Saralash tepaligi navbatchisi(4.2-rasm) – tarkiblarni saralash tepaligidan saralash varog‘i bo‘yicha tarqatishga javobgar shaxs hisoblanadi.
4.2-rasm. Saralash tepaligi navbatchisining ish jarayoni
DSPGning lavozim majburiyatlariga quyidagi turdagi ishlar kiradi:
tarkibni tarqatish rejasi (ajratmalar ketma-ketligi, har bir ajratmadagi vagonlar soni, alohida e’tibor talab etuvchi vagonlar mavjudligi va h.k.) bilan tanishish;
saralash tepaligida vagonlarni qayta ishlash bo‘yicha ishlarni boshqarish;
texnikaviy foydalanish qoidalari talablari, poyezdlar tuzish rejasi, stansiya ishi texnologik jarayoni va TBDga muvofiq tarkiblarni tuzish va tarqatish bo‘yicha smenalik topshiriqlarni bajarishni tashkil etish va ularning bajarilishini nazorat qilish;
saralash tepaligidan tarkiblarni tushirishda manyovr ishlari xavfsizligini ta’minlash, tepalik qurilmalari va lokomotivlardan samarali foydalanish, shuningdek harakat tarkibi va tashilayotgan yukning butligini saqlash;
DSP va DSTS bilan manyovr ishlarini bajarish tartibini kelishgan holda tarkiblarni saralash tepaligidan tushirish intervalini belgilash;
alohida e’tibor talab qiladigan ayrim toifadagi yukli vagonlar mavjudligida ishlarini bajarish rejasi to‘g‘risida xodimlarni xabardor qilish;
saralash tepaligi qurilmalari ishini nazorat qilish va ularda nosozlik yuzaga kelgandan uni bartaraf etish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rish;
tepalik tomonidagi yo‘llarning bo‘shlik darajasini tekshirish;
saralash tepaligidan tarkiblarni tarqatish jarayonida ishtirok etuvchi xodimlar (saralash tepaligi operatori, VHTM, DSD, DSPP, ) ishlarini boshqarish.
Saralash tepaligi navbatchisi operatori (signalchi) (4.3-rasm) – bu vagonlarni tarqatish uchun mas’ul mutaxassis.