90
Buxgalteriya yo’li bilan rasmiylashtirish xujjatlari turkumiga xar-xil hisob-
kitoblar (asosiy vositalarning eskirishini hisoblash) vedmostlar, jurnal-order va
boshqalar kiradi.
Ushbu xujjatlar xo’jalik opratsiyalarini bajarilishiga asos bo’lmaydi, chunki
ular mustaqil
ahamiyatga ega emaslar, binobarin ular ilgari rasmiylashtirilgan
buyruq beruvchi va dalil bo’luvchi xujjatlar yoki buxgalteriya hisobi schyotlarida
aks ettirilgan yozuvlar asosida tuziladi.
Aralash (kombinatsiyalashgan) xujjatlarga yuqorida keltirilgan turli xil
(buyruq beruvchi, dalil bo’luvchi va buxgalteriya yo’li bilan rasmiylashtiriluvchi)
xujjatlarning belgilarini o’zida mujassamlash tirgan xujjatlar kiradi.
Ular bir
paytning o’zida xo’jalik operatsiyasini amalga oshirish uchun buyruq beruvchi,
ham uning bajarilishini isbotlovchi dalil va buxgalteriya yozuvini aks ettiruvchi
xujjatlar bo’lib hisoblanadi. Aralash xujjatlar turkumiga kassa chiqim orderi, kassa
kirim orderi, hisob - kitob to’lov vedmostlari va boshqalar kiradi.
Buxgalteriya xujjatlarida aks ettirilgan xo’jalik
operatsiyalarini schyotlar
yordamida guruhlash uchun maxsus shaklda tuzilgan jadvallardan foydalaniladi.
Bu jadvallar hisob registrlari deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: