26. Temir yo‘l stansiyalarida harakat xavfsizligini ta’minlash Tayanch iboralar


Poyezd va manyovr dispetcherlari ishida harakat xavfsizligi



Yüklə 199,4 Kb.
səhifə7/11
tarix27.12.2023
ölçüsü199,4 Kb.
#199396
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
26-MA\'RUZA (3-semestr, TF)

4.1.4. Poyezd va manyovr dispetcherlari ishida harakat xavfsizligi
Poyezd dispetcheri (DNTS) – temir yo‘l transportida tashishni tashkil etishga, ya’ni o‘z dispetcherlik uchastkasida poyezdlar harakatini shaxsan boshqarishga va buning uchun to‘liq javobgar bo‘lgan mas’ul xodim hisoblanadi. Uning poyezdlar harakati bo‘yicha buyruqlarini poyezdlar harakati bilan bog‘liq bo‘lgan xodimlar (stansiya navbatchilari, poyezd lokomotivi mashinistlari, terma poyezdlar bosh kontuktorlari va boshqalar) so‘zsiz bajarishlari shart.
Poyezd dispetcheridan tashqari boshqa hech kim poyezdlar harakati bo‘yicha operativ farmoyishlar berishga haqli emas.
Poyezd dispetcheri o‘z ish faoliyati davomida quyidagi 3 ta qonunga amal qilishi shart:

  1. poyezdlar harakat xavfsizligini ta’minlashga;

  2. me’yoriy poyezdlar harakat grafigining talablari bajarilishiga;

  3. poyezdlar tuzish rejasi bajarilishiga.

Poyezd dispetcheri quyidagilarga amal qilishi shart:

  • harakatning belgilangan hajmini ta’minlashi, poyezdlar harakatini jadallashtirishi va ular bilan stansiyalarda ishlash vaqtini qisqartirish uchun texnik vositalaridan maksimal ravishda foydalanishi, vagon va lokomotivlar parkidan hamda uchastkalarning o‘tkazish qobiliyatidan samarali foydalanishi;

  • stansiyalar faoliyatini nazorat qilishi, poyezdlartuzish rejasi va harakat grafiklariga muvofiq poyezdlarni tuzish va jo‘natish bo‘yicha topshiriqlar bajarilishini ta’minlashi;

  • stansiya navbatchilariga va poyezdlarlokomotivi mashinistlariga poyezdlar harakati to‘g‘risida ko‘rsatmalarni o‘zvaqtida berishi;

  • poyezdlarni peregonlarda harakatlanishini, stansiyalar tomonidan poyezdlar o‘zvaqtida qabul qilinishi, jo‘natilishi va o‘tkazilishi, ayniqsa, SMB va aloqa qurilmalarining nosozligida, yo‘lovchi, pochta-bagaj, yuk-yo‘lovchi, odamlar tashiydigan, og‘irligi va uzunligi orttirilgan, uzun tarkibli, og‘ir yukli, 1 sinfli xavfli yuklar (VM) va nogabarit yukli poyezdlar boshqa poyezdlar bilan kesishganda va o‘zib o‘tganda kuzatib borishi;

  • poyezdlar harakat grafigini bajarilishi, xavfsizlikni ta’minlash, lokomotiv brigadalarining belgilangan to‘xtovsiz ishlash davri buzilmasligi uchun choralar ko‘rishi;

  • navbatchilikka kirishgan poyezd dispetcheri poyezdlar holati bilan tanishishi, barcha stansiya navbatchilarining navbatchilikka kirishganligini tekshirishi, soatlarni sozlash uchun ularga aniq vaqtni aytishi, stansiyalardagi holat, uchastkada amal qilayotgan ogohlantirishlar bilan tanishishi, harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berishi;

  • markazlashtirilgan dispetcherlik bilan jihozlangan yo‘llarda navbatchilikkakirishayotgan poyezd dispetcheri texnik qurilmalarning sozligini tekshirishi va stansiya boshliqlari yoki poyezdlarni qabul qilish va jo‘natish yuklatilgan boshqa xodimlar orqali stansiya uchastkalaridagi holat bilan tanishishi.

Ijro etilgan poyezdlar harakat grafigini avtomatik yozib boradigan qurilmalar (poyezdograflar) bilan jihozlanmagan uchastkalarda poyezd dispetcheri uchastkada joylashgan stansiyalardan har bir poyezdning kelgan, jo‘nagan yoki o‘tgan vaqti to‘g‘risida ma’lumot olishi shart. Bunday ma’lumotlarni olganda stansiyalar tomonidan poyezdlarni, ayniqsa, 1 sinfli xavfli yukli(VM) va nogabarit yukli, og‘ir yukli va uzun tarkibli, uzunligi va og‘irligi orttirilgan poyezdlarni belgilangan tartibda raqamlanishi va indekslanishiga alohida e’tibor berishi kerak.
Stansiya navbatchisi poyezd dispetcheriga poyezd kelgani vajo‘nagani (o‘tgani) to‘g‘risida quyidagi shakllarda xabar beradi:
“№ ... poyezd ... soat ... daqiqada keldi”.
“№ ... poyezd ... soat .... daqiqada jo‘nab ketdi (o‘tdi)”.
Poyezd suruvchi lokomotiv bilan harakatlanayotgan bo‘lsa, jo‘nashi va kelishi to‘g‘risidagi xabarlarga “suruvchi bilan”so‘zlari qo‘shib aytiladi.
Ijro etilgan harakat grafigini avtomatik yozish qurilmalari bilan jihozlangan ikki yo‘llik va bir yo‘llik uchastkalarda ham poyezdlarni kelishi, jo‘nashi va o‘tishi to‘g‘risida poyezd dispetcheriga xabar berishning yuqoridagi kabi tartibi joriy qilinishi mumkin. Bunday uchastkalarning ro‘yxati va poyezdlarni kelishi, jo‘nashi va o‘tishi haqida xabar berish tartibi “O‘TY” AJ raisi tomonidan belgilanadi.
Poyezd dispetcheri ijro etilgan poyezdlar harakat grafigini yuritib, unda poyezdlar harakati, shuningdek, uchastkadagi normal faoliyatning buzilishining barcha holatlari va ularningsabablarini qayd etib boradi.

Yüklə 199,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin