartibsizlik va qo‘zg‘olonlar boshlanib ketdi. Voqealarga armiya aralashib, 1921-yil fevralda kazaklar polki sardori polkovnik Rizoxon hukumatni ag‘darib tashladi. M. Kamoldan o‘rnak olib shoh Eronda 1928-yildan yevropacha libos joriy qildi, feodal unvon va murojaat shakllari bekor qilindi, nasab joriy qilindi. 1935-yildan maml akatning nomi o‘zgartir ild i: ilgarigi Fors o‘rniga Eron deb ataladigan bo‘ldi. Xotin-qizlarning huquqlari to‘g‘risida qonun qabul qilindi, ular maktablarda, oliy o‘quv yurtlarida o‘qish, davlat tashkilotlarida ishlash huquqiga ega bo‘ldi. 1935-yili chodra o‘rab yurishni bekor qilish to‘g‘risida qonun qabul qilindi. Ta’lim sohasida katta o‘zgarishlar yuz berdi. 1927 – 1934-yill ardagi islohotlar davrida bepul majburiy boshlang‘ich ta’lim hamda pullik o‘rta va oliy ta’lim to‘g‘risida qonunlar qabul qilindi. Yangi maktablar qurilib, o‘quvc hilar soni bir necha barobar oshdi. Oliy o‘quv yurtlarining butun boshli tizimi yaratildi, jumladan, Tehron universiteti ochildi. Yuzlab eronlik yoshlar har yili chet ellarga, dunyoning eng yaxshi universitetlariga o‘qishga jo‘natildi.

Tarix fani to’garak konspekti

Sana: ________________

Mavzu: 1918-1939-yillarda Afrika mamlakatlari



Misr. 1922-yili Buyuk Britaniya Misr ustidan o‘z protektoratini bekor qilib, uning to‘liq mustaqilligini tan oldi. 1923-yili qabul qiling an konstitutsiyaga ko‘ra, Misr monarxiya deb e’lon qilindi. 1941-yili Misr hududiga Germaniya va Italiya qo‘shinlari kirit ildi.Jazoir, Tunis va Marokash Fransiyaning mustamlakalari bo‘lib, Birinc hi jahon urushidan keyin ham shu holat saqlanib qoldi. Jahon urushlari oralig‘ida Jazoirda – Farhod Abbos, Tunisda – Habib Burg‘iba, Marokashda – Abdul Karim boshchilig ida milliy-ozodlik harakatlari avj oldi. Bu harakatlar g‘alaba qozonmagan bo‘lsa-da, mintaqadagi arab xalqlari milliy va siyosiy ongining o‘sishida katta rol o‘ynadi.Ikkinchi jahon urushi yillarida ko‘plab musulmonlar Fransiyani qo‘llab-quvvatladi, frans uz armiyasi safi ga kirdi. 1940-yili Fransiya mag‘lub iyatga uchragandan so‘ng Jazoir va Tunis Germaniya va Italiyaning xomashyo bazasiga aylantirildi.Liviya. Birinchi jah on urushid an keyin Ita liya Liviyaga ko‘p ming kishilik qo‘shin kiritdi. Liviya qarshilik harakati otryadl ari Italiya qo‘shinl ariga qarshi kurash olib bordi. 1931-yili qar shi lik harakati b ostir ilib, uning rahbarlari qatl qilindi. Li viya Italiyaning must amla-kasiga aylantirildi.Ikkinchi jahon urushi yillari Italiya Liviyaning qulay strategik joylashuv idan foydalandi: portlar, aerodromlar, yo‘llar qur ild i. Mamlakat hudud i urush harakatlari mayd oniga aylandi.Birinchi jahon urushidan so‘ng Afrikaning janubiy va markaziy qis mi da joylashgan hududlar Buyuk Britaniyaga qarashli bo‘lib, uning mustamla kalarida Afrika umumiy aholis ining katta qismi istiqomat qilardi. Fransiya Afrika qit’asining katta hududini egallab olgan bo‘lsada, Fransiya mustamlakalarining asosiy qismi G‘arbiy va Ekvatorial Afr ik ada joylashgan va ancha qismi Sahroyi Kabirga to‘g‘ri kelardi. Qolgan hududlarni Belgiya, Portugaliya, Ispaniya va Italiya o‘zaro bo‘ li shib olgandilar. Ijtimoiy sohada eski tuzum (katta oila, urug‘, jamoa, qabila), qabila va jamoa boshliqlarining avvalgi Iyerarxiyasi, urug‘lar va qabilalar o‘rtasidagi munosabatlarning murakkab tizimi, qulchilik saqlanib qoldi. Jamiyatda mahalliy tabib va kohinlarning obro‘si hali ham juda yuqori edi.Siyosiy sohada, hatto, yangi siyosiy institutlar paydo bo‘lgan joylarda ham ular eski siyosiy tizim asosiga qurildi, ularda qabila boshliqlari, kohinlar va shu kabilar asosiy rol o‘ynadi.Madaniy sohadagi muvaffaqiyatlar ko‘pincha faqat tashqi ko‘rinish edi, xolos: xristianlik rasmiyat uchun qabul qilindi, mahalliy aholining ongi va xulqida avvalgiday an’anaviy madaniyat va ibtidoiy tasavvurlar hukmr on bo‘lib qolaverdi. 1920-yili Afrikada birinchi siyosiy partiya – Afrika Milliy kongressi (AMK) tashkil topdi. Shun-dan so‘ng qit’aning barcha hududlarida partiyalar va kasaba uyushmalariga o‘xshash tashkilotlar paydo bo‘ladi.Afrika xalqlarining siyosiy faollashuvida Pa nafrika kongresslari katta rol o‘ynadi. Panafrika harakati mahalliy aholining irqiy kamsiti lishiga chek qo‘yish, tan jazosini va majburiy mehnatni bekor qilish kabi talablarni ilgari surdilar. Bu davrda Panafrika harakatining ko‘zga ko‘ringan arboblari, panafrikanizmn ing «ota»lari Uilyam Dyubua va Markus Garvi edi.1930-yillarning ikkinchi y armid an Afrik ada iqtisodiy rivojlanish sur’atlari jadal lashdi. Ayni paytda mahall iy aho lini majburiy mehnatga jalb qilish tar tibga solindi. 1939-yili Ikkinchi jahon urushi bosh-lanishi bilan urush ishti rokchilarining reja larida Afrika muhim strat egik ahamiyat kasb etdi. Yuz minglab afrikaliklar Shimoliy Afrika, G‘arbiy Yevropa va boshqa hududlardagi u rush harakatlarida qat nash di. Afrikaliklardan tashkil qilingan milliy harbiy qismlar keyinc halik mustaqillik uchun kurashda muhim rol o‘ynadi.

Tarix fani to’garak konspekti

Sana: ________________

Mavzu: O‘rta Osiyo respublikalarida o‘tkazilgan milliy-hududiy chegaralanish va uning oqibatlari

Turkiston – mintaqa xalqlarining yagona makoni va umumiy vatani. Turkiston mintaqasi azaldan turkiy xalqlarning yagona maskani va umumiy vatani bo‘lgan. 1918–1924-yillarda mavjud bo‘lgan Turkiston ASSR, BXSR, XXSRning tub xalqlari asrlar davomida turmush tarzi va an’analari jihatidan bir-birlariga juda yaqin bo‘lishgan. Turkistondagi turli davlatlarning har birida turkiy xalqlar: o‘zbeklar, turkmanlar, qoraqalpoqlar, qozoqlar, qirg‘izlar, shuningdek, tojik xalqi azaldan yashaganligi tarixiy tarkib topgan hodisa edi. Turkiston mintaqasining xalqlari shu tuproqni, Turonzaminni qadimdan o‘zlarining asl Vatani deb bilganlar. Milliy kommunistlar va Markaz vakillari o‘rtasida turli qarashlarning to‘qnashuvi. Turkkomissiya va Ya.Rudzutak tezislariga qarama-qarshi o‘laroq Turor Risqulov boshchiligidagi bir guruh milliy kommunistlar 1920-yildayoq turkiy xalqlar yagona bo‘lib, ularning tarixiy ildizlari, dinlari, an’analari va madaniyati mushtarakdir, yagona Turkistonni alohida qismlarga ajratib bo‘lmaydi, degan g‘oyani ilgari surgan edilar. Biroq Markaz kommunistlari bu ȶkrni inkor etib, uni “panturkizm”, “panislomizm”, “burjua millatchiligi va o‘ng og‘machiligi” deb noto‘g‘ri baholagan edilar.

Xiva xonligi va Buxoro amirligi ag‘darib tashlanib, ular o‘rnida “mustaqil respublikalar” tashkil qilinganligi bu masalada bolsheviklarni yana 4 yil sabr qilishlariga olib keldi. Xullas, sovet hokimiyati rahbariyati 1924-yil boshlaridan boshlab ushbu masalani hal qilishga jiddiy kirishdi.Sovet hokimiyatining chegaralanish siyosatiga dastavval Turkiston ASSR, BXSR va XXSR rahbarlari qarshi bo‘lishgan. 1924-yil fevralda Buxoro Kompartiyasi chegaralanish masalasi yuzasidan Fayzulla Xo‘jayev tomonidan yozilgan tezislarni qabul qildi. Unda RKP(b) MK O‘rta Osiyo byurosining bu sohadagi qarashlari xato ekanligi tanqid qilingan edi. 1920-yil 10-martda bo‘lgan Turkiston ASSR MIK va Turkiston Kompartiyasining birlashgan kengashida Sultonbek Xo‘janov, Sanjar Asfandiyorov, N.Paskutskiy kabi atoqli partiya xodimlari Sovet Sotsialistik Respublikalarining O‘rta Osiyo federatsiyasini tuzish takliꏨ bilan chiqdilar. Shu bilan birga S.Xo‘janov Turkiston yagona va butun, uning yaxlitligini buzish maqsadga muvofiq emas, deb ta’kidladi. Bundan tashqari, 1923-yil dekabrda Farg‘ona vodiysi vakillari RSFSR tarkibida Farg‘ona muxtor viloyatini tashkil etish to‘g‘risidagi taklif bilan chiqqan edilar. Xullas, munozaralar tobora qizib bordi.XXSR rahbarlarida ham alohida qarashlar bo‘lgan. 1924-yil 8-mayda bir guruh Xorazm rahbarlari RKP(b) MKga “Xorazmda milliy masalani hal qilish to‘g‘risida maktub” yuborib, unga Xorazmni chegaralanishga qo‘shmaslikni iltimos qildilar. Ular o‘zlarining shu nuqtayi nazarlarini respublikaning olisda joylashganligi, iqtisodiy jihatdan ajralib turganligi bilan asosladilar. Bu nuqtayi nazarni qo‘llab-quvvatlagan Xorazm Kompartiyasi Markaziy Komiteti mas’ul kotibi Qalandar Odinayev 1924-yil iyulda o‘z vazifasidan olib tashlandi.XXSR hududi dastlab chegaralanishga tortilmadi, biroq 1924-yil 26-iyulda Xorazm Kompartiyasining yangi rahbarlari respublikaning chegaralanishiga kiritilishiga o‘z roziligini bildirdi.

Tarix fani to’garak konspekti

Sana: ________________



Mavzu: O‘zbekiston SSRning tashkil topishi

O‘zbekiston SSRning tuzilishi, uning hududi va ahol isi. 1925-yil 13-fevralda Buxoroda maxsus qurilgan Xalq uyida Butuno‘zbek (O‘zbekiston SSR) Sovetlarining I ta’sis qurultoyi ochildi. Qurultoy faoliyatida Moskvadan maxsus kelgan Butunittifoq (SSSR) Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi raisi Mixail Kalinin qatnashdi va nutq so‘zladi. Qurultoy qatnashchilari tomonidan 17-fevralda “O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasini tashkil etish to‘g‘risida Deklaratsiya” qabul qilindi. Deklaratsiyada yangi tashkil topgan O‘zbekiston SSR tarkibiga Toshkent, Samarqand, Farg‘ona, Qashqadaryo, Zarafshon (Buxoro), Surxon daryo, Xorazm viloyatlari va Tojikiston ASSR kirganligi alohida ta’kidlandi. Qurultoyda respublikaning oliy organlari: O‘zbekist on SSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi (O‘zSSR MIK) va O‘zbekiston SSR Xalq Komissarlari Soveti (O‘zSSR XKS) tuzilgan. Taniqli davlat arbobi Fayzulla Xo‘jayev O‘zbekiston SSR Xalq Komissarlari Soveti raisi, “Qo‘shchi” uyushmasi faoli Yo‘ldosh Oxunboboyev O‘zbekiston SSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi raisi lavozimlariga saylanishdi. 1926-yil 29-sentyabrda O‘zbekiston SSR Sovetlari Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi V sessiyasining rayonlashtirish to‘g‘risida qarori qabul qilindi. Unga muvvofiq O‘zbekiston SSRda mavjud bo‘lgan 7 ta viloyat, 23 ta uyezd, 241 ta volost va 1163 ta qishloq jamoasi o‘rniga yangi ma’muriy bo‘linish o‘tkazilib, 10 ta okrug (Xorazm, Buxoro, O‘rta Zarafshon, Samarqand, Toshkent, Xo‘jand, Qo‘qon, Andijon, Surxondaryo, Qashqadaryo), alohida qozoq-qoraqalpoq Konimex tumani, 87 ta tuman va 1720 ta qishloq sho‘rosi tuzildi.O‘zbekiston Kommunistik partiyasining tashkil topishi. O‘zSSR tuzilishi arafasida, 1925-yil 6 – 12 fevralda eski Buxoro shahrida O‘zbekiston Kommunistik partiyasining I ta’sis syezdi ham bo‘lib o‘tdiSyezdda O‘zbekiston Kommunistik (bolsheviklar) partiyasi tashkiliy jihatdan rasmiylashtirildi. O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti mas’ul sekretarlari qilib Vladimir Ivanov va Akmal Ikromov saylandi. O‘zbekiston Kompartiyasi aslida Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi (KPSS)ning O‘zbekiston SSRdagi ⊮liali hisoblangan. Sovet hokimiyati yillarida respublika siyosiy hayotida O‘zbekiston Kommunistik partiyasi yetakchi rol o‘ynagan. O‘zbek xalqi tarixida XX asrda yuz bergan ko‘plab fojiali voqealar kommunistik partiya faoliyati bilan bog‘liqdir. O‘zbekiston partiya tashkiloti respublika va o‘zbek xalqi manfaatlarini hisobga olmasdan Moskvada ishlab chiqilgan qarorlarni bajarib keldi.O‘zbekiston SSR – Sovet Ittifoqi tarkibidagi milliy ittifoqdosh respublika. O‘zbekiston SSR Butunittifoq Sovetlarining III syezdida 1925-yil 13-may kuni SSSR tarkibiga qabul qilindi. SSSR 1922-yil 30-dekabrda 4 ta ittifoqdosh sovet respublikasi (RSFSR, Ukraina, Belorusiya, ZSFSR – Kavkazorti) asosida tashkil topgan edi. 1927-yil 30-martda O‘zSSR Sovetlarining II syezdida O‘zbekiston SSRning birinchi Konstitutsiyasi qabul qilindi.O‘zbekiston SSR tashkil qilinganidan so‘ng respublika davlat boshqaruvi organlari Ittifoq organlari tartibida va ulardan andoza olingan holda tuzilgan. Bu ittifoqdosh respublikalarning Markazdan turib boshqarishning eng oson va oddiy, shu bilan birga mustahkam shakli edi.Butun Ittifoqda bo‘lgani singari O‘zbekistonda ham mehnatkashlarning eng ommaviy tashkiloti kasaba uyushmalari (profsoyuzlar) ham partiya komitetlariga to‘la-to‘kis qaram bo‘lib qoldi. 1925-yil 21-martda bo‘lgan O‘zbekiston kasaba uyushmalari I ta’sis syezdida unga asos solindi. O‘zbekiston kasaba uyushmalari respublika soveti (Uzsovprof) Butunittifoq Kasaba uyushmalari Markaziy Soveti (VSSPS) rahbarligida ish olib borgan.

Tarix fani to’garak konspekti

Sana: ________________

Mavzu: Ikkinchi jahon urushi. Ikkinchi jahon urushidan keying xalqaro munosabatlar: “Sovuq urush”ning boshlanishi



Germaniyada fashistlarning hokimiyatga kelishi va xalq aro muno sabat lar. 1933-yil yanvarda Germaniyada A. Gitler boshchiligidagi natsional-sotsialistik ishchi partiyasi hokimiyatga keldi. U Germaniyaning Birinchi jahon urushidagi mag‘lubiyati uchun o‘ch olishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan urush part iyasi edi Ikkinchi jahon urushining boshlanishi. 1939-yil 1-sentabr kuni Germaniyaning Polshaga bostirib kirishi bilan Ikkinchi jahon urushi boshlandi va 1945-yil 2-sentabrgacha davom etdi. Polshaga yordam berishni va’da qilgan Buyuk Britaniya va Fransiya 3-sentabr kuni Germaniyaga urush e’lon qildi.Sovet rahbarlari paytdan foydalanib qoldi. 1939-yil 17-sentabr kuni Polshaga sovet qo‘shinlari kiritildi. Germaniya bilan SSSR o‘rtasida do‘stlik shartnomasi imzolanib, unda Polsha davlati siyosiy xaritadan butunlay o‘chirib tashlandi.1939 – 1940-yillarda sovet – fi n urushi bo‘lib o‘tdi. Sovetlar juda katta yo‘qotishlar evaziga Kareliyani Viborg shahri bilan birga SSSR tarkibiga qo‘shib oldi. Ammo tezkor g‘alaba qilish va Finlandiyani qaram davlatga aylantirish rejasi amalga oshmadi. SSSR tajovuzkor davlat sifatida Millatlar Ligasi tarkibidan chiqarildi. 1940-yil martda SSSR Finlandiya bilan sulh tuzishga majbur bo‘ldi.1940-yil sentabrda Germaniya, Ya poniya va Italiya o‘rtasida harbiy hamkorlik to‘g‘risida kelishuv – Uchlar pakti imzol andi. Tez orada bu pakt ga Vengriya, Ruminiya, Slovakiya va Bolgariya ham qo‘shildi. Germaniyaning SSSRga bostirib kirishi. Germaniya bilan SSSR o‘rtas idagi urush muqarrar bo‘lib, G‘arbiy Yevropaning egallanishini Gitler o‘zin ing asosiy rejasi – Sharqqa yurish uchun tayyorgarlik sifatida qarayot gan edi. Gitler SSSRni shidd at bilan tor-mor qilishni ko‘zda tutgan «Barb arossa» rejasini tasdiqladi.1941-yili 22-iyunda Germaniya SSSRga bostirib kirdi. Germa niya ning hujumi SSSR uchun kutilmaganda yuz berganligi I. Stal inning eng yirik xatolaridan biri bo‘ldi.Antigitler koalitsiyaning tuz ilishi. Germaniya SSSRga hujum boshlashi bilan Bu yuk Brit aniya bosh v aziri U. Cherchill va AQSH prezi denti F.D. Ruzv elt sovetlar bilan birdamligini e’lon qildi.1941-yil avgustda AQSH va Buyuk Britaniya urush payti va undan keyingi hamkorlik tam oyillari to‘g‘risida deklarats iyani – Atlantik xar tiya ni imz oladi. Bu hujjatni imz olagan tomonlar hududiy va boshqa boyl iklarni egallab olishga intilmasl ik, xalqlarning o‘z boshqaruv shaklin i erkin tanl ash huquqini hurmat qilish, zo‘ravonlik yo‘li bilan suverenit eti dan mahr um qilingan xalqlarn ing o‘z huquqlarini tiklashga intilishini qo‘llab-quvvatlash majburi yati ni o‘z zimmasiga oldilar. 1941-yil sentabrda SSSR Atlantik xartiyaning asosiy tamoyill arini qabul qildi.Tinch okeanida Yaponiya boshl agan jangovar harakatlar AQSHning urushga qo‘shilis hini va ant igitler koalitsiyaning batamom shakllanishini tezlashtirdi.1941-yil dekabrda AQSHning urushga qo‘shilishi bilan antif as histik koalitsiya tashkiliy jihatdan rasmiyl ashtirildi. Koalitsiya a’zolari va Uchlar ittifoqiga qarshi urushay otgan boshqa davlatl ar hukumatlari Deklaratsiya imzoladilar. Unda dushman ust id an g‘alabaga erishish uchun barcha imkoniyatlarni safarbar qilish, separat sulh tuzmaslik majburiyatla ri yuklandi, urushdan keyin dunyo tartibi At lan tik xartiya tamoyillari asosida o‘rnatilishi belgilab qo‘yildi. Urushning borishi. AQSH urushga qo‘shilishi bilan antigitler koalitsiya davlatlari moddiy va insoniy resurslarda so‘zsiz ustunlikka erishdi.

Antigitler koalitsiya a’zolari urushda g‘alaba qozonib, insoniyat sivili zatsiyasi tarixida yangi sahifani ochganlarida, bu sahifaga nimalar yoziladi-yu, uning mazmuni qanday bo‘lishini hali hech kim ayta olmasdi. Ammo bor-yo‘g‘i 30 yil ichida insoniyat tarixidagi eng dahshatli ikkita urushga bevosita guvoh bo‘lgan dunyo xalqlarini tinch-totuv yashash istagi, tinch rivojlanish orzusi birlashtirib turardi. «Sovuq urush»ning boshlanishi. Dunyoni hududiy qayta bo‘lish uchun olib borilgan ikkita jahon urushlaridan so‘ng dunyodagi kuchlar nisbatida katta o‘zgarishlar yuz berdi. G‘arbning liberal-demokratik davlatlari bilan SSSR o‘rtasida ziddiyatlar kuchayib bordi. Urushdan so‘ng AQSH sovet – Amerika munosabatlari tarixida birinchi marta SSSRga qarshi yadro qurolin i qo‘llashi mumkinligi bilan tahdid qildi. Iste’foda bo‘lsa-da, urush yillari katta obro‘ orttirgan U. Cherchill 1946-yil martda AQSHning Fulton shahrida Vestmin ster kolleji tinglovc hilari oldida so‘zga chiqib, AQSHga «tinchliksevar xalql arn ing sovet tajovuziga» qarshi kuras higa boshchilik qilishni taklif qildi. U. Cherchill ushbu nutqida qo‘llagan «temir parda» iborasi uzoq vaqt G‘arb bilan Sharq o‘rtasidagi ramziy chegara bo‘lib qoldi.1947-yil iyun oyida AQSH davlat kotibi J. Marshall Yevropa maml akatl ariga urush oqibatl arini bartaraf qilishda yordam ko‘rsatish g‘oyasini ilgari surdi. Sovet diplomatiyasi «Marshall rejasi»ni rad etdi. Sovet lar «Mar shall rejasi»ni SSSRning Sharqiy Yevropadagi ta’siriga navbatd agi xavf, Amerika kapitalining Yevropani egallash uchun urinishi, deb bah oladi. Voqealarning keyingi rivoji bu baho uncha to‘g‘ri emasli gini ko‘rsatdi. Yevropaning ikki guruhga, bir tomondan, «Marshall rejasi»ni qabul qilgan va AQSH bilan yaqinlashuv yo‘lini tanlagan davlatlar, ikkinchi tomondan, taraqqiyotning sotsialistik yo‘lini va SSSR bilan hamkorlikni tanl agan davlatlarga bo‘linishi ancha uzoq davom etgan qarama-qars hilikni boshlab berdi. Yevropa qit’asida, keyin esa butun dunyo miqyosida bir-biriga qarama-qarshi turgan harbiy-siyosiy va iqtisodiy ittifoqlar tizimishakllandi. Dunyoning eng katta davlatlari – AQSH va SSSR bu ittifoql arning markazlariga aylandi.1949-yil yanvarda SSSR va Sharqiy Yevropaning ko‘pchilik davlatlari iqtisodiy ittifoq – O‘zaro Iqtisodiy Yordam Kengashi (O‘IYK) tuzil gan ligini e’lon qildilar. O‘z navbatida G‘arb davlatlari 1949-yil aprelda Shimoliy Atlantika Shartnomasi tashkiloti (NATO) deb ataluvchi harbiy-siyosiy tashkilotni tuzdilar. NATOga javob tariqasida 1955-yili SSSR va Sharqiy Yevropa davlatlarining harbiy-siyosiy ittifoqi – Varshava Shart nomasi Tashkiloti tuzildi.



Tarix fani to’garak konspekti

Sana: ________________

Mavzu: O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini kollektivlashtirish siyosati hamda quloqlarning surgun qilinish O‘zbekistonda industrlashtirish siyosatining amalga oshirilishi va kadrlar masalasi

Mamlakatda industrlashtirish siyosatiga o‘tilishi va besh yillik rejalarining ishlab chiqilishi. Mamlakatda qishloq xo‘jaligini zo‘ravonlik bilan kollektivlashtirish jarayonida 1928-yili sanoatni industrlashtirish ham amalga oshirildi. Aslini olganda mamlakatning markaziy organlari tomonidan 1925-yil dekabrda bo‘lgan VKP(b) XIV syezdida SSSRda iqtisodiyotni rivojlantirishning hal qiluvchi vositasi sifatida sotsialistik industrlashtirishga o‘tish ommaviy tarzda e’lon qilingan edi. Mamlakatning iqtisodiy, siyosiy va madaniy taraqqiyoti zamonaviy sanoatni vujudga keltirishga bevosita bog‘liq edi. Bu maqsadga tez muddatda erishishning aniq yo‘llarini ishlab chiqish talab etilardi.O‘zbekiston uchun sanoat qurilishini keng sur’atda jadallashtirish nihoyatda zarur edi. Chunki respublika iqtisodiyoti bu davrda ham agrar xususiyatga egaligicha qolayotgan edi. 1927-yilda O‘zSSR xalq xo‘jaligida qishloq xo‘jaligining salmog‘i 62,6 %, sanoatning salmog‘i 37,4 % ni tashkil etar, shu bilan birga sanoat ishlab chiqarishining 90 foizi qishloq xo‘jalik xomashyosini qayta ishlashga asoslangan edi. Iqtisodiyot xomashyo yo‘nalishida bo‘lgani sababli respublika sanoati faqat bir tomonlama ixtisoslashtirilayotgan edi. Buning ustiga industrlashtirish siyosati qishloq hisobidan amalga oshirildi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarining xarid narxlari pasaytirildi. Natijada dehqonlar qashshoqlashib, mamlakatda oziq-ovqat muammosi keskinlashdi. Mahalliylashtirish komissiyasi rahbariyati zimmasiga O‘zbekistondagi o‘quv yurtlari, ilmiy va madaniy-oqartuv (xalqning bilim va ongini oshirish) tashkilotlari, sanoat korxonalarini mahalliylashtirish asosiy rejasini ishlab chiqish yuklatildi.1925-yil 22 – 30-noyabrda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Kommunistik partiyasining II syezdida “Partiya, sovet, xo‘jalik, kasaba uyushmalari va kooperativ tashkilotlariga mahalliy aholini jalb qilish” masalasi ko‘rib chiqildi. Syezdda davlat, xo‘jalik, sovet, jamoat va savdo tashkilotlariga mahalliy millat vakillarini ko‘proq jalb qilish, shu yo‘l orqali shahar va qishloq mehnatkashlarining mamlakatda sotsializm qurilishiga faol ishtirokini ta’minlash masalasi muhokama qilindi. Bundan tashqari boshqaruv va rahbarlik ishlariga ishchi, dehqon va ziyolilardan mahalliy kadrlar tayyorlash zarurligi uqtirildi.1927-yil 8-yanvarda O‘zbekiston SSR MIK huzuridagi “Davlat apparatini mahalliylashtirish Markaziy komissiyasi”ning nomi “Davlat apparati va sanoatni O‘zbeklashtirish Markaziy komissiyasi” deb o‘zgartirildi. 6-iyunda O‘zbeklashtirish Markaziy komissiyasining Nizomi kuchga kiritildi. Komissiya o‘z faoliyatida o‘zbek aholisi ko‘proq bo‘lgan tumanlardagi barcha davlat, jamoat, kooperativ muassasalari va tashkilotlarida ish yuritishni o‘zbek tilida olib borishlari shart edi.O‘zbekiston Kommunistik partiyasining 1927-yil 16 – 24-noyabrda bo‘lgan III syezdida “Davlat apparatini mahalliylashtirish va yerli millat ishchilarini ishlab chiqarishga jalb qilish to‘g‘risida”gi masala ko‘rildi.

Tarix fani to’garak konspekti

Sana: ________________

Mavzu: 1946-1991-yillarda Amerika Qo‘shma Shtatlari



Ikkinchi jahon urushidan keyin boshqa rivojlangan maml akatlarga nisbatan AQSH uchun juda qulay sharoit vujudga keldi. Paydo bo‘lgan qulay imkoniyatlardan foydalangan AQSH yangi bozorlarni egallab oldi. Tovarlar eksport qilishni, undan ham ko‘proq ilmiytexnik imkoniyatini oshirdi. AQSH G‘arb dunyosining siyosiy, iqtisodiy va harbiy yetakchisiga aylandi. Iqtisodiy rivojlanish. Urushdan key ingi yillarda ilk bor AQSHda harbiy ishlab chiq arishn ing konversiyasi amalga oshi rildi. 1940-yillarning oxiridan boshlab barq aror va to‘xtovsiz o‘sish AQSH iqtisodiy tizimining o‘ziga xos jihati bo‘lib qoldi. 1950-yillarda AQSH iqtisodiyoti boshqa G‘arb davlatlari iqtis odiyotiga nisbatan sek in o‘sganligiga qaramasdan, u barcha ko‘rsa tkichlar bo‘yicha haqiqiy iqtisodiy yet akchi bo‘lib qolaverdi. 1970-yillar boshiga kelib iqtis odiy o‘sish sur’atlari sekinlashdi. Amer ika valutasiga nisbatan ishonch sizlik kuchaydi. G‘arb davl atlari jiddiy iqtisodiy inqirozni boshdan kechirdi. Bu inqiroz boshq a rivojla ngan davlatlarga nisbatan AQSHda ancha og‘ir kechdi.1980-yilgi prezidentlik saylov la rida g‘alaba qozongan Ronald Reygan ma’m uriyati inqirozdan chiqish yo‘lla rini topishga urinib, davl atning iqtis odga aralashuvini chekladi, sarmoya kiritish uchun katta soliq imtiyozlari joriy qildi. Xususiy tashabb us rag‘batlantirildi. Bu va boshqa bir qator tadbirlar «Reyganomika» nomini oldi. «Reyganomika» AQSH uchun yaxshi natijalarga olib keldi. Infl atsiya pasaydi, ishsizlik kamaydi, iste’mol buyumla riga talab ortdi. Chet el kapitalining kirib kelishi ancha kuchaydi. 1990-yillar boshida AQSH iqtisod iyotida qisqa muddatli retsessiya kuzatildi. O‘sish sur’atlarining pasayishi xo‘jalikning hamma jabhalarini qamrab oldi. Siyosiy rivoj la nish. 1940-yillar oxiri– 1 950-yillar boshi AQSHda siyosiy reaksiyaning avj olishi bilan xarakterlanadi. Bu ko‘p jihatdan boshl angan «sovuq urush» bilan bog‘liq edi. 1952-yilgi saylovlarda respublikachilar partiyasidan nomzod Duayt Eyzenxauer g‘olib chiqd i. AQSH hukumatini u boshqarg an dastlabki yillard a reaksiya yanada kuchaydi 1960-yillari fuq ar olar tengligi uchun har akat o‘zining eng yuqori nuqtasiga yetdi. Ko‘plab joylarda qora tanlilarning g‘alayonlari bo‘lib o‘tdi. Bunga qarshi o‘ta o‘ng harakat vakillari siyosiy qotilliklarni amalga oshira boshladilar. 1963-yili AQSH prezidenti Jon Kennedi, 1968-yili qora tanlilar tengligi uchun harak atn ing eng mashhur arbobi, Nobel tinchlik mukofoti sovrindori, ruhoniy Martin Lyuter King o‘ldir ildi. 1960-yill ardagi fuqar olar huquql ari uchun harakatning o‘ziga xos tomoni shundaki, u ommaviy ijtimoiy norozilik harakatlari bilan bir paytga to‘g‘ri keldi. Bu harakat vakillari, ayniqsa, AQSH Vyetnamda olib borayotgan u rushga qarshi keskin norozilik namoyishl arini uyushtirdi. Shunday qilib, 1960-yillar ijtimoiy-siyosiy burilishl ar davri bo‘ldi. Respublikachilarning hokimiyatga qaytishi Amerika jamiyatiga to‘liq barqarorlik olib kelmadi. Demokratlar partiyasining Uotergeyt mehmonxo nasidagi saylovoldi shtabiga respublikachilar vakillari tomonidan xufi ya eshitish vositalarining o‘rnatilishi «Uotergeyt ishi» nomli siyosiy janj alga aylanib, prezident Richard Niksonning impichmentiga (iste’fosiga) olib keldi. Hokimiyatning yuqori qatlamida korrupsiya hollari ko‘paydi. Bularn ing hammasi ijro va qonunchilik hoki miyatiga amerikaliklarning ishonc hini so‘ndirdi.1980-yillar – 1990-yillarning boshlari neokonservatizm g‘oyasi tantanasi davri bo‘ldi. Bu yillarda AQSH ichki taraqqiyotda ham, xalqaro mayd onda ham katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Tashqi siyosat. Jahonda yetakchilik mavqeyini egallab olgan

Tarix fani to’garak konspekti

Sana: ________________

Mavzu: O‘zbek xotin-qizlarining ozodlikka chiqarish jarayoni va muammolar



“Hujum” harakatining o‘tkazilishi. O‘zbek ayollari va qizlarining hayoti asrlar davomida islom dini shariati ko‘rsatmalari asosiga qurilgan edi. Sovet hokimiyati o‘rnatilgach, Sharq ayollarini “ozodlik”ka chiqarish, eski turmush tarziga hujum qilish, ayollarning chachvon va paranjisini tashlab yangi zamon qurayotganlar sa녠ga tezroq qo‘shilishi kabi muammolar kun tartibiga qo‘yildi. Bolsheviklar tomonidan O‘rta Osiyo respublikalarida, xususan, O‘zbekistonda bu muammo qisqa muddat davomida shoshilinch hal qilindi, natijada katta yo‘qotishlar yuz berdi, ko‘plab xotin-qizlar eskilik va xurofot tarafdorlarinnig qutqusi bilan o‘z yaqinlari tomonidan o‘ldirildi. O‘zbek ayollarini ozodlikka chiqarish va yangi turmushga jalb qilish, darhaqiqat, kerak edi. Biroq bu ishni bolsheviklar va sovet hokimiyati vakillari tanlagan tezkor yo‘l bilan emas, balki asta-sekin va bosqichma-bosqich amalga oshirilganda katta qurbonlar va yo‘qotishlar bo‘lmas edi.“Hujum” kompaniyasi 1926-yil sentyabrda O‘rta Osiyo xotin-qizlari ken gashida e’lon qilinib, uni 1927-yil 8-martdan boshlashga qaror qilindi. 1926-yil dekabrda “Hujum” kompaniyasini o‘tkaz ish uchun O‘rta Osiyo respublikalari, xususan, O‘zbekistonda maxsus komissi yalar tuzildi. 1927-yil 8-martda ommaviy mitinglar boshlandi. Ularda 100 000 dan ortiq xotin-qizlar paranjilarini gulxanda yoqdilar. Lekin bolsheviklar partiyasining o‘zbek xotin-qizlarini ozodlikka chiqarishni tezlashtirish siyosati yomon oqibatlarga olib keldi. “Hujum”ga qarshi bo‘lganlar ayollarga nisbatan zulm o‘tkaza boshladilar. “Hujum” harakati eng faol o‘tkazilgan 1927-1928-yillarda O‘zbekistonda 2500 dan ortiq faol xotin-qizlar, tuman va qishloq sho‘rolarining a’zolari, xotin-qizlar klublari va kutubxonalar mudiralari, muallimalar yangi hayot yo‘lida o‘z jonini qurbon qildi. Afsuski, bu fojialarning oldi olinmadi. Xotin-qizlar mehnatining ijtimoiy-iqtisodiy muammolari. Sovet hokimiyati o‘zbek xotin-qizlarini ozodlikka chiqarish jarayonida ularni ishlab chiqarishga jalb qilish tadbirlarini ham amalga oshirdi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad xalq xo‘jaligi muammolarini hal qilish uchun yangi mehnat resurslari bo‘lgan ishchi kuchlarini vujudga keltirish edi.Xotin-qizlar dastlab hunarmandlik kooperatsiyasiga jalb qilindi. Xotin-qizlar klublarida ayollar uchun maxsus xonalar ochilib, ular bunday joylarda do‘ppi va choyshablar tikishardi. Keyinchalik, hunarmandchilik kooperatsiyasi tarkibida maxsus ayollar artellari tashkil qilindi. 1926-yili O‘zbekistonda 16 ta yirik ayollar artellari bo‘lib, ularda 814 nafar mahalliy xotin-qizlar mehnat qilardi. Ayollar qilgan mehnatlari evaziga maosh olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. 1930-yilda respublika hunarmandchilik kooperatsiyasining 50 dan ortiq artellarida 5000 nafardan ko‘proq mahalliy ayollar ishlardi. Ularning ko‘pchiligi tikuvchilik korxonalarida mehnat qilganlar. Xotin-qizlar yirik sanoat korxonalariga ham jalb qilina boshlandi. Bu ish umuman olganda ijobiy jarayon edi. Lekin ko‘p hollarda ma’muriyat puxta o‘ylab ko‘rmay, ayollarni og‘ir vazifalarga qo‘ydilar. Ayollarni ishga tayinlashda ularning nozik jins vakilasi – ojiza ekanligi e’tiborga olinmadi. Bu holat ularning sog‘lig‘iga jiddiy shikast yetkazardi.Kolxozlar va sovxozlar tashkil qilingandan so‘ng ayollarni ularga mos bo‘lmagan kasb – traktorchilikka o‘rgatish avj oldi. Faqat 1939-yilda 2500 nafar xotin-qizlar traktorchilar kursida o‘qishga majburan jalb qilindi. Kursni tugatgan xotin-qizlarning ko‘pchiligi traktorchi bo‘lib ishlamasdi.O‘zbek ayollarining yangi jamiyatda tutgan mavqeyi hamda ziddiyatli “Hujum” harakatining o‘tkazilishi. O‘zbek ayollari va qizlarining hayoti asrlar davomida islom dini shariati ko‘rsatmalari asosiga qurilgan edi

Tarix fani to’garak konspekti

Sana: ________________

Mavzu: 1946-1991-yillarda Sovet ittifoqi



Urushdan keyin SSSRda totalitar tuzumning kuchayis hi. Sovet xalq lariga juda katta kulfat olib kelgan Ikk inchi jahon urushi yakunlandi. Urushda 27 mln. sovet fuqarolari halok bo‘ldi, 12,5 mln. k ishi nogiron bo‘lib qoldi, mamlakat juda katta moddiy zarar ko‘rdi. Xalqaro miqyosda SSSRning roli keskin oshganligiga, u dunyon ing qudratli davlatlaridan biriga aylanganiga qaramasdan, urush sovet xalqi uchun juda qimmatga tushdi. Shunchalar ko‘p hudud vayron qilindiki, ularni tiklash bir necha o‘n yillarga cho‘zilishi mumkin edi. Deyarli har bir sovet oilasi yaqin kishisidan ayrildi. «Marshall rejasi» bo‘yicha AQSHdan yordam olgan G‘arb davlatlaridan farqli ravishda SSSR iqtisodiyotni to‘liq ichki resurslar hisobiga, o‘z kuchi bilan tikladi. Sovet kishilarining matonatli mehnati tufayli vayron bo‘lgan zavodlar, shaharlar qayta qurildi, infratuzilma tiklandi. Xalqning mehn at ishtiyoqi chin dildan bo‘lib, ular farzandl ari uchun tinch va farovon hayotn i ta’minlash yo‘lida turmush qiyinc hiliklariga ham tayyor edi.Juda katta siyosiy-ma’muriy bosim, yengil sanoat va qishloq xo‘jalig ini talash hisobiga hamda mehnatkash ommaning tashabbusini mafkuravi y rag‘batlantirish tufayli 1950-yili sanoat ishlab chiqarishi hajmi urushdan oldingi darajasidan oshib ketdi.«Iliqlik» davri. 1953-yil 5-mart kuni I. Stalin vafot etdi. Stalin ning o‘li midan so‘ng hokimiyat uchun kur ashda Nikita Xrushchyov g‘olib chiqdi.N. Xrushchyov hokimiyatda turgan yillar (1953 – 1964) tarixda «iliqlik» davri degan nom olgan.Jamiyatni siyosiy liberall ashtir ish ham boshlandi. 1956-yil fevralda KPSS XX syezdida N. Xrushchyov «Shaxsga sig‘inish va uning oqibatlari to‘g‘risida» nutq bilan chiqdi. Bu nutq o‘zining barcha kamchilikla riga qaram asdan, sovet totali tar davlatining xarakterini, Stalin va uning sherikl ari amalga oshirgan jin oyat larni ochib tashladi, shaxsga sig‘inishning mohiyati va ko‘lamini anglash jarayonini boshlab berdi. Jamiyatda o‘ta ochiq bo‘lmasa-da, bu muammolar keng miqyosda muhokama qilina boshlandi. Stalin davrida qatag‘on qilinganlarni oqlash jarayoni ommaviy tus oldi. Ayni paytda, XX syezd xalqaro kommunistik harakatning inqirozini boshlab berdi va sotsial istik tizim oxirigacha bu inqirozdan chiqa olmadi.Shu tariqa, 1950-yillar o‘rtalariga kelib mamlakatda mavjud totalitar tuzum bir qadar liberallashtirildi. Ammo bu harakatlar o‘tish davriga xos xarakterga ega edi. 1958-yil martda N. Xrushchyov KPSS MK Birinchi sekretari lavozimiga SSSR Ministrlar Sovetining Raisi lavozimini ham qo‘shib oldi. Shu tariq a N. Xrushchyov mamlakatda yagona liderga aylanib qoldi. I. Stalin o‘limidan so‘ng boshlangan mamlakat hayotini demokratizatsiyalash jarayoni ham vaqt incha to‘xtat ild i.1950-yillar oxiridan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishning o‘sish sur’atlari ancha susaydi. Oqibatda oziq-ovqat mahsul otlarining taqchilligi yuzaga kelib, SSSR borgan sari chetdan ko‘proq g olishga majbur bo‘ldi. Qishloq aholisi, birinchi navbatda yoshlarning shaharl arga ko‘chib ketishi kuchaydi.


Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin