26. Temir yo‘l stansiyalarida harakat xavfsizligini ta’minlash Tayanch iboralar


-rasm. Saralash tepaligi operatorining ish jarayoni



Yüklə 199,4 Kb.
səhifə6/11
tarix27.12.2023
ölçüsü199,4 Kb.
#199396
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
26-MA\'RUZA (3-semestr, TF)

4.3-rasm. Saralash tepaligi operatorining ish jarayoni


Saralash tepaligi navbatchisi operatorining lavozim majburiyatlariga quyidagilar kiradi:

  • mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan saralash tepaligi boshqaruv pulьtidan tarkiblarning tarqalishini boshqarish;

  • saralash parkining bo‘g‘zida manyovr harakatlarini va tarkiblarni tarqatish jarayonida uzilmalar yo‘nalishi marshrutlarini tayyorlash uchun markazlashtirilgan strelkalarni o‘tkazish va signallarni boshqarish.

  • uzilmalar orasidagi intervallarni saqlash va vagonlarning ruxsat etilgan bir biriga ulanish tezliklarini nazorat qilish;

  • nazorat va o‘lchash asboblari ko‘rsatgichlari bo‘yicha saralash qurilmalarining to‘g‘ri ishlashini nazorat qilish;

  • uzilmalar yo‘nalishlarining saralash varoqi ma’lumotlari bo‘yicha mosligini kuzatish.

Park navbatchisi – bu temir yo‘l transportida eng muhim va ma’sulyatli lavozimlaradan biri bo‘lib, uning asosiy vazifasi temir yo‘l stansiyasi parkida manyovr ishlari va poyezdlar harakatini boshqarish hisoblanadi.
DSPPning lavozim majburiyatlariga quyidagilar kiradi:

  • stansiya parkida me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq tarkiblarni qayta ishlash va harakat xavfsizligi bo‘yicha ishlarini ta’minlash;

  • tarkiblarni texnik xizmat ko‘rsatish va tijorat ko‘rigiga taqdim etish va ularning tayyorligini nazorat qilish;

  • stansiya parkida tarkiblarga vagonlarni o‘lash va uzish bo‘yicha manyovr ishlarini bajarishni tashkil etish;

  • tarkibning uzunligi va og‘irligi o‘zgarganda poyezdning natura varog‘iga tuzatishlar kiritish va vagonlarning tugallangan joylashuviga muvofiq tashish hujjatlarini jamlash;

  • stansiyaning TBDda belgilangan tartib va me’yorlarga muvofiq parkning yo‘llarida tarkiblarning tormoz qurilmalari bilan mahkamlanganligini nazorat qilish;

  • ogohlatirish blanklarini (DU-61) rasmiylashtirish va ularni poyezdlarga berish, lokomotiv brigadalarining yo‘nalishlarini belgilash va ularga tashish hujjatlarini taqdim etish;

  • stansiyaning smenalik ish rejasini bajarishda ishtirok etish;

  • temir yo‘l va MTUUK tomonidan manyovr ishlarini bajarish, poyezdlar harakatini tashkil etish, mehnat, texnika va harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha beriladigan ko‘rsatmalar, farmoyishlar va buyruqlarni bajarilishini ta’minlash.




Yüklə 199,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin