Poyezd tuzuvchisi(PT yoki DSD) (4.6-rasm) – turli tarkiblar bilan manyovr ishlarini bajarishda xavfsizlik, poyezdlarni tuzish va tarqatish uchun javobgar shaxs hisoblanadi.
4.6-rasm. Poyezd tuzuvchisining ish jarayoni
Navbatchilik vaqtida DSDda quyidagilar bo‘lishi shart: sariq bayroq (kunduzi); shaffof oq nurli qo‘l signal fonari (kechasi); signal hushtagi; radioaloqa qurilmasi (ratsiya); ish guvoxnomasi.
DSDning lavozim majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
texnikaviy foydalanish qoidalari talablariga muvofiq poyezdlarni tuzish;
manyovrlarda qatnashuvchi stansiya xodimlarining harakatlarini to‘g‘ri joylashtirish va muvofiqlashtirishni ta’minlash (ularni bo‘lajak manyovr ishlarini bajarish rejasi va usullari bilan tanishtirish asosida);
manyovr ishlarida topshiriqlarni aniq va o‘z vaqtida bajarish;
poyezdlar harakat xavfsizligini, yuklar va harakat tarkibi butligini va xodimlarning shaxsiy xavfsizligini ta’minlashning majburiy sharti bilan manyovr ishlarini tashkil etish;
stansiyaning TBDga muvofiq nogabarit yuklar va portlovchi moddalar (VM) ortilgan hamda odamlar band etgan vagonlar bilan manyovr ishlarini o‘ta ehtiyotkorlik bilan bajarish;
TBDga muvofiq manyovr ishlarini bajarishda markazlashtirilmagan va nazorat qulflari bilan jihozlangan strelkalarni o‘tkazish va qulflash;
SMB qurilmalarining nosozligida strelkali o‘tkazgichning harakat tarkibidan bo‘shligini tekshirish va kurbelь yordamida bir holatdan ikkinchi holatga o‘tkazish hamda markazlashtirilgan strelkalarni osma qulflar bilan qulflash;
manyovr ishlarini bajarib bo‘lgandan so‘ng stansiya yo‘llarida poyezdlar tarkiblarini va harakat tarkibini mahkamlash;
tormoz uskunalarini ularning ekspluatatsiya ko‘rsatmalariga muvofiq o‘rnatish va olib tashlash;
mahalliy sharoitdan kelib chiqib stansiyaning TBDga muvofiq boshqa vazifalarni bajarish.