26. Temir yo‘l stansiyalarida harakat xavfsizligini ta’minlash Tayanch iboralar



Yüklə 199,4 Kb.
səhifə8/11
tarix27.12.2023
ölçüsü199,4 Kb.
#199396
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
26-MA\'RUZA (3-semestr, TF)

Ijro etilgan poyezdlar harakat grafigida quyidagilar qayd etiladi:

  • poyezdlar va poyezd lokomotivlarining raqamlari,mashinistlarning familiyalari, poyezdlarning og‘irligi va shartli uzunligi, o‘tkazishning alohida sharoitlarini talab qiluvchi poyezdlar. Tegishli harf va indekslar qo‘shilgan poyezd raqamlari ijro etilgan poyezdlar harakat grafigida ushbu harf va indekslar bilan qayd etiladi;

  • uchastka stansiyalari bo‘ylab poyezdlarning jo‘nash, kelish va o‘tish vaqtlari;

  • lokomotivlardan foydalanish to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

  • sutkaning belgilangan davrlarida stansiyalarning poyezd va yuk ishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

  • oraliq stansiyalarda qabul qilish-jo‘natish yo‘llarining alohida vagonlar yoki tarkiblar bilan band etilishi;

  • uchastka va peregon stansiyalarining asosiy va qabul qilish- jo‘natish yo‘llari kontakt tarmog‘ida kuchlanishning o‘chirilishi;

  • tezlikni kamaytirishni talab etadigan amaldagi ogohlantirishlar;

  • poyezdlarning noto‘g‘ri yo‘l bo‘ylab harakati;

  • harakatni ta’minlovchi peregonlar, yo‘llar va boshqa qurilmalarning yopilishi.

Poyezdlar jadal harakatlanadigan ayrim uchastkalarda poyezdlar harakati va yuk ishiga taalluqli, poyezd dispetcheri uchun zarur ma’lumotlarni yozish maqsadida avtomatlashtirilgan ish joyi asboblari va apparaturasidan foydalanish, shuningdek, dispetcherga yordam ko‘rsatish uchun operatorlar yoki “O‘TY” AJ YaDM boshlig‘i ko‘rsatmasi bo‘yicha “Tashishni tashkil etish boshqarmasi” boshqa xodimlari tayinlash mumkin.
Uchastkadagi poyezdlar harakatiga taalluqli barcha farmoyishlarni poyezd dispetcheri stansiya navbatchilariga va poyezdlar harakati bilan bog‘liq boshqa xodimlarga, zarur holatlarda dispetcherlik farmoyishlari jurnalida qayd etiladigan (yoziladigan) buyruqlar shaklida uzatadi.
Poyezd dispetcherining dispetcherlik aloqa vositalari orqali so‘zlashuvlari so‘zlashuvlarni qayd etuvchi magnitofon lentasida yozib boriladi.
Quyidagi buyruqlar dispetcherlik farmoyishlari jurnalida (DU-58) qayd etilishi shart:

  • peregonlarning yoki alohida yo‘llarning (jumladan, elektropoyezdlar harakatlanadigan joylarda kuchlanish o‘chirilishi sababli) ochilishi va yopilishi to‘g‘risida;

  • ikki yo‘llikdan bir yo‘llik harakatga o‘tish va ikki yo‘llik harakatni tiklash to‘g‘risidagi;

  • poyezdlar harakatida signalizatsiya va aloqa vositalarining bir turidan ikkinchisiga o‘tkazilishi;

  • poyezdlarni ikki tomonlama avtoblokirovka bilan jihozlanmagan noto‘g‘ri yo‘ldan jo‘natilishi;

  • poyezdlarni vaqtni taqsimlash usuli bilan jo‘natilishi to‘g‘risida;

  • 1 sinfli xavfli yukli (VM) va nogabarit yukli poyezdlarning jo‘natilishi to‘g‘risida;

  • yo‘lovchi, pochta-bagaj, yo‘lovchi-yuk va odamlar tashiydigan poyezdlarni stansiyaning TBDda bu maqsadlar uchun ko‘zda tutilmagan yo‘llarga qabul qilinishi va shunday yo‘llardan jo‘natilishi to‘g‘risida;

  • grafikda ko‘zda tutilmagan poyezdlarni tayinlash, ularning harakatlanish tartibi va bekor qilinishi to‘g‘risida (uchastka bo‘ylab yakka lokomotivlar, maxsus o‘zi yuradigan harakat tarkibi va xo‘jalik poyezdlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruqlar qayd etilmasligi mumkin);

  • avtomatik lokomotiv signalizatsiyasining nosozligida poyezdlarning harakati to‘g‘risida;

  • kechikayotgan yo‘lovchi poyezdlarning o‘tish tartibi to‘g‘risida;

  • bir mashinist xizmat ko‘rsatadigan yo‘lovchi poyezdlarning jo‘natilishi to‘g‘risida;

  • bir yo‘llik peregonga yoki ikki tomonlama avtoblokirovkali ikki yo‘llik peregonning noto‘g‘ri yo‘lidan chiqish svetoforining taqiqlovchi ko‘rsatmasida poyezdlar jo‘natilishi to‘g‘risida;

  • peregon xaqiqatda bo‘sh bo‘lib, nazorat asboblari uning bandligini ko‘rsatganda va bu holda harakat yo‘nalishini (bir yo‘llik yoki ikki tomonlama avtoblokirovkali ikki va ko‘p yo‘llik peregonlarda) o‘zgartirish to‘g‘risida.

Uchastkada poyezdlar harakati bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa turdagi buyruqlar dispetcherlar ixtiyoriga havola etiladi.
DU-58 jurnalida poyezd lokomotivlari mashinistlariga yo‘llangan barcha qayd etiluvchi buyruqlar hamda ushbu uchastka poyezd dispetcheriga qo‘shni uchastkalar poyezd dispetcherlari tomonidan yo‘llangan barcha buyruqlar, shuningdek poyezd dispetcherlari tomonidan navbatchilik qabul qilinganligi va topshirilganligi ham qayd etib boriladi.
Dispetcherlik buyruqlarini yozish vaqtini qisqartirish maqsadida “O‘TY” AJ “Tashishni tashkil etish boshqarmasi” boshlig‘i ruxsati bilan eng ko‘p beriladigan buyruqlar matnlari tushirilgan maxsus shtamplar qo‘llanishi mumkin. Dispetcherlik buyruqlarini qayd etishda shaxsiy kompьyuterlardan foydalanishga ham ruxsat etiladi.
Poyezd dispetcheri tomonidan berilgan qayd etiluvchi buyruqlarni stansiya navbatchilari yoki operatorlar DU-58 jurnaliga yozib boradilar.
Dispetcherlik buyrug‘ini yozgandan so‘ng stansiya navbatchisi yoki operator uning mazmunini poyezd dispetcherga so‘zma-so‘z takrorlaydi va o‘zining familiyasini aytadi. Buyruq to‘g‘ri qabul qilinganligiga ishonch hosil qilgan poyezd dispetcheri uni “Bajaring” so‘zi bilan tasdiqlaydi.
Buyruqni tekshirish vaqti va uni qabul qilgan shaxsning familiyasi DU-58 va stansiya jurnallari (DU-2 yoki DU-3)da qayd etiladi.
Poyezd dispetcheri buyrug‘ini operator qabul qilib, yozib olganda, tanishishi va o‘qib, imzo chekishi uchun uni darhol stansiya navbatchisiga taqdim etadi.
Mashinistga yo‘llangan buyruq shaxsan poyezd dispetcheri tomonidan stansiya navbatchisi orqali uzatiladi.
Dispetcher yoki stansiya navbatchisi uzatilgan buyruqni to‘g‘ri tushunganligiga ishonch hosil qilishi lozim. Mashinistning familiyasi va buyruqni uzatish vaqti mos ravishda DU-58 va stansiya jurnallari (DU-2 yoki DU-3)da qayd etiladi.
Dispetcherlik buyrug‘i bir nechta stansiyaga yo‘llanganda, tekshirish maqsadida buyruq matni poyezd dispetcherining ko‘rsatmasiga binoan biron stansiya navbatchisi tomonidan uzatiladi, boshqa stansiyalarning navbatchilari esa bu vaqtda buyruqning to‘g‘ri yozib olinganligini tekshiradilar.

Yüklə 199,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin