26. Temir yo‘l stansiyalarida harakat xavfsizligini ta’minlash Tayanch iboralar


Stansiya parklarida harakat xavfsizligini ta’minlash



Yüklə 199,4 Kb.
səhifə2/11
tarix27.12.2023
ölçüsü199,4 Kb.
#199396
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
26-MA\'RUZA (3-semestr, TF)

2. Stansiya parklarida harakat xavfsizligini ta’minlash
Temir yo‘l stansiyasi parklarida harakat xavfsizligi bu – poyezdlar, vagonlar, lokomotivlar yoki boshqa o‘ziyurar texnikalar harakatida ularning park yo‘llarida turgan harakat tarkibi birliklari bilan to‘qnashib ketishi va yo‘ldan chiqib ketishi xavfi mavjud bo‘lmagan holatdir. Harakat xavfsizligi temir yo‘llar stansiyalarining bir me’yorda ishlashining asosiy shartidir. Halokatlar, avariyalar va ishdagi brak holatlari stansiya infratuzilmasi va harakatlanuvchi tarkibning shikastlanishiga, tashiladigan yuklarning yo‘qolishiga, odamlarning shikastlanishiga olib keladi.
Stansiya parklarida harakat xavfsizligi barcha texnik vositalar (yo‘llar, vagonlar, lokomotivlar, SMB qurilmalari va boshqalar) belgilangan me’yorlarga va stansiya xodimlarining amaldagi qoidalar va yo‘riqnomalarning aniq bajarilishiga (poyezdlar harakati va manyovr ishlarini tashkil etishda) qat’iy muvofiq ta’minlanadi.
Stansiya ishchilarining aybi bilan eng ko‘p uchraydigan brak turlari:

  • tayyor bo‘lmagan marshrut bo‘yicha poyezdlarni qabul qilish va jo‘natish;

  • vagonlar harakati davomida markazlashtirilgan strelkani o‘tkazish;

  • mahkamlanmagan vagonlar yo‘ldan o‘z-o‘zidan harakatlanib ketishi;

  • yetarli darajada tormozlanmaganligi sababli yuqori tezlikda vagonlarning to‘qnashuvi;

  • strelkaning kesilishi va boshqalar.

Stansiyada tashish xizmati xodimlariga taalluqli braklarning sabablarini tahlil qilish natijalari faqatgina 30% braklarlar texnik vositalarning nosozliklari tufayli sodir bo‘lishi aniqlandi. Qolgan hollarda brakning sababi ijrochilar va mansabdor shaxslarning o‘z majburiyatlarini bajarmasliklari, ya’ni inson omili, jumladan harakat xavfsizligi talablariga javob bermaslik holatlarining faqat uchdan biri bilim va ko‘nikmalarning yetishmasligi tufayli sodir bo‘ladi.
Shuni inobatga olgan holda, stansiyada xodimlarni o‘qitish va tarbiyalash bo‘yicha aniq maqsadli ishlarni tizimli olib borish, texnik vositalarning holati, ulardan to‘g‘ri foydalanish hamda barcha huquq va erkinliklarga rioya etilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatish zarur. Bu ish harakat xavfsizligi uchun shaxsiy javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan stansiya boshlig‘i tomonidan tashkil etiladi. Harakati xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik sabablarini nazorat qilish, hisobga olish, tahlil qilish kabi profilaktika ishlarini doimiy ravishda olib borish zarur.
Har yili stansiyada harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ish rejasi ishlab chiqilib, unda har bir rejalashtirilgan tadbirlarni bajarish va javobgarlik muddatlari belgilanadi. Ushbu rejaga muvofiq stansiya quyidagilarni amalga oshiradi:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin