26. Temir yo‘l stansiyalarida harakat xavfsizligini ta’minlash Tayanch iboralar



Yüklə 199,4 Kb.
səhifə1/11
tarix27.12.2023
ölçüsü199,4 Kb.
#199396
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
26-MA\'RUZA (3-semestr, TF)


26. Temir yo‘l stansiyalarida harakat xavfsizligini ta’minlash


Tayanch iboralar
Temir yo‘l stansiyasi, harakat xavfsizligi, harakat xavfsizligini ta’minlash, park, saralash tepaligi, stansiya navbatchisi, park navbatchisi, manyovr dispetcheri, poyezd tuzuvchisi.


1. Poyezdlarni stansiyalarga qabul qilish, jo‘natish va o‘tkazib yuborishda harakat xavfsizligini ta’minlash.
TFQga muvofiq, stansiyaning texnikaviy vositalaridan foydalanish tartibi TBD bilan belgilanib, ushbu hujjat poyezdlarning stansiyaga beto‘siq qabul qilinishi, jo‘natilishi va o‘tishini, stansiya hududidagi manyovr ishlarining xavfsizligi hamda xavfsizlik texnikasiga rioya qilinishini aniqlaydi.
TBDda belgilangan tartibga, “O‘TY” AJ barcha bo‘linmalarining xodimlari rioya etishga majbur.
Har bir poyezdni qabul qilish va jo‘natish marshruti oldindan tayyorlangan bo‘lishi shart va kirish (chiqish) svetofori, qabul qilinayotgan (jo‘natilayotgan) poyezd mashinisti signalning ochiq holatini o‘z vaqtida ilg‘ab, stansiyaga kirishda poyezdning belgilangan tezligini pasayib ketishiga yoki stansiyadan jo‘nashda poyezdni kechikishiga yo‘l qo‘ymasligini hisobga olib, ochilishi lozim.
Har bir poyezdni qabul qilish va jo‘natishdan oldin stansiya navbatchisi qabul qilish (jo‘natish) yo‘li va marshrutiga chiqish bilan bog‘liq manyovrlarni, harakat tarkibini poyezdni harakatlanish marshrutiga chiqib ketishini istisno qilib bo‘lmaydigan yo‘llarda strelkalarni muhofaza holatiga o‘tkazish bilan manyovrlarni to‘xtatishi shart.
Stansiya navbatchisi manyovrlar xaqiqatda to‘xtatilganiga ishonch hosil qilmasdan turib poyezdni jo‘natishga signalni ochishi yoki boshqa usulda ruxsat berishi taqiqlanadi.
Manyovrlarni to‘xtatish, stansiya navbatchisining farmoyishlar berish va ijro etilganiga ishonch hosil qilish tartibi stansiyaning TBDda belgilanadi.
Poyezdlarni jo‘natishda stansiyalarning saralash-jo‘natish parklarida manyovrlarni amalga oshirish tartibi “O‘TY” AJ “Tashishlarni tashkil etish” boshqarmasi boshlig‘i tomonidan belgilanadi va stansiyaning TBDda ko‘rsatiladi.
Strelka va signallarni markazlashtirish bilan jihozlangan stansiyalarda poyezdlarni qabul qilish va jo‘natish marshrutlarini tayyorlash bo‘yicha barcha amallar shaxsan stansiya navbatchisi yoki uning ko‘rsatmasiga binoan markazlashtirish posti operatori tomonidan bajariladi. Markazlashtirilgan strelkalar ijro postlaridan boshqarilganda poyezdlarni qabul qilish yoki jo‘natish marshrutlarini tayyorlash xususidagi barcha farmoyishlarni stansiya navbatchisi markazlashtirish ijro postlarining operatorlariga uzatadi va farmoyishni boshqaruv apparatidagi tegishli harakatlar bilan tasdiqlaydi. Berilgan farmoyishlarning to‘g‘ri bajarilganligi markaziy apparat boshqaruv asboblarining ko‘rsatmalari bo‘yicha nazorat qilinadi.
Strelka va signallarni markazlashtirish qurilmalaridan foydalanish, shuningdek, stansiya navbatchilari va markazlashtirish posti operatorlarining poyezdlarni qabul qilish, jo‘natish va o‘tkazish marshrutlarini tayyorlashda amalga oshiradigan harakatlari SMB qurilmalaridan foydalanish tartibi xaqidagi Yo‘riqnomada va stansiyaning texnikaviy- boshqaruv aktida belgilanadi. Markazlashtirilgan va shu bilan birga markazlashtirilmagan strelkalarga ega stansiyalarda xodimlarning harakat tartibi ham shu hujjatlarda belgilanadi.
Markazlashtirilmagan strelkali stansiyalarda poyezdni qabul qilish yoki jo‘natish marshrutini tayyorlash to‘g‘risidagi farmoyishni stansiya navbatchisi marshrutni tayyorlashda ishtirok etayotgan barcha strelkali postlarning katta navbatchilariga aniq va ravshan, so‘zlashuvlarning belgilangan reglamentiga rioya qilgan holda bir paytning o‘zida uzatishi lozim. Strelkali postlar katta navbatchilarining navbatchiligi tashkil etilmagan bo‘lsa, marshrut tayyorlash to‘g‘risidagi farmoyishlar bevosita strelkali post navbatchilariga beriladi.
Poyezdlarni qabul qilish va jo‘natish marshrutlari tayyorlashda kirish (chiqish) big‘o‘zida, qabul qilish yo‘lining qarama-qarshi tomonida joylashgan strelkali postlar, shuningdek harakat tarkibi poyezdni qabul qilish yoki jo‘natish marshrutiga chiqib ketishi mumkin bo‘lgan boshqa postlar ishtirok etishi lozim.
Strelkali postlarga yoki markazlashtirish ijro postlariga marshrutni tayyorlash xaqidagi farmoyishni stansiya navbatchisi tegishli signalni iz vaqtida ochilishini ta'minlovchi barcha amallarni yakunlash vaqtini hisobga olib uzatishi kerak.
Marshrutni to‘g‘ri tayyorlanganligini stansiya navbatchisi boshqaruv apparatidagi asboblarning ko‘rsatmalari bo‘yicha tekshiradi.
Bunday asboblar bo‘lmagan stansiyalarda stansiya navbatchisi marshrutning to‘g‘ri tayyorlanganligini strelkali postlar katta navbatchilarining xabarlari bo‘yicha tekshirishi shart.
Stansiyadagi ayrim strelkalar strelkali postdan ancha uzoq masofada joylashgan bo‘lib, odatda ularni normal holatidan chiqarishmasa (asosiy yo‘llar orasidagi tushish yo‘llari, asosiy va qabul qilish-jo‘natish yo‘llariga tutashmalar va h.z.) bunda ularning holatini va sozligini har bir poyezdni qabul qilish va jo‘natishdan oldin emas, faqatgina navbatchilikka kirishish vaqtida davriy ravishda tekshirish tartibi joriy etilishi mumkin. Bundan tashqari, ushbu strelkalarning holati va sozligi, ular marshrutni tayyorlashdan oldin manyovr harakatlari, ko‘rik, ta'mir va hakazolar uchun o‘tkazilgan bo‘lsa, albatta tekshirilishi shart.
Bunday strelkalar nazorat qulflari bilan jihozlangan bo‘lishi, ularning kalitlari boshqaruv apparatida, kalitli bog‘liqlik bo‘lmaganda esa, stansiya navbatchisida saqlanishi shart.
Bunday tartibni qo‘llash ruxsat etilgan stansiyalarning strelkalar nomerlari qayd etilgan ro‘yxati “O‘TY” AJ MTUUK boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi.
Bunday strelkalar holatini tekshirish tartibi stansiyaning TBDda ko‘rsatiladi.
Poyezdni qabul qilish yoki jo‘natish uchun marshrut tayyorligi to‘g‘risida xabar berganlaridan so‘ng, marshruti tayyorlangan poyezd stansiyaga kelmasdan yoki jo‘namasdan turib strelkali post navbatchilari, signalchilar va stansiya navbatchilarining boshqa xodimlarga navbatchilikni topshirishi taqiqlanadi. Poyezd kelishi yoki jo‘nashidan avval navbatchilar almashtirilgan taqdirda, yangitdan navbatchilikka kirishgan xodim marshrutni navbatchilikni topshirayotgan xodim o‘rnatganiga qaramasdan, ushbu amalning to‘g‘ri bajarilganligiga shaxsan o‘zi ishonch hosil qilishi shart.
Odatda yuk poyezdlarini yo‘lovchi poyezd turgan yo‘l bilan yo‘lovchi binosi oralig‘idagi yo‘lda to‘xtatish taqiqlanadi. Yuk poyezdi yo‘lovchi binosi va yo‘lovchi poyezdi oralig‘idagi yo‘lda to‘xtatilgan favqulodda holatlarda yuk poyezdi ajratilib, yo‘lovchilar uchun o‘tish joyi qilinishi kerak (o‘tish ko‘prigi yoki tonneli mavjud bo‘lmasa). Bunda tuzuvchi brigadalari bo‘lmagan stansiyalarda “O‘TY” AJ MTUUK boshlig‘i tomonidan ushbu amallarni amalga oshirish uchun jalb etiladigan xodimlar ro‘yxati ko‘rsatilgan tartib belgilanadi.
Yo‘lovchi poyezd turgan yo‘l va yo‘lovchi binosi oralig‘idan poyezdni, manyovr tarkibini yoki lokomotivni o‘tkazish zarur bo‘lsa, stansiya va vokzal navbatchilari yo‘lovchilarning chiqish-tushish xavfsizligini ta'minlaydigan choralarni ko‘rishi shart.
Yo‘lovchi binosi va yo‘lovchi poyezdi turgan yo‘l oralig‘idan poyezdlar va manyovr tarkiblarini o‘tkazish tartibi stansiyaning TBDda ko‘zda tutilishi lozim.
Qabul qilish-jo‘natish yo‘llarining elektr izolyatsiyasi bo‘lmagan oraliq stansiyalarning navbatchilari yo‘lovchi, pochta-bagaj va odam tashuvchi poyezdni qabul qilishdan oldin, uni qaysi yo‘lga qabul qilinishini poyezd dispetcheriga xabar qilishi shart.
Stansiyaning TBDda ko‘zda tutilmagan yo‘lda poyezdni qabul qilish yoki jo‘natish poyezd dispetcherining ruxsatiga binoan favqulodda hollarda ruxsat etiladi. Bunday yo‘llarga yo‘lovchi, pochta-bagaj, yo‘lovchi-yuk va odam tashuvchi poyezdlarni qabul qilishga ruxsat berishdan oldin poyezd dispetcheri o‘z harakatlarini YaDM ning yo‘nalish bo‘yicha navbatchisi bilan muvofiqlashtirishi lozim. Bunday holatlarda stansiya navbatchisida marshrutdagi strelkalar holatini nazorat qilish imkonini beruvchi boshqaruv apparatlari mavjud bo‘lmasa, yo‘lovchi, pochta-bagaj, yo‘lovchi-yuk va odam tashuvchi poyezdlarni qabul qilish va jo‘natish marshrutlaridagi strelkalarning o‘rnatilganligi stansiya boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari, stansiya, post yoki park navbatchisi tomonidan tekshirilishi lozim.
TBDda belgilanmagan yo‘lga yo‘lovchi poyezdi qabul qilinganligi, shuningdek, yo‘lovchi poyezdning jadvalda ko‘zda tutilmagan stansiyada to‘xtatilganligi xaqida stansiya navbatchisi lokomotiv mashinistini radio aloqa orqali xabardor qilishi lozim.
Bir mashinist tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan yo‘lovchi poyezdini qabul qilish, jo‘natishdan oldin, stansiya navbatchisi, markazlashtirilgan dispetcherlik bilan jihozlangan uchastkalarda esa – poyezd dispetcheri, mashinistni marshrut tayyorligi va signallarning ochiqligi yoki poyezdning majburiy ushlanib qolinishi zarurati to‘g‘risida xabarlashi kerak.
Mahalliy sharoitlardan va poyezdlar harakati hajmlaridan kelib chiqib, stansiya navbatchisi bunday xabarni mashinistga o‘z vaqtida etkaza olmaydigan stansiyalar ro‘yxati va bunda poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash tartibi “O‘TY” AJ boshqaruvi raisi tomonidan belgilanadi.
Markazlashtirilgan strelkali stansiyalarda elektr tortishli poyezdlarni qabul qilish yoki jo‘natishning variantli marshrutlaridan foydalanish zarurati tug‘ilsa, stansiya navbatchisi bunday poyezdning harakatlanish marshrutida kontakt tarmog‘ining mavjud ekanligiga ishonch hosil qilishi shart.



Yüklə 199,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin