28 mavzu: buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari


Hisobotningning xususiyatlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/185
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199089
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   185
28 mavzu buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari

 
Hisobotningning xususiyatlari. 
Hisobot majburiylik, ommaviylik va uning mazmunining davlat tomonidan 
bir xilda o’rnatilganligi kabi o’ziga xos xususiyatlarga ega. Buxgalteriya hisoboti 
va balansi haqidagi Nizomda davriy va yillik buxgalteriya balansi va hisobotini 
tuzishning majburiyligi o’rnatilgan. Shunga asosan xar bir korxona belgilangan 
muddatlarda davriy va yillik hisobot va buxgalteriya balansini to’zib tegishli 
tashkilotlarga topshiradilar. Buxgalteriya hisoboti va balansi haqidagi Nizomda 
buxgalteriya balansida moddiy qiymatliklarni haqiqiy tannarxda ko’rsatish talab 
qilingan. Bu nizomda buxgalteriya balansi boshqa moddalarning qanday
baxolanishi qoidalari xam ko’rsatilgan. Davriy va yillik hisobot shakllarini va 
ularni qanday to’ldirish, qaysi moddalarida qanday mazmundagi ma’lumotlarni 
ko’rsatish to’g’risidagi qoidalar tegishli davlat idoralari tomonidan ishlab chiqiladi. 
Shu qoidaga asosan xamma korxonalar hisobot shakllarini to’ldiradilar. Xamma 
korxonalar uchun umumiy bo’lgan hisobot shakllarini ishlab chiqish va ularning 
moddalaridagi ma’lumotlar mazmunining bir xilligiga erishish korxonalar 
hisobotining ma’lumotlarini noxiya, viloyat, o’lka, muxtor jumxuriyatlar xalq 
xo’jaligi tarmoqlari va butun xalq xo’jaligi bo’yicha umumlashtirishni 
ta’minlaydi. Bu esa hisobot mazmunining davlat tomonidan qat’iy bir xilda 
o’rnatilishi natijasida erishiladi. Korxonaning davriy va yillik hisobot shakllari 
operativ-texnika, statistika va buxgalteriya hisoblari ma’lumotlari asosida 
to’ldirilishi mamlakatda hisob va statistikaning yagona tizimi o’rnatilganligidan 
dalolat beradi. Xisobot shaklarini to’ldirishda xalq xo’jaligi hisobining 


136 
ma’lumotlardan to’la foydalanish hisobotning xususiyatlaridan biri bo’lib 
hisoblanadi. Korxonalarning hisoboti oldiga yuqorida aytilgan xususiyatlariga mos 
xolda bir necha muxim talablar qo’yilgan. Birinchi talab, Buxgalteriya 
hisobotining xamma kurslari to’g’ri ma’lumotlarga asoslangan bo’lishi shart.
Demak, hisobot tuzilgan vaqtda korxonaning moliyaviy axvolini to’g’ri aks 
ettirishi, xo’jalik faoliyati natijalarini aniq ko’rsatishi zarur. Joriy buxgalteriya 
hisobi 
ma’lumotlari bilan hisobot ma’lumotlar solishtirib ko’rilganda 
ko’rsatkichlar mos kelishi shart. Korxonaning xo’jalik faoliyatiga operativ 
raxbarlik o’rnatish uchun buxgalteriya hisobotining, oldiga qo’yilgan ikkinchi 
muxim talab uning belgilangan vaqtda tuzilib, talab qilingan idoralarga 
topshirilishidir. Buxgalteriya (moliyaviy) hisobotlari odatda bu hisobot; 
foydalanuvchilarning talablariga qarab uyushtirilishi kerak. Bu hisobotlarning 
foydalanuvchilari bo’lib, bozor iqtisodi sharoitida, investarlar, kreditorlar, mol 
etkazib beruvchilar korxonaning xodimlari, korxona joylashgan mamlakatning 
hukumati, axoli va boshqalar hisoblanadi. Mamlakatda xamma korxonalar (qaysi 
mulkchilikka asoslanganligidan kat’iy nazar) buxgalteriya hisobotini davri, 
soliq 
inspektsiyasiga topshiradi, davlat korxonalari esa yana o’zining yuqori davlat 
idorasiga topshiradi. 
 
Shu o’rinda aytish kerakki, "Kichik tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan 
soddalashtirilgan tartibda hisob yuritish va hisobotlar tuzish to’g’sida"gi standart 
O’zbekiston Respublikasining "Buxgalteriya hisobi to’g’sida"gi qonuni 5-
moddasiga muvofiq ishlab chiqilgan. 
(O’R AV 11.07.2006 y. 879-2-son bilan 
ro’yxatga olingan O’zR MV Buyrug’i taxriridagi band) o’zgartirish kiritilgan. 
Jamoat mulkchiligiga asoslangan korxonalar shu korxonaning mulkini 
egalariga xamda kredit shartnomasiga ko’ra korxonaga kreditlar bergan bank 
muassasalariga xam buxgalteriya (moliyaviy) hisoboti topshiriladi. Uchinchi talab 
buxgalteriya hisoboti ko’rsatkichlarining reja ko’rsatkichlari bilan bog’liqligini 
ta’minlashdir. Agar ko’rsatkichlar bir-biriga bog’langan bo’lmasa, unda joriy 
rejaning bajarilishi to’g’risidagi va shunga mos xolda kelgusi davrda tuziladigan 
reja ko’rsatkichlari to’g’ri sida xam haqiqatga to’g’ri kelmaydigan ma’lumotlar 
kelib chiqadi. To’rtinchi talab bir nechta bir xil soxadagi korxonalar xisobotlari 
ko’rsatkichlarining iqtisodiy mazmuni va shaklining bir xilda bo’lishidir. Bu talab 
bir xil tarmoqlari korxonalari xo’jalik faoliyatini iqtisodiy taxlil qilish uning 
natijalarini aniqlash va yuqori tashkilotning yig’ma hisobotini tuzishni 
engillashtirishga erishishini ta’minlaydi. Beshinchi talab korxonalarning hisoboti 
qisqa va faqat zarur ko’rsatkichlarnigina o’zida gavdalashtirishdan iborat. Bu narsa 
o’z navbatida ustama xarajatlarni kamaytirish, hisobotini tuzishni tezlashtirish va 
keraksiz ma’lumotlar bilan hisob ishlarini qiyinlashtirmaslikni ta’minlaydi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin