21
schyotlar ochiladi, shuningdek, aktiv-passiv schyotlar ham ochiladi. Bu
schyotlarning tegishli tomonlariga balans
moddalaridan summalar
boshlang’ich qoldiq sifatida yoziladi. Hisobot davri (chorak, yil) o’tgandan
keyin schyotlarda oxirgi qoldiq topilib, shu maolumotlarga asosan yana
buxgalteriya balansi tuziladi.
Boshqaruv qarorlarini kabul kilish uchun kerakli ma’lumot jamlanib,
korxona raxbarining doimo qo’l ostida bo’lishi lozim. Ma’lumot saklash
tizimi schoytlardan tashkil topilgan. Schoytlar
- buxgalteriya hisobidagi
asosiy ma’lumot saklash birligi. Schoytlar xar bir aktiv turlariga, manbalarga
va korxonaning kapitali, daromad va xarajatlarga ochiladi. Kichiq korxonaga
bir necha unlar schoytlar etarli bulsa, katta kupmilliy korporatsiyalar uchun
minglab schoytlar yuritish kerak buladi. Korxonalarning jami schoytlari
ularning tegishli tartib rakamlari bilan schoytlar rejasi deb ataladi. Xar bir
korxona, uzining ixtiyojidan
kelib chiqkan xolda, uzining ishchi schoytlar
rejasini ishlab chiqadi.
Buxgalteriya hisobini qo’l mexnatiga asoslangan usulida xar bir schoytga
aloxida bet yoki kartochka ochiladi. Ushbu betlar yoki kartochkalar, kitobga
birlashtirilgan xolati Bosh kitob deb nomlanadi.
Schoytlar – bu xo’jalik mablag’lari, muomalalarning joriy aks ettirish,
iqtisodiy guruxlash va tezkor nazorat kilish usuli (B.Xoshimov)
Schoytlar - buxgalteriya hisobining asosiy elementlaridan biri, buxgalteriya
hisobi obhektlarini iqtisodiy jixatdan guruxlash usuli, moddiy va pul
mablag’larining
xarakatini, xo’jalik operatsiyalarini bajarish davomida
ularning xolati va xosil bo’lish manbalarini aks ettirishdir (SHaulov, Kan)
Buxgalteriya hisobi schoytlari deb- xo’jalik mablag’lari va ularning
tashkil topish manbalari xamda xo’jalik jarayonlarini xolati va ruy bergan
xo’jalik operatsiyalarining iqtisodiy mazmuniga kura guruxlash va joriy
nazorat kilishga aytiladi (Ismanov I, Nosirov I.)
Buxgalteriya hisobining schoytlar tizimi deb xo’jalik mablag’larining
tarkibi, joylanishi va
ularning tashkil topish manbai, muayyan maksadlar
uchun foydalanishini, shuningdek xo’jalik jarayonidagi xarakatlarni joriy
hisobga olish va nazorat kilish maksadida guruxlashtirib borishga aytiladi
(Ostanaqo’lov M)
Buxgalteriya hisobi schoytlari –
mol-mulkni, uning tarkibi va
joylashtirilishi, uni shakllantirish manbalari va bir turdagi operatsiyalar
bo’yicha joriy aks ettirish, guruxlash va tezkor nazorat kilish usulidir.
(F.Gulomova).
Buxgalteriya schoyti – korxonalar iqtisodiy resurslarining xolati va
xarakati xakidagi buxgalteriya axborotini qayd
etish va saklash uslubi va
ularga bo’lgan talablar (BXMS № 21)
Dostları ilə paylaş: