25-bob: O‘zbekistonning xalqaro mavqeini mustahkamlashda milliy g‘oyaning o‘rni


O‘zbekistonning xorijiy davlatlar bilan ikkitomonlama va ko‘ptomonlama madaniy aloqalari rivojida milliy g‘oya va mafkuraning roli



Yüklə 41,97 Kb.
səhifə5/6
tarix01.11.2022
ölçüsü41,97 Kb.
#67018
1   2   3   4   5   6
Mg\'nvt 20-mavzu

25.5. O‘zbekistonning xorijiy davlatlar bilan ikkitomonlama va ko‘ptomonlama madaniy aloqalari rivojida milliy g‘oya va mafkuraning roli
O‘zbekistonxalqaro miqyosda bag‘rikenglik va insonparvarlik g‘oyalarini mustahkamlash borasida doimiy ravishda millatlararo va konfessiyalararo hamjihatlikni qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Bu jarayonda yurtimizda istiqomat qilayotgan barcha millatlarning totuvligini ta’minlash, barcha xorijiy mamlakatlar bilan samimiy, teng huquqli va ko‘p tomonlama o‘zaromanfaatli munosabatlar yo‘lga qo‘yilgan. Har bir xorijiy davlat bilan ikki tomonlama hamkorlik asosida madaniy aloqalarni mustahkamlash O‘zbekistondavlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi.
Yurtimizda yashayotgan barcha millat va elatlarning Vatan ravnaqiga xizmat qilishga qaratilgan milliy g‘oya va mafkura asosida birlashganligi muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekistonKonstitusiyasida ko‘rsatib o‘tilganidek, fuqarolarning irqi, millati, tili, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’inazar, qonun oldida tengligi tamoyili hamda turli millat va elatlar vakillarining tili, urf-odatlari va an’analarini hurmat qilish hamda ularni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish jamiyatdagi dolzarb masaladir.
O‘zbekistonxorijiy davlatlar bilan do‘stlik va ahillik, tenglik, tinchlik va ijtimoiy barqarorlik muhitini madaniy aloqalar negizida mustahkamlab bormoqda. Bu esa, o‘znavbatida, davlatimiz nufuzining jahon hamjamiyatida madaniy sohada yanada oshirishga xizmat qilmoqda. Biz bugun o‘zdavlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash bilan bir qatorda, yurtimizda xavfsizlik, tinchlik, barqarorlik va yaqin qo‘shnichilikka asoslangan madaniy muhitni yaratishga qaratilgan o‘zaromanfaatli tashqi siyosatni amalga oshirmoqdamiz. Barkamol avlod ongida milliy g‘oya va mafkurani kamol toptirish, insonparvarlik tamoyillarini kuchaytirish, tarixiy qadriyatlarni tiklash masalasida ko‘pgina ishlar amalga oshirilmoqda. Yurtimizdagi barcha millat vakillari o‘rtasida madaniy aloqalar rivojlanmoqda, millatlararo hamjihatlik yanada mustahkamlanib, bu boradagi siyosatimiz sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.
Ma’lumki, bizning qadimiy va saxovatli zaminimizda ko‘p asrlar davomida turli millat va elat, madaniyat va din vakillari tinch-totuv yashab kelgan.
Mehmondo‘stlik, ezgulik, qalb saxovati va tom ma’nodagi bag‘rikenglik bizning xalqimizga doimo xos bo‘lgan va uning mentaliteti asosini tashkil etadi, - deydi Prezident Shavkat Mirziyoyev, - Mustaqillik yillarida mamlakatimizda millatlararo munosabatlar rivojida yangi bosqich boshlandi. Bag‘rikenglik va insonparvarlik madaniyatini rivojlantirish, millatlararo va fuqarolararo hamjihatlik va totuvlikni mustahkamlash, yosh avlodni shu asosda, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash O‘zbekistonda davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi. Bularning barchasi hayotda o‘zining to‘liq ifodasini topdi. Yurtimizda hukm surayotgan do‘stlik va birdamlik muhiti – tinchlik va barqarorlik, amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini yanada yuksaltirishning eng muhim omilidir1.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 19 mayda chiqarilgan “Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni esa tashqi madaniy aloqalarni kuchaytirishga xizmat qilmoqda. Ushbu Farmon asosida xorijiy davlatlarning milliy-madaniy markazlari va do‘stlik jamiyatlari bilan hamkorlikda ko‘plab davlatlarda “O‘zbekistonmadaniyati kunlari” o‘tkazib kelinmoqda. Xorijda yashayotgan o‘zbek millati vakillarining ham faoliyatini har tomonlama davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishiga va do‘stona hamkorlikni yanada rivojlantirishga olib kelmoqda. O‘zbekistonda xorijiy mamlakatlar bilan madaniy aloqalarni yanada kengaytirish masalasiga katta e’tibor qaratilib, Respublika baynalmilal madaniyat markazi va O‘zbekistonxorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik va madaniy-ma’rifiy aloqalar jamiyatlari kengashi negizida O‘zbekistonRespublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tashkil etildi.
Bu Qo‘mita jamiyatda milliy g‘oyaga asoslangan millatlararo totuvlikni kuchaytirish, bag‘rikenglik g‘oyalarini keng targ‘ib qilish, tinchliksevar siyosatni olib borish, jamiyatning barcha sohalarida erishilgan yutuqlarni xalqaro miqyosda keng targ‘ib qilishni o‘zoldiga maqsad qilib qo‘ygan. Shuningdek, xalqaro hamjamiyatda chet eldagi hamyurtlarimiz diasporasi bilan do‘stlikni mustahkamlashga xizmat qiladigan davlat siyosati amalga oshirilmoqda.
Xalqaro hamjamiyatdagi madaniy aloqalar o‘zbek yoshlarini bag‘rikenglik ruhida kamol toptirishga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni e’zozlashga, milliy va madaniy aloqalarni oshirishga, barcha millatlarning an’ana va urf-odatlarini hurmat qilishga va asrab-avaylashga xizmat qiladi. O‘zbekistonning xorijiy davlatlar bilan ikkitomonlama va ko‘ptomonlama madaniy aloqalarining rivojlanib borishi, jamiyatda turli millatchilik, terrorizm va ekstremizm g‘oyalari tahdidi kuchayishi sharoitida milliy g‘oya va mafkuraga bo‘lgan talab va ehtiyoj oshib boradi. Milliy g‘oya va mafkura fuqarolarda mafkuraviy immunitetni shakllantirib, O‘zbekistonning milliy manfaatlarini xalqaro miqyosda himoya qilishga yordam beradi.
Bugun O‘zbekistonikki tomonlama hamkorlik doirasida madaniy aloqalarning yangi bosqichlarini keng miqyosda namoyon qilmoqda. Hamkorlik doirasida O‘zbekistonning tarixiy–madaniy aloqalari jahonning nufuzli davlatlarini jalb etmoqda. O‘zbekistonning milliy manfaatlariga mos keladigan ko‘p tomonlama faol tashqi siyosatni amalga oshirish davlatimiz mustaqilligini mustahkamlash va xalq turmushini yaxshilashning zarur sharti va muhim vositasi bo‘lib, O‘zbekistonmafkuraviy qarashlardan qat’inazar tashqi siyosatda ochiqoydinlik tamoyilini ro‘yobga chiqarishga va barcha davlatlar bilan keng tashqi aloqalarni o‘rnatishga intilmoqda.
O‘zbekistonning qo‘shni davlatlar bilan do‘stlik va hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash, ular bilan qalin ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni chuqurlashtirish va yanada rivojlantirish, ilmiy va madaniy hamkorlikni kengaytirish O‘zbekistontashqi siyosatining muhim ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. O‘zbekistonbugungi kunda Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi mamlakatlar, arab mamlakatlari, Osiyodagi Xitoy, Hindiston, Yaponiya va Janubiy Koreya, G‘arb davlatlaridan Amerika Qo‘shma Shtatlari, Germaniya, Ispaniya, Fransiya, Italiya va boshqa yetakchi davlatlar bilan teng huquqli va o‘zaromanfaatli ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalarni olib bormoqda.
O‘zbekistonning Turkiya, Germaniya, Fransiya, Avstriya, Gollandiya, Buyuk
Britaniya, Xitoy, Hindiston, Saudiya Arabistoni, Misr, Indoneziya, Malayziya, Eron, Janubiy Koreya, Yaponiya kabi mamlakatlar bilan ilm-fan va madaniyat, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-diplomatik aloqalari rivojlanib bormoqda. O‘zbekistonda tashqi siyosatni mafkuradan to‘la xoli etish xavfsizlikni ta’minlashning muhim kafolatidir. O‘zbekistondunyoning barcha mamlakatlari bilan o‘zmunosabatlarini bu mamlakatlarning g‘oya va mafkuralari qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, faqat xalqaro huquqning barcha tan olgan qoida va mezonlari asosida olib bormoqda. Davlatlararo munosabatlar sohasida yagona g‘oya amal qilishi lozim bo‘lib, bu g‘oyaning ma’nosi birgalikda tinch hayot kechirish, hamkorlikka intilish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, turli nuqtai nazar va fikrlarga bardoshli bo‘lish tamoyillarini o‘zida aks ettirgan qonunlarga tayanishdan iboratdir. Markaziy Osiy davlatlari bilan har tomonlama o‘zarohamkorlik milliy xavfsizlikning asosiy shartlaridan biri bo‘lib, xalqlarimiz tarixi, madaniyati, an’analari, diniy e’tiqodining mushtarakligi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi amaliy hamkorlik va hamjihatlikning asosiy poydevoridir. O‘zbekistondavlatlarning tinch-totuv yashashi, xalqaro masalalarni hal qilishda kuch ishlatmaslik, tahdid qilmaslik tamoyilini tashqi siyosatga asos qilib olgan holda o‘zfaoliyatini olib bormoqda. Hozirgi dunyoda davlat barqarorligini ta’minlash jamiyatning ijtimoiy-ruhiy, ma’naviy va axloqiy, madaniy va tarixiy ildizlariga tayanib, davlatning mustahkamligi va qudrati uning jahon jamoatchiligi oldidagi ma’naviy-axloqiy qiyofasi va nufuzi bilan ham aniqlanadi. Bugungi kunda xalqimizning, millatimizning ma’naviy jihatdan uyg‘onishi mustaqilligimiz, milliy xavfsizligimizning garovi bo‘lib, milliy uyg‘onish g‘oyasining amalga oshishi, davlatimizning kelajakda barqaror bo‘lishi yosh avlodning tarbiyasiga, barkamol bo‘lib shakllanishiga bevosita bog‘liqdir. Mustaqillikdan keyin O‘zbekistonjahonning ko‘plab mamlakatlari bilan diplomatik aloqalarni yo‘lga qo‘yib, O‘zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati uning jahonda e’tirof etilishiga sabab bo‘lgan. O‘zbekistonning jahon xalqlari tinchligi va xavfsizligiga mos bo‘lib tushgan tinchliksevar tashqi siyosati uning jahondagi o‘rni va mavqeini belgilab bermoqda. Milliy g‘oya turli millat va xalqlarni hamkorlik va hamjihatlikka, tinchlik va totuvlikka da’vat etadi. Milliy g‘oya jamiyat hayotida inson ongini bunyodkor g‘oyalarga yo‘naltiruvchi, ezgulikka xizmat qiluvchi muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Umuman olganda O‘zbekistonning xorijiy davlatlar bilan madaniy aloqalarining rivojlanishida ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlikning kengayib borayotganligi O‘zbekistonning jahon maydonlarida tutgan o‘rnini yuksaltirishga, o‘zbek xalqining tarixan shakllangan milliy g‘oya va mafkurasining mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

Yüklə 41,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin