25.4. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab olib borilgan tinchliksevar tashqi siyosat O‘zbekistonmustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab xalqaro hamjamiyatda tinchlikparvar tashqi siyosatini yo‘lga qo‘ydi. Xorijiy davlatlar bilan hamkorlikda o‘zaroishonch va tenglik, manfaatdorlik ruhi shakllandi. Davlatimizning jahon hamjamiyati bilan hamkorlik ko‘lami yil sayin kengayib, siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy-madaniy va harbiy sohalarda namoyon bo‘lmoqda. O‘zbekistonda xorijiy sarmoyadorlarning faoliyat olib borishlari uchun yaratilgan sarmoyaviy muhit, ulkan imtiyoz va imkoniyatlarga ko‘plab davlatlar ishbilarmonlarining qiziqishi kuchaymoqda. Ko‘plab xorijiy qo‘shma korxonalar bilan hamkorlikda yirik iqtisodiy zonalarning tashkil etilishi yurtimizda tinchlikparvar tashqi siyosat amalga oshayotganligining tasdig‘idir.
O‘zbekistonjahonda xalqaro hamda mintaqaviy masalalarga oid tinchlikparvar tashqi siyosat asosida, avvalo, terrorizmga qarshi qat’iy turib, mintaqadagi barqarorlikni mustahkamlashga o‘zhissasini qo‘shib kelmoqda. O‘zbekistonning bugungi tinchliksevar tashqi siyosati va yuksak taraqqiyoti dunyo ahlining e’tiborini jalb etmoqda. Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab O‘zbekistonning milliy manfaatlariga mos keladigan puxta tashqi siyosat yo‘lini belgilash, jahon hamjamiyatiga qo‘shilish, xorijiy mamlakatlar bilan siyosiy, diplomatik, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy aloqalar o‘rnatish masalalari dolzarb vazifa sifatida kun tartibida turardi. Davlatimiz mustaqilligini mustahkamlash, mamlakatimizning xavfsizligi, barqarorligi va taraqqiyoti ko‘p jihatdan ana shu vazifalarning bajarilishiga bog‘liq edi. Mustaqillikdan keyin respublikaning tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarini tartibga soladigan qonunlar qabul qilindi. Xalqaro huquq normalarining ichki qonunlardan ustunligi respublika qonunchilik faoliyatida o‘zifodasini topib, respublika qonunlari xalqaro huquq normalariga doimo muvofiqlashtirilmoqda va yaqinlashtirilmoqda.
O‘zbekistonning tashqi siyosatiga tinchlik, barqarorlik va hamkorlik yo‘li asos qilib olinib, O‘zbekistonRespublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillariga quyidagilar taalluqlidir:
-mafkuraviy qarashlardan qat’iy nazar hamkorlik uchun ochiqlik, umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik;
-davlatlarning suveren tengligi va chegaralar dahlsizligini hurmat qilish;
-boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik;
-nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish;
-kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik;
-inson huquqlari va erkinliklarini hurmatlash;
-ichki milliy qonunlar va huquqiy normalardan xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan qoidalari va normalarining ustivorligi;
Davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzish, hamdo‘stliklarga kirish va ulardan ajralib chiqish;
-tajovuzkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik;
-davlatlararo aloqalarda teng huquqlilik va o‘zaromanfaatdorlik, davlat milliy manfaatlarining ustunligi;
-tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko‘p tomonlama kelishuvlar asosida rivojlantirish, bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslik.
O‘zbekistonPrezidenti Shavkat Mirziyoyevning turli mintaqalarda yuz berayotgan qarama-qarshilik, kelishmovchiliklar va to‘qnashuvlarni siyosiy muzokaralar, tinchlik yo‘li bilan hal etishga doir yondashuvlari diqqatga sazovor bo‘lib, Mamlakatimizda qabul qilingan Harakatlar strategiyasiga muvofiq, biz tashqi siyosat sohasida barcha uzoq va yaqin davlatlar, avvalo, qo‘shni mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar bilan do‘stona va o‘zaromanfaatli hamkorlik aloqalarini har tomonlama rivojlantirish siyosatini izchil davom ettiramiz. Biz O‘zbekistonRespublikasining xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va xalqaro moliya institutlari bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarda tuzilgan shartnoma va kelishuvlarni o‘zvaqtida, to‘liq va sifatli bajarish bo‘yicha barcha zarur chora-tadbirlarni ko‘ramiz1.
Samarqand shahrida har ikki yilda o‘tkaziladigan, o‘ziga xosligi va betakrorligi bilan jahonga dovruq taratgan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali ham O‘zbekistonning yaxshi an’anaga aylangan tinchlikparvar tashqi siyosati uchun yorqin misol bo‘la oladi. 1997-yil 11-martda qabul qilingan Respublika hukumatining “Sharq taronalari” Xalqaro musiqa festivalini o‘tkazish to‘g‘risida” qarori musiqa san’atining noyob namunalarini keng targ‘ib qilish, rivojlantirishda dasturulamal bo‘lib xizmat qildi. 1997-yil 25-avgust – 2-sentyabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tgan “Sharq taronalari” birinchi Xalqaro festivalida dunyoning 31 ta mamlakatidan ijrochilar, san’atkorlar, jamoat arboblari ishtirok etdilar, festivalda yangragan o‘zbek ohanglari, kuy-qo‘shiqlari jahon uzra aks-sado berdi. Har ikki yilda Samarqandda “Sharq taronalari” Xalqaro festivalini o‘tkazish an’anaga aylanib, keyingi festivallar 1999, 2001, 2003, 2005, 2007, 2009, 2011, 2013, 2015, 2017 yillarda bo‘lib o‘tdi. 2019 yilda ham an’anaviy “Sharq taronalari” o‘n ikkinchi Xalqaro festivali bo‘lib o‘tadi. “Sharq taronalari” musiqa festivali o‘zining betakror ruhi va qiyofasi, xalqlar o‘rtasida do‘stlik rishtalarini mustahkamlash, musiqa san’ati an’analarini asrash, madaniy muloqotni rivojlantirish borasidagi ezgu maqsad-muddaolari bilan qisqa muddatda yuksak darajaga erishdi, - deydi Prezident Shavkat Mirziyoyev, - Bu borada siz, azizlar kabi fidoyi tashkilotchi va ishtirokchilarning munosib hissangiz borligini biz yaxshi bilamiz va yuksak qadrlaymiz. ...Agar 1997 yilda, dastlabki musiqa bayramida dunyoning 31 ta davlatidan 57 nafar san’atkor qatnashgan bo‘lsa, bu yil 58 ta mamlakatdan 241 nafar mohir xonanda va sozanda ishtirok etmoqda. “Sharq taronalari” festivali bugungi kunda YuNESKO tomonidan musiqa olamining yirik xalqaro forumi sifatida e’tirof etilgani va bu ibora dunyo bo‘ylab baralla yangrayotgani, hech shubhasiz, uning nufuzi va ahamiyati tobora ortib borayotganidan dalolat beradi1.
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tashqi siyosatdagi yangiliklar va erishilgan kelishuvlar bugungi xalqaro munosabatlarda yorqin aks etmoqda.
O‘zbekistonning qo‘shni mamlakatlarga nisbatan yangicha bo‘lgan ochiq va yaxshi qo‘shnichilik siyosati mintaqaviy bahslarni hal etishda muhim rol o‘ynamoqda.
O‘zbekistonning bugungi mintaqaviy siyosatida ijobiy jarayonlar shakllanib, Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida amalga oshirilayotgan tinchliksevar va xalqaro do‘stona tashqi siyosat o‘zining samaradorligi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekistonning tashqi siyosatida quyidagilarga alohida e’tibor qaratilmoqda: eng avvalo, har bir davlat bilan hamkorlik qilishda turli mafkuraviy qarashlardan qat’inazar ochiqlik siyosatini olib borish, davlatlarning teng huquqlilik va o‘zaromanfaatlari, suverenitet, hududiy yaxlitligi, chegaralarining dahlsizligini doimo hurmat qilish, hech bir davlatning ichki siyosatiga aralashmaslik, turli munozaralarni doimo tinch yo‘l bilan hal etish choralarini ko‘rish, biron bir harbiy-siyosiy bloklarda ishtirok etmaslik, tinchlikparvar tashqi siyosat negizida o‘zhududida xorijiy davlatlar harbiy bazalarining joylashuviga yo‘l qo‘ymaslik masalalari O‘zbekistonning tashqi siyosatida e’tibor qaratilayotgan masalalardir.
O‘zbekistonning yangilangan Milliy xavfsizlik Konsepsiyasi va O‘zbekistonTashqi siyosiy faoliyati Konsepsiyasida ushbu tamoyillarga alohida e’tibor qaratilgan. Qolaversa, Prezident Shavkat Mirziyoyevning faoliyatida Markaziy Osiyodagi tinchlikparvar tashqi siyosat muhim ustuvor yo‘nalish qilib belgilangan. Bu jarayon 2017-2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ham o‘zaksini topgan. O‘zbekistonRespublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi beshinchi ustuvor yo‘nalishi 2-qismi Chuqur o‘ylangan, o‘zaromanfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar, deb nomlanib, bu yerda quyidagi
masalalarga asosiy e’tibor qaratildi: - davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mamlakatning xalqaro munosabatlarning teng huquqli sub’yekti sifatidagi o‘rni va rolini oshirish, rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, O‘zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish; - O‘zbekistonRespublikasining xalqaro nufuzini mustahkamlash, mamlakatda olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida jahon hamjamiyatiga xolis axborot yetkazish; -O‘zbekistonRespublikasining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatining normativ-huquqiy bazasini hamda xalqaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish; - davlat chegarasini demilitarizasiya va demarkasiya qilish masalalarini hal etish1.
O‘zbekistonning olib borayotgan tinchlikparvar tashqi siyosati negizida mintaqada yangicha siyosiy barqaror muhit shakllandi. Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi munosabatlar yangi bosqichga chiqib, milliy manfaatlarni o‘zarohisobga olish va hurmat qilish, ochiqlik va siyosiy ishonch singari xususiyatlar vujudga keldi. O‘zbekistono‘zqo‘shnilari o‘rtasidagi davlat chegaralarini demilitarizasiya va demarkasiya qilish masalalari bo‘yicha katta yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Qo‘shni davlatlar bilan hamkorlikda ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha ham bir qator kelishuvlarga erishildi. O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston o‘rtasida 2018-2019 yillarda Kompleks tadbirlar rejalari ishlab chiqildi. Shu asosda 2018 yilning iyul oyidan sentyabr oyiga qadar O‘zbekiston
Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlatlari o‘rtasida birgalikda antiterrorchilik mashg‘ulotlari olib borildi.
Davlatimizning tinchlikparvar tashqi siyosatida Afg‘oniston muhim ahamiyatga ega bo‘lib, diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash bu davlatdagi muammolarni hal etishda dolzarb sanaladi. Afg‘onistonda tinchlikni saqlash masalasi Markaziy Osiyoda xavfsizlikni ta’minlashga bog‘liq bo‘lgan dolzarb masalalardan biridir.
Barchamiz qat’iy ishonamizki, xavfsizlik yagona va bo‘linmasdir va uni faqat birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan ta’minlash mumkin, - deydi Prezident Shavkat Mirziyoyev, - Biz xavf-xatarlarning ba’zi birlarini “o‘zimizniki”, boshqasini esa “birovniki” deb qabul qilmasligimiz kerak, aniqroq aytganda, bunday qilishga haqqimiz yo‘q. Afg‘oniston xavfsizligi – bu O‘zbekistonxavfsizligi, butun bepoyon Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasi barqarorligi hamda taraqqiyotning garovidir. Xalqaro terroristik tashkilotlar Afg‘onistonni o‘zining doimiy makoniga aylantirib olishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi1.
O‘zbekistonda tarixiy jihatdan qisqa bir davrda xalqaro munosabatlarni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish bobida katta ishlar amalga oshirilib, O‘zbekistono‘zining tinchliksevar, yaxshi qo‘shnichilik, o‘zarofoydali hamkorlikka qaratilgan siyosati va faoliyati bilan butun dunyoga tanildi, jahon hamjamiyatida o‘zining munosib o‘rnini egalladi va uning mavqeyi yildan yilga mustahkamlanib bormoqda.