88
shaklidagi hisob registrlari buxgalteriya xodimlari o’rtasida mehnat taqsimotini
qiyinlashtiradi. SHuning uchun xo’jalik operatsiyalarini
hisob registrlarida qayd
qilish ishlarini avtomatizatsiyalash va hisob registrlaridan buxgalteriya xodimlarini
foydalanishni osonlashtirish maqsadida alohida varaqalar yoki ko’p ustunli
kartochkalar shaklidagi hisob registrlaridan foydalanish
maqsadga muvofiq deb
o’ylaymiz.
Alohida varaqlar shaklidagi hisob registrlari bosmaxonada zaruriy
ko’rsatgichlari bosilgan qog’oz varaqalaridan iborat. Ular kartochkalardan ancha
katta bo’lib papkalarda saqlanadi va bu papkalardan ularni kerak bo’lganda osonlik
bilan olish mumkin.
Ko’p ustunli kartochkalar shaklidagi hisob registrlari
ham bosma -xonada
zarur ko’rsatgichlari bosilgan qalin qog’ozli alohida varaqlardan iborat. Ular har
bir xo’jalik mablag’’larining turlari, ularning manbaalari bo’yicha alohida -
alohida ochiladi. Mazkur registrlar hisobot yili davomida kartochka deb ataluvchi
maxsus yashikchalardan maolum bir tizimda joylashtirilib saqlanadi. Masalan,
xo’jalik suboektlari omboridagi
tovarlarning assortimenti navi, narxi bo’yicha,
asosiy vositalarni turlari bo’yicha belgilanishiga qarab ochilgan kartochkalar.
Hisob registrlari xo’jalik operatsiyalarini o’zida qayd qilish mazmuni va
hajmiga ko’ra analitik va sintetik hisob registrlariga bo’linadi.
Analitik hisob registrlariga hisob oboektlari detallangan tarzda qayd qilinadi,
ular analitik schyotlar bo’yicha ochiladi. Masalan, xom ashyolar bo’yicha ochilgan
kartochkalar.
Unda xom ashyolarning nomlari, navi, narxi, o’lchov birligi kabi
ko’rsatgichlar aks etiriladi. Sintetik hisob registrlaridan xo’jalik opertsiyalari
faqat pul hisobida umumlashtirilgan tarzda qayd qilinadi. Masalan,
korxona
sintetik schyotlari bo’yicha ochilgan bosh kitob.
Bunda har bir sintetik schyotning aktiv yoki passivligiga qarab yozilgan
boshlang’ich qoldiq va xo’jalik operatsiyalari tapsiridagi o’zgarishlarni
ushbu
schyotlarda aks ettirish mumkin.
Buxgalteriya hisobi registrlariga sodir etilgan xo’jalik operatsiyalarini yozish
tartibini buxgalteriya hisobining shakllari belgilaydi. Bu masalalar keyingi
bo’limlarda bayon qilinadi.
Dostları ilə paylaş: