86
Qolgan rekvizitlar xujjat tuzilgan operatsiyaning xarakteri bilan
aniqlanadi.
Korxona xo’jalik faoliyatida yuz beradigan ko’p sonli operatsiyalarni
xujjatlashtirish uchun turli tuman xujjatlar qo’llaniladi. Xo’jalik
operatsiyalarini to’g’ri xujjatlashtirish uchun ularning
mazmuni va shakllarini
to’la-to’kis aks ettirish maqsadida, buxgalteriya hisobida qo’llaniladigan
xujjatlarni turkumlash zarurdir. Xujjatlar quyidagi bir qancha belgilari bo’yicha
turkumlanadi:
Bajaradigan vazifasiga ko’ra:
buyruq
beruvchi,
dalil
bo’luvchi,
buxgalteriya
yo’li
bilan
rasmiylashtiriluvchi va aralash xujjatlar.
Buyruq beruvchi xujjatlar – bu bir xo’jalik operatsiyasini bajarish uchun
farmoyish qilish yoki topshiriq berish, buyruq qilish xarakteriga ega bo’lgan
xujjatlardir.
Buyruq beruvchi xujjatlarda avvalo bajarilishi lozim bo’lgan ishning
mazmuni va muddati, tartibi, kim tomonidan ijro etilishi ko’rsatilgan bo’ladi. Ular
xo’jalik operatsiyasini boshlash uchun zarur vosita hisoblanib,
bevosita bu
operatsiyaning amalga oshirilganligini isbotlay olmaydilar va shu sababli ham
ko’pincha, buyruq kuchiga ega bo’lgan xujjatlarga asosan operatsiyalarni
haqiqatdan bajarilganligini isbotlovchi xujjatlar tuziladi.
Buyruq beruvchi xujjatlar turkumiga ishchi va xizmatchilarni ishga qabul
qilish, ishdan bo’shatish, ularni mukofotlash to’g’risidagi buyruqlar, tovar moddiy
boyliklarni olish uchun berilgan ishonch qog’ozlari va boshqalar kiradi.
Ushbu ishonch qog’ozi orqali korxona rahbariyati ekspiditorga xom-ashyoni
ta’minototchidan qabul qilib olish uchun buyruq berayotganligini tasdiqlaydi.
Ishonch qog’oziga asosan ekspiditor ta’minototchidan kerakli xom-asheni qabul
qilib oladi. Xom-ashe ta’minototchidan ekspeditorga o’tishligini
tasdiqlovchi
xujjat bo’lib, schyot-faktura yoki tovar-transport nakladnoyi hisoblanadi. Dalil
bo’luvchi xujjatlar operatsiyalarni amaldagi isbotini tasdiq qiladilar. Ular
operatsiyalar amalga oshirilaetgan paytda tuziladi va uning bajarilganligini
ko’rsatadi. Dalil bo’luvchi xujjatlar xo’jalik operatsiyalarining buxgalteriyada
dastlabki aks ettirilishi va uning ustidan nazorat qilish shaklini bildiradi.
SHu bilan bir vaqtda, ijro etuvchilar uchun ular moddiy boyliklar va pul
mablag’’larining biror miqdorda sarf qilinganligini yoki
qabul qilib olinganligiga
dalil bo’ladi. Dalil bo’luvchi xujjatlar turkumiga kirim va chiqim nakladnoylari,
hisobdor shaxslarning hisobotlari, schyot-faktura va tovar - transpot nakladnoylari
va boshqalar kiradi.
YUqoridagi misolimizni davomi sifatida, dalil bo’luvchi xujjatlarga schyot-
faktura yoki tovar-transport nakladnoylarini misol qilib olsa bo’ladi. Bu erda
korxona ekspeditori qabul qilib olgan xom-ashe uchun to’ldirilgan schyot-faktura
ana shu operatsiyani ijro etilganligi to’g’risida dalillik beryapti va xom-asheni
ekspeditor qabul qilib olganligini tasdiqlayapti. Dalil bo’luvchi xujjatlarni
ahamiyati buxgalteriya hisobi uchun katta, chunki ular ro’y berayotgan xo’jalik
operatsiyalarining to’g’riligini, maqsadga muvofiqligini nazorat qilish bilan birga,
kelajakda taftish o’tkazishga ham xizmat qiladi.
87
Aralash (kombinatsiyalashgan) xujjatlarga yuqorida
keltirilgan turli xil
(buyruq beruvchi, dalil bo’luvchi va buxgalteriya yo’li bilan rasmiylashtiriluvchi)
xujjatlarning belgilarini o’zida mujassamlash tirgan xujjatlar kiradi. Ular bir
paytning o’zida xo’jalik operatsiyasini amalga oshirish uchun buyruq beruvchi,
ham uning bajarilishini isbotlovchi dalil va buxgalteriya yozuvini aks ettiruvchi
xujjatlar bo’lib hisoblanadi. Aralash xujjatlar turkumiga kassa chiqim orderi, kassa
kirim orderi, hisob - kitob to’lov vedmostlari va boshqalar kiradi.
Buxgalteriya xujjatlarida aks ettirilgan xo’jalik operatsiyalarini schyotlar
yordamida guruhlash uchun maxsus shaklda tuzilgan jadvallardan foydalaniladi.
Bu jadvallar hisob registrlari deb ataladi.
Barcha operatsiyalarni xujjatlar yordamida to’g’ri va o’z vaqtida
rasmiylashtirishni ta’minotlash uchun xujjatlarning
maolum tartibda harakatini
oldindan belgilab qo’yishi kerak. Xujjatlarni tuzish yoki boshqa tashkilotlardan
olish paytidan boshlab, ularni hisob registrlariga yozilgandan keyin, to arxivga
saqlash uchun topshirishgacha bo’lgan davrda, ulardan operativ foydalanish va
buxgalteriyaning ishlov jarayonidagi harakati xujjat oboroti deb ataladi.
Korxona
xo’jalik mablag’’lari va ularni tashkil topish manbaalarining holati sodir bo’lgan
xo’jalik operatsiyalar natijasida ularning o’zgarishi hamda xo’jalik jarayonlari
to’g’risidagi maolumotlar korxona buxgalteriyasidan tashqari boshqa bo’limlarga
ham zarur. Shuning uchun xo’jalik mablag’’lari ularning tashkil topish manbaalari
va xo’jalik jarayonlarini aks etirgan boshlang’ich hamda yig’ma xujjatlar har bir
bo’lim uchun zarur bo’lganligi operatsiyalarni rasmiylashtirishdagi qatoiy tartibi,
eng avvalo har bir xizmatchining xujjatlarini tuzish va ulardan foydalanishda,
ularning shaxsiy javobgarligini xujjatlarning barcha instantsiyalaridan o’tishining
aniq grafigini va muddatlarini ko’zda tutadi.
Kitob shaklidagi (bapzan bugalteriya daftarlari deb ham yuritiladi) hisob
registrlari deb maxsus ravishda grafalangan varaqlarni muqovalab kitob shakliga
keltirilgan ko’rinishiga aytiladi.
Xo’jalik operatsiyalarini qayd qilishdan oldin bugalteriya daftarlarining har
bir sahifasi nomerlanadi. Oxirigi sahifasining
orqasiga nomerlangan
sahifalarning umumiy soni yozilib, bosh buxgalterning imzosi qo’yiladi va
korxona muhri bilan muhrlanadi. Daftarning birinchi muqovasiga korxonaning
nomi, qaysi schyot bo’yicha olib borilsa, uning nomi va registrning boshlangan
sanasi yozib qo’yiladi. Buxgalteriya daftari xar yili 1 yanvardan boshlab ochiladi.
Hozirgi paytda daftar shaklidagi buxgalteriya hisobining registrlari barcha
korxona va tashkilotlarda eng ko’p qo’llaniladigan registrlardandir. Kitob
Dostları ilə paylaş: