144
SHo’hba korxonalarga qo’yilgan qo’yilmalar bosh korxonaning moliyaviy
hisobotida uning moliyaviy ho’yilmalari sifatida aks ettiriladi. YUridik shaxslar
o’zlarining filiallari, vakilliklari va boshqa strukturaviy bo’linmalarini mustaqil
balansga ajratishi mumkin, lekin ularning balansi va boshqa hisobot shakllari
tegishli goridik shaxsining konsolidatsiyalashgan hisobotiga, albatta, qo’shiladi.
Konsolidallashgan hisobotga bosh korxonaning moliyaviy hisoboti ilova
qilinadi. Konsolvdallashgan hisobot 8milliy buxgalteriya hisobi standarti (BHMS)ga
binoan tuziladi. Lekin vazirliklar, idoralar va byudjet tashkilotlari bo’yicha
tuziladigan yig’ma moliyaviy hisobotlar buddan mustasno. Moliyaviy hisobot yil
boshidan yig’ilib boruvchi jami bilan xar chorakdan tekshiriladi.
Byudjet muassasalari chorak va yillik hisobotlarini
yuqori
organ O’zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan muddatlarda topshiradi.
Ayrim ho’jalik yurituvchi subhektlar uchun O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Maxkamasi tomonidan moliyaviy hisobotni topshirish bo’yicha boshqa muddatlar
belgilanishi mumkin.
Ho’jalik yurituvchi subhektlarning yillik moliyaviy hisoboti qiziquvchi
banklar, birjalar, investorlar, kreditorlar va boshqalar uchun ochiq hisoblanadi.
Ochiq turdagi aktsioner jamiyatlari, sug’urta kompaniyalari, banklar, jamg’arma
va tovar birjalari, investitsiya jamg’armalari va boshqa moliyaviy muassasalar,
hisobotda keltirilgan ma’lumotlar to’g’riligini auditorlar tomonidan tasdiqlagandan
so’ng yillik moliyaviy zhisobotni hisobot yshshdan keyingi yilning birinchi
mayigacha, albatta, nashr etishlari kerak.
Ho’jalik yurituvchi subhekt tugatilganda xotima moliyaviy hisobot tuziladi.
Korxonani tugatish bo’yicha muomolaning buxgalteriya hisobi, tugatish
balansi va hisobotini tuzish, aktivlar qiymatini anihlash ishlari tugatish
komissiyasiga yuklatiladi.
Umidsiz qarzlar va zararlar tugatish balansiga qo’shiladi.
Tugatish balansida majburiyatlar ularning haytarish vaqtiga hisoblangan foizlar
bilan birga aks ettiriladi.
Dostları ilə paylaş: