25.3. Yurtimizning xalqaro tashkilotlarga a’zoligi O‘zbekistonchorak asrdan ortiqroq vaqt mobaynida o‘zining jahondagi o‘rniga ega bo‘ldi. Bu vaqt oralig‘ida xalqaro darajaga ega bo‘lgan ko‘plab tashkilotlarga a’zolik huquqini qo‘lga kiritdi. Bugun O‘zbekistonda BMTning
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti, Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti, Bolalar jamg‘armasi, Aholishunoslik jamg‘armasi, Taraqqiyot dasturi, Giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha boshqarma, OIV/OITS bo‘yicha birlashgan dastur va boshqa tuzilmalarining vakolatxonalari faoliyat yuritmoqda.
BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti – YuNESKO bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu tashkilot mamlakatmizdagi tarixiy obidalar, qadimiy shaharlar, yozma va og‘zaki xalq ijodiyoti, umuman, o‘zbek xalqining boy tarixiy merosiga katta e’tibor bilan qaraydi. Tashkilot bilan o‘zarohamkorlikda har ikki yilda bir marotaba “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali o‘tkaziladi. Yurtimizning Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Toshkent, Qo‘qon, Termiz shaharlaridagi ko‘plab obidalar YuNESKOning
Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Birinchi Prezidentimiz tashabbusi bilan 2014 yil may oyida Samarqandda “O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizasiya rivojidagi roli va ahamiyati” mavzuida xalqaro konferensiya o‘tkazilgan edi.
BMT Aholishunoslik jamg‘armasi – YuNFPA 1993 yildan boshlab yurtimizda aholining tibbiy salomatligini mustahkamlash, barcha yosh qatlamlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, turli yuqumli kasalliklar profilaktikasiga ko‘maklashish singari ko‘plab ishlarga amaliy yordam berib kelmoqda. BMTning Bolalar jamg‘armasi – YuNISEF bilan hamkorlikda doimiy ravishda bolalar salomatligini ta’minlash, ularni doimiy emlash, maktabgacha ta’lim muassasalaridagi reproduktiv salomatlik va maktablarda tibbiy madaniyatni oshirish, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini milliy mentalitet asosida shakllantirishga qaratilgan ko‘plab tadbirlar tashkil etilmoqda.
O‘zbekistonda BMT Jahon sayyohlik tashkiloti – YuNVTO bilan hamkorlikda bir qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Samarqandda YuNVTOning Buyuk ipak yo‘lidagi mintaqaviy markazi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Tashkilot bilan o‘zarohamkorlik doirasida xalqaro sayyohlik yarmarkalari, konferensiyalar va seminarlar tashkil etilmoqda. 2014 yil oktyabr oyida Samarqandda o‘tkazilgan BMT Jahon sayyohlik tashkiloti Ijroiya kengashining 99-sessiyasi mamlakat turizm industriyasi rivojida muhim qadam bo‘ldi.
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti – FAOga O‘zbekiston2001 yilda a’zo bo‘lgan. 2014 yil 6 iyunda Toshkentda tashkilotning vakolatxonasi ochilgan. Mamlakatimizda FAO bilan hamkorlikda xalqaro miqyosda suvni tejash va suv resurslarini boshqarish bo‘yicha milliy kadrlar tayyorlanib, zamonaviy texnologiyalar joriy etilmoqda. O‘zbekistonda yerga ishlov berish, qishloq xo‘jaligidagi seleksiya va urug‘chilik, ayrim viloyatlardagi cho‘llanish va yer yemirilishiga qarshi kurashishning ilg‘or uslublari amaliyotga qo‘llanilmoqda.
Mamlakatimizda Orolbo‘yini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir ko‘plab loyihalar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz tomonidan ishlab chiqilgan “Orol dengizi qurishining oqibatlarini bartaraf etish va Orolbo‘yida ekotizimlar halokatining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi” BMT Bosh Assambleyasi 68-sessiyasining rasmiy hujjati sifatida qabul qilingan. Shu asosda 2014 yil oktyabr oyida Urganch shahrida bo‘lib o‘tgan “Orol dengizi mintaqasidagi ekologik ofat oqibatlarini yumshatish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish” mavzuidagi xalqaro konferensiya BMT tomonidan qo‘llabquvvatlandi. Unda O‘zbekistonva BMTning maqsadlari mushtarakligi, barcha sa’y-harakatlari hamohang ekanligi aks etdi.
O‘zbekistonuchun Barqaror Rivojlanish maqsadlari alohida ahamiyatga ega bo‘lib, BMT tarixida birinchi marta umumqamrovli global maslahatlashuv jarayonida 2030 yilgacha rivojlanish bo‘yicha yagona nuqtai nazar ishlab chiqildi. Ushbu kun tartibi BMT ning 193 ta a’zo davlatlari tomonidan tasdiqlandi va shu tarzda 2030 yilgacha dunyoga nisbatan umumiy nuqtai nazarni ifodalaydi. Rivojlanish bo‘yicha milliy va xalqaro sheriklar bilan hamkorlik qilish asosida BMT O‘zbekistonda uning Hukumatiga mamlakatning barqaror taraqqiyotini ta’minlash va barcha fuqarolar uchun munosib sog‘lom turmush sharoitlarini yaratish maqsadlariga erishish yo‘lida o‘zyordamini ayamaydi.
O‘zbekistonPrezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 19 sentyabrda
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida nutq
so‘zlab, quyidagi fikrlarni bayon qilgan edi. Biz qat’iy ishonamiz, Birlashgan Millatlar Tashkiloti bundan keyin ham xalqaro munosabatlarda hal qiluvchi o‘rin tutadi, - deydi Prezident Shavkat Mirziyoyev, - O‘zbekistonushbu tashkilotning bosqichma-bosqich isloh etilishi tarafdoridir. Biz Xavfsizlik Kengashini bugungi kun talablariga mos ravishda kengaytirish zarur, deb hisoblaymiz. Birlashgan Millatlar Tashkilotining yangi rahbariyati tomonidan tashkilotni boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlarni qo‘llabquvvatlaymiz1.
Bugungi kunda BMTning mustaqil ixtisoslashtirilgan agentligi bo‘lgan Jahon banki BMTning faoliyatida O‘zbekistonda o‘zvakolatxonalariga ega bo‘lmagan holda yordam ko‘rsatmoqda. Ular qatoridan BMTning atrof-muhit bo‘yicha dasturi (YuNEP), BMT OIV/OITS bo‘yicha birlashgan dasturi
(YuNEYDS), Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) va “BMTAyollar” o‘rin olgan.
O‘zbekistonXalqaro Mehnat Tashkilotiga 1992 yilda a’zo bo‘lgan. Ayni paytda bu tashkilotning 14 konvensiyasini ratifisikasiya qilgan. keyingi yillarda O‘zbekistonning XMT bilan aloqalari yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Xususan, 2014 yil 25 aprelda O‘zbekistonRespublikasi Mehnat vazirligi, Kasaba Uyushmalar Federasiyasi Kengashi, O‘zbekistonRespublikasi Savdo-sanoat palatasi va XMT ning Moskva shahridagi byurosi boshlig‘i o‘rtasida hamjihatlik haqida Memorandum imzolandi.
Umuman olganda, O‘zbekistonjahondagi xalqaro tashkilotlar bilan o‘zining ko‘p tomonlama shartnomalarini tuzgan bo‘lib, bundan ko‘zlangan asosiy maqsad esa avvalo yurtimizda tinchlik, xavfsizlik, barqaror taraqqiyot, kuchli ijtimoiy siyosat va iqtisodiy farovonlikni ta’minlashdan iboratdir.
O‘zbekiston1992-yil fevral oyida dunyoda tinchlikni mustahkamlash, inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha katta tadbirlarni amalga oshirayotgan nufuzli xalqaro tashkilot – Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti – YeXHT ga a’zo bo‘lib kirdi. 1994-yil sentyabr oyida Toshkentda YeXHTning xalqaro anjumani bo‘lib o‘tib, unda tashkilot faoliyatining barcha qirralariga oid masalalar ko‘rib chiqildi. YeXHT Toshkentda va Urganchda atrof muhitni qayta tiklash masalalari bo‘yicha seminarlar o‘tkazib, shu bilan birgalikda Orol muammosini hal qilishga ko‘maklashmoqda.
O‘zbekistonko‘pgina mintaqaviy tashkilotlar, ya’ni NATOning “Tinchlik dasturi”, Islom Konferensiyasi tashkiloti, qo‘shilmaslik harakati va boshqalar bilan ham samarali hamkorlik qilmoqda. O‘zbekistonqisqa bir davrda jahon hamjamiyatiga qo‘shilib, xalqaro va mintaqaviy muammolarni hal qilishda, jahondagi va mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashda faol qatnashayotgan nufuzli davlat darajasiga ko‘tarildi. O‘zbekiston2001 yil iyun oyida Shanxay hamkorlik tashkiloti – ShHHT ga a’zo bo‘ldi. Shanxay hamkorlik tashkiloti deb 2001 yildan nomlangan tashkilot “Shanxay forumi” yoki “Shanxay beshligi” sifatida 1996 yil Shanxayda, 1997 yilda Moskvada bo‘lib o‘tgan Xitoy, Rossiya,
Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston davlatlarining sammitlarida harbiy sohada hamda chegara hududlarida o‘zaroishonchni mustahkamlash, qurolli kuchlarni qisqartirish to‘g‘risida shartnomalar imzolanganidan so‘ng tashkil topgan edi. 2001-yil iyunda bo‘lgan sammit yakunida Shanxay hamkorlik tashkilotini tuzish to‘g‘risida deklarasiya hamda terrorchilik, ayirmachilik va ekstremizmga qarshi kurash borasida Shanxay konvensiyasi imzolanib, O‘zbekistonShanxay hamkorlik tashkilotining asoschilaridan biri bo‘ldi. Shanxay hamkorlik tashkiloti a’zo davlatlar orasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy, ta’lim, energetika, transport, ekologiya va boshqa sohalardagi samarali hamkorlikni rivojlantirish va rag‘batlantirishni ko‘zda tutadi. 2003 yil 29-may kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan sammitda ShHHTning doimiy amal qiluvchi idoralari – Pekinda Kotibiyat va Toshkentda Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT) ijroiya qo‘mitasini ishga tushirishga qaror qilindi. Bu tashkilotlar 2004-yil yanvardan boshlab ish boshladilar.
Markaziy Osiyoda barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlash Tashkilotimizning asosiy maqsadlariga erishish, uning oldida turgan vazifalarni hal etishda muhim omillardan biridir, - degan edi O‘zbekistonPrezidenti Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari kengaytirilgan tarkibdagi 2018 yil 10 iyunda Sindao shahrida bo‘lib o‘tgan majlisidagi nutqida, - Shu munosabat bilan mintaqada mutlaqo yangi siyosiy muhit shakllanganini katta mamnuniyat bilan ta’kidlamoqchiman. Biz qisqa vaqt ichida mintaqadagi o‘tkir muammolar, jumladan, chegara, savdo, transport va suvdan foydalanish masalalarini amaliy hal qilish yo‘lida ancha katta marralarga erishdik. Shu bilan birga, Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish, uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ko‘maklashish mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashning muhim sharti bo‘lib qolmoqda1.
O‘zbekistontarixan qisqa vaqtda dunyo hamjamiyati tomonidan e’tirof etilib, nufuzli xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘ldi.